Afg‘onistondan bir guruh etnik qirg‘izlar Tojikistonga qochib o‘tdi

© Sputnik / Said Zakeriya / Mediabankka o‘tishBejensi iz zoni boyevix deystviy v Afganistane
Bejensi iz zoni boyevix deystviy v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Toliblardan qochgan 77 nafar Afg‘oniston fuqarolarining aksariyatini etnik qirg‘izlar tashkil etadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Tojikiston harbiylari afg‘on chegarasidagi o‘tkazish punkti orqali toliblardan qochgan 77 nafar Afg‘oniston fuqarolarini mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat berdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.
Ularning aksariyati Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanidagi Andemin qishlog‘idan bo‘lgan etnik qirg‘izlardir.
Afganskie voyennie, pereshedshie granitsu s Tadjikistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Tojikiston afg‘on qochoqlarini qabul qilyapti – video
Afg‘oniston fuqarolari “Tolibon”* vakillarining ta’qibidan qo‘rqib va jon saqlash maqsadida Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.
Qochoqlar 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar voyaga yetmagan bolalar iborat ekani aytilmoqda.
Tojikistonlik chegarachilar insonparvarlik nuqtayi nazaridan ularning mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat bergan.
Vo chto “Taliban”* prevratil Afganistan i kak teper jivut mirnie jiteli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr ko‘rgan afg‘onlar hayoti va arz-dodi
Yangiliklar lentasi
0