Dunyoda

Pentagon Afgʻonistondagi vaziyatni baholadi

"Tolibon"* Afgʻonistonda 200dan ziyod okrug markazlarini nazorat qilmoqda, deya bayonot berdi Pentagon
TOSHKENT, 22 iyul - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati Afgʻonistondagi okrug markazlarining taxminan teng yarmini egallab oldi va strategik jihatdan ustunlik qilmoqda, deb xabar qildi AQSH Qurolli kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qoʻmitasi rahbari general Mark Milli.
"Hozir biz aytyapmizki, voqealar chindan shunday rivojlanmoqda - "Tolibon"*ning qoʻli ustun kelyapti. Ha, chindan ham shunday boʻlyapti. Ular oʻzlarining gʻalabasi muqarrar ekanligini eʼlon qilishmoqda", - dedi Milli Pentagonda boʻlib oʻtgan brifingda.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak
Uning soʻzlariga koʻra, "Tolibon"* ustun kelmoqda va Afgʻonistondagi 200dan ortiq - teng yarmiga yaqin okrug markazlarini nazorat qilmoqda. Respublikaning 34 ta yirik shaharlari bugungi kunda "Tolibon"* tomonidan bosib olinmagan, deya tushuntirdi Milli. Ammo harakat ularning yarmiga bosim oʻtkazmoqda, "aholisi eng koʻp boʻlgan hududlarni izolyatsiya qilmoqda va Qobul bilan ham xuddi shunday yoʻl tutishga urinmoqda".
"Qoʻpol qilib aytganda, oxirgi olti-oʻn oylar davomida "Tolibon"* tomonidan ahamiyatli territoriyalar bosib olingan. Strategik ustunlik "Tolibon"* tomonida koʻrinadi", - degan Milli.
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi
Millining aytishicha, afgʻon armiyasi oʻz kuchlarini birlashtirish va yirik shaharlar hamda Qobul aholisini himoyalash uchun okrug markazlarini harakatga topshirmoqda.
Uning aytishicha, Pentagon barcha stsenariylarni koʻrib chiqmoqda, shu jumladan, respublikaning toʻliq "Tolibon"* tomonidan bosib olinishini ham.
"Hali oʻyin tugagani yoʻq", - deya taʼkidlagan oliy martabali harbiy.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala