Tojikistonda afg‘onistonlik qochoqlardan 3,5 kg giyohvand moddasi musodara qilindi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUnichtojenie narkoticheskix sredstv
Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2021
Obuna bo‘lish
13-14 iyul kunlari kelib chiqishi qirg‘iz bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolaridan iborat 347 Tojikiston chegarasini kesib o‘tgan.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Tojikistonda chegarachilar afg‘onistonlik qochoqlardan 3,5 kg giyohvand moddasini musodara qildi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevix deystviy, na odnoy iz ulis Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Qo‘lni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afg‘onlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
Ma’lum qilinishicha, 13-14 iyul kunlari kelib chiqishi qirg‘iz bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolaridan iborat 347 kishi (ular orasida 91 erkak, 77 ayol, 177 nafar voyaga yetmaganlar (64 o‘g‘il bola, 113 qiz bola) bor) Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.
Ularning hammasi Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanidagi Andemin qishlog‘i aholisi. Chegarani kesib o‘tishda ikki yosh go‘dak vafot etgan.
“Tojik chegarachilari insonparvarlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyiliga amal qilib, afg‘on qochoqlarining Tojikiston Respublikasi hududiga o‘tishiga ruxsat bergan. Tergov va surushtiruv tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida Afg‘oniston fuqarolaridan 3,5 kilogrammdan ziyod giyohvand moddalari aniqlanib, musodara qilindi”, - deyilgan xabarda.
Hozir yangi qochoqlarga Qizil Rabot qishlog‘idan vaqtinchalik boshpana berilgan. Chegara yaqinidagi vaziyat tojik harbiylarining nazorati ostidaligi aytilmoqda.
Vo chto “Taliban”* prevratil Afganistan i kak teper jivut mirnie jiteli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr ko‘rgan afg‘onlar hayoti va arz-dodi
RIA Novostining yozishicha, “Tolibon”* jangarilarining hujumi vaqtida Tojikistonga o‘tgan barcha afg‘on qochoqlari vataniga qaytgan, kuni kecha Tojikistonning Murg‘ob tumanida qochgan afg‘onistonlik etnik qirg‘izlardan tashqari.
Qochoqlarni Afg‘oniston hukumati o‘zining va tojik vertolotlari bilan olib ketgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0