Analitika

Toliblar Turkiyaga "soʻnggi afgʻoncha ogohlantirish" eʼlon qildi: buyogʻi nima boʻladi?

© AP Photo / Mirwais KhanVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.07.2021
"Tolibon"* Anqara va Vashington Qobul aeroportini qoʻriqlash va nazorat qilish uchun qoldirmoqchi boʻlgan turk harbiy xizmatchilariga toʻgʻri eshikka ishora qildi
Bir vaqtning oʻzida "islom amirligi"ning yovvoyilashib ketgan jangarilari harbiy asirlar - oʻz mamlakati fuqarolarini oʻqqa tutishni boshlashdi. Afgʻoniston shiddat bilan jarlikka tomon harakatlanmoqda – u tubanlik sari yolgʻiz emas, balki Qoʻshma Shtatlar va ularning ittifoqdoshlari shaʼnini ham olib ketmoqda.
Kabul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Dunyoda
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini taʼminlaydi
"Tolibon"* Afgʻoniston hududidagi turk qoʻshinlari AQSH bilan tuzilgan bitimni, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzayotgani haqida rasman bayonot berdi va Turkiyaga muammolarni vaʼda qildi. "Tolibon" har qanday mamlakat qoʻshinlarining Afgʻonistonda qolishini okkupatsiya sifatida baholamoqda: "Biz hijriy 1422 yildagi (2001 yil) Lunar fatvosi asosida bosqinchilarga qarshi kurashamiz, unga koʻra soʻnggi 20 yildagi urush jihod boʻlgan". Bu ultimatum muhokama qilinmaydi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan AQSH bilan 2021 yil 31 avgustdan keyin nomaʼlum muddatga Qobul aeroporti xavfsizligi masalasida kelishuvga erishilgani haqida eʼlon qilgandi. Afgʻonistondan AQSH va alyans qoʻshinlari chiqarilgach NATOga aʼzo mamlakatlardan birining kuchlari tomonidan Afgʻoniston poytaxti avia-gavani xavfsizligini taʼminlash loyihasi boshidanoq amalga oshirib boʻlmaydigan boʻlib tuyulgan edi. Obʼyekt Qobulning shimoliy qismida joylashgan boʻlib, shaharsozlik va kommunikatsiyalarga integrallashtirilgan. Avtomobil va temir yoʻl tarmogʻining rivojlanmaganligi aeroportni Afgʻonistondan tashqi dunyoga borishni/qaytishni istaganlar uchun bosh "portal" ga aylantiradi. Aeroportni kim boshqarsa, u poytaxtda va hatto sezilarli darajada mamlakatda xoʻjayinlik qiladi.
Albatta, Tolibon buni tushunadi va oʻz "amirligida" hokimiyatni chet el qoʻshinlari u yoqda tursin hatto biron bir raqib bilan ham boʻlishishni istamaydi. "Shogirdlar" harakati Qobulni egallashni vaqt masalasi deb biladi. Bugungi kunda "Tolibon"* mamlakatdagi 398 ta uyezddan 250 taga yaqini ustidan nazorat oʻrnatgan. Qoʻshma Shtatlar oʻz qoʻshinining 95 %dan koʻprogʻini mamlakatdan olib chiqib ketdi. Tendentsiyalar aniq.
Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Tolibon* va ISHID*: RF Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakilining eng dolzarb savollarga javoblari
Afgʻonistonning shimoliy chegaraoldi hududlarida hukumat kuchlari va xalq koʻngilli jangchilarining "Tolibon"* otryadlariga qarshi shiddatli janglari davom etmoqda. Toliblarning qoʻshni davlatlar chegaralari daxlsiz ekanligiga kafolat berishlariga qaramay, Markaziy Osiyo urush tartibsizligiga qoʻrqinchli darajada yaqin qolmoqda. "Islom davlati"* faollashishi ham tashvishga solyapti. Rossiya TIV maʼlumotlariga koʻra, shimoliy viloyatlarda 4 ming nafargacha "ID" jangarilari jamlangan.

Tezkor vaziyat

Oʻtgan bir hafta ichida Afgʻonistonda Qunduz, Badaxshon, Badgʻis va Hirotprovintsiyalarida jangovar harakatlar intensivligi kuchaydi, u yerlarda yuzlab harbiy xizmatchilar, toliblar va tinch aholi halok boʻlishdi. 12 iyulga oʻtar kechasi Logar provintsiyasida "Tolibon"* razvedkasi rahbari Kari Shagasining yoʻq qilingani hukumat kuchlari uchun sezilarli muvaffaqiyat boʻldi.
Boshqa tomondan, toliblar egallab olingan uyezdlarda shafqatsizliklarni davom ettirmoqdalar - ular mahalliy ayollarni majburlab xotinlikka olishmoqda, "amirlik" ning yangi qoidalari (televideniye, smartfonlar, musiqa, Yevropa kiyimlaridan voz kechish) qarshi xalq noroziligini qatʼiy bostirib, hatto asirlarni yoʻq qilishmoqda. CNN xabariga koʻra, jangarilar 20 dan ortiq afgʻon maxsus kuchlarini ular Turkmaniston bilan chegara yaqinidagi Faryëb viloyati Davlat-Obod shahrida taslim boʻlishga uringan paytda otib tashlagan. Bunday harakatlar toliblarning xalqaro maydonda oʻzini qonuniy milliy kuch sifatida koʻrsatishga urinishlari fonida keskin ajralib qolmoqda.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻon hukumat qoʻshinlari: 3 kun ichida 1,4 ming “Tolibon” jangarisi yoʻq qilindi
Markaziy Osiyoda eng davomli va xavfli boʻlgan tojik chegarasi janubiy tomondan toʻlaligicha toliblar nazoratiga oʻtgan. Afgʻonistonning Qunduz shahridan 60 kilometr masofada joylashgan "Sherxon-Bandar" nazorat-oʻtkazish punkti ayniqsa AQSH uchun kamsituvchi zarba boʻldi, axir qiymati 37 million dollarlik va paromlarning oʻrnini bosgan 700 metrli koʻprik 2007 yilda amerika hukumatining moliyaviy koʻmagi asosida qurilgan edida. Bugungi kunda bu koʻprikda "Tolibon" jangarilari "bojxona yigʻimlari"ni undirishmoqda.
Rossiya va Tojikiston Afgʻoniston bilan chegarada yangi chegara postini qurishni boshlagani bejizga emas. Soʻnggi ikki kun ichida toliblardan qochib, 120 dan ortiq Afgʻoniston fuqarolari Tojikiston hududiga oʻtib ketishdi.
13-14 iyul kunlari Dushanbeda SHHT tashqi ishlar vazirlarining sammiti boʻlib oʻtdi - unda afgʻon masalalariga eʼtibor qaratildi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari "turli terroristik, separatistik va ekstremistik guruhlar kontsentratsiyasining keskin kuchayishi natijasida" Afgʻonistonning shimoliy provintsiyalarida ziddiyat kuchayib borayotganidan xavotir bildirdilar. Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Oʻzbekiston vakillari 2022-2024 yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik dasturlarini, 2018-2023 yillarga moʻljallangan giyohvandlikka qarshi strategiyaning ish rejasini koʻrib chiqdilar.

Sharq – nozik masala

"Tolibon"* ning diplomatik faolligi Istanbuldagi muzokaralarni eʼtiborsiz qoldirgani qiziq, ammo "siyosiy ofisi" Moskvada, Tehronda va Markaziy Osiyoning baʼzi poytaxtlariga tashrif buyurdi. Soʻnggi kunlarda roʻy bergan voqealar va tendentsiyalar shuni koʻrsatmoqdaki: AQSH va uning ittifoqchilari endilikda Afgʻoniston Islom Respublikasining qonuniy rahbariyatiga hech qanday yordam berolmaydilar. Toliblar hali Qobuldagi hukumatni magʻlub etishmagan, ammo ular Vashingtondan allaqachon ustun keldi - amerikaliklar Vyetnam urushidan keyin eng eng dahshatli geosiyosiy magʻlubiyat sanalgan Afgʻoniston uchun javobgarlarni qidirmoqda.
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH oʻz qoʻshinlarining 95 foizini Afgʻonistondan chiqardi
Ikkinchi afgʻon urushini yutqazgan Buyuk Britaniya 2001 yildan buyon BMT tomonidan terrorchi sifatida tan olib kelinadigan gʻoliblar bilan deyarli haqoratli hamkorlikka rozi boʻlmoqda. Va hatto toliblar orasida hurmati baland boʻlgan Turkiya ham "soʻnggi afgʻoncha ogohlantirish" oldi.
Kollektiv Gʻarb hali ham AIR hukumat kuchlarini "qoʻllab-quvvatlayotgani"ni tasvirlashga urinmoqda. Buning Qobuldagi amerikaparast hukumatga nafi tegmasa, hech boʻlmaganda "yuzni saqlab qolish kerak-ku". Biroq, Abu-Dabidagi (BAA) taʼminot aviabazasining olis masofada joylashganligi oldindan samaradorlikni pasaytirib, Afgʻonistongacha uch-toʻrt soatlik parvoznigina kafolatlaydi (Kobulgacha 1800 km). Boshqacha yechim topa olishmadi.
Geografik joylashuv Vashington va NATOga qaraganda koʻproq Moskva va uning ittifoqchilariga bogʻliq. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov sal avval Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlarga oʻtkazilishi Rossiya uchun mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan qarorligini taʼkidlagan edi. Moskva bu pozitsiyani Vashingtonga va oʻzining mintaqaviy ittifoqchilariga yetkazdi.
Bejentsы iz zonы boyevыx deystviy v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistondan bir guruh etnik qirgʻizlar Tojikistonga qochib oʻtdi
Bundan buyogʻiga hech kimga oson boʻlmaydi. Shubhasiz, "Tolibon"* - Rossiya Federatsiyasi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan adekvat javob talab qiladigan buzgʻunchi, terroristik tashkilotdir. Pokistondagi ekstremistik madrasalarda yosh radikallarga Rossiya va Yevropa tsivilizatsiyasiga nisbatan oʻta salbiy munosabatni shakllantirishadi. Shunga qaramay, agar AQSH va NATOning Iroq, Afgʻoniston, Yugoslaviya, Liviya, Suriyadagi koʻp yillik qonli "korrektsiyalarini" umumiy koʻrib chiqadigan boʻlsak, toliblar "ikki yovuzlik"ning eng kichigi boʻlib chiqishi mumkin.
Qoʻshma Shtatlar soʻnggi yetmish yillar davomida barcha urushlarda magʻlub boʻldi, biroq Afgʻoniston - Gʻarb tarixining alohida sahifasi boʻlib, u oʻzining taʼsirchan harbiy-iqtisodiy salohiyati va oʻnlab mamlakatlarning yuqori texnologik birdamliligi bilan 20 yil ichida Sharqni oʻzgartira olmadi.
* – Rossichda taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala