Video

Shomurodov “Roma”ga oʻtganidan keyin nimalar dedi – video

Italiyaning “Roma” klubi oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni oʻz safiga qoʻshib oldi. Klub Eldor Shomurodov transferi uchun “Jenoa”ga 17,5 mln yevro toʻladi.
Eldor Shomurodov "Roma" bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda toʻp suradi.
Futbolchi yangi klub uchun bergan birinchi interyusida orzusiga qanday erishgani va yangi jamoa bilan nimalarga erishmoqchi ekanini soʻzlab berdi.
“Shunday top klubga oʻtganimdan juda xursandman. “Roma” boshqalarga qaraganda koʻproq men bilan shartnoma imzolashni xohladi, ular hammasini tez bajarishdi, shu bois men bu yerdaman. Yaxshi oʻyin koʻrsatishga harakat qilaman, umid qilamanki, kuboklar yutishda yordam beraman. Ampluamga toʻxtaladigan boʻlsak, men oldinda yoki qanotda oʻynashga oʻrganganman”, - deydi Shomurodov.
Eldor Shomurodov posle zabitogo myacha v vorota Latsio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Analitika
Eldor Shomurodov jamoasini oʻzgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”
Sportchi “Jenoa”da oʻtkazilgan mavsum unga mahalliy sharoitlarga moslashishga imkon bergan, shundan soʻng u bor mahoratini koʻrsata boshlagan.
“Avvaliga moslashdim, jumladan, jamoaning surʼati va uslubiga. Lekin keyin yaxshiroq oʻyin koʻrsata olishga muvaffaq boʻldim. Umid qilamanki, bu yerda ham oʻzimni koʻrsata olishga erishaman. Men vatanimda menga qanday muxlislik qilishlarini bilaman, axir men shunday obroʻli klub sharafini himoya qilyapman-ku. Umidlarni oqlashga harakat qilaman”, - dedi u.
Eldor Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida "Rostov"dan 7,5 million yevro evaziga "Jenoa"ga oʻtgan edi. Bungacha u "Mashʼal" va "Bunyodkor" klublarida toʻp surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Infografika
Eldor Shomurodov - Italiyada birinchi mavsum yakunlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala