Kolumnistlar

Pentagon AQSH dengiz flotining zaif joyini topdi

Tarixda eng yirik harbiy dengiz oʻquv mashqlarida faqat AQSH harbiy floti kemalari ishtirok etmoqda, NATOning boshqa mamlakatlari taklif qilingani yoʻq.
TOSHKENT, 6 avg —Sputnik, Andrey Kots. Beshta flot, minglab dengizchilar, oʻnlab jangovar va suv osti kemalari – AQShda soʻnggi 40 yilda eng yirik harbiy-dengiz oʻquv mashgʻulotlari - Large Scale Exercise 2021 (LSE) boshlandi. Mashgʻulotlar 2 hafta davom etadi va 17ta vaqt zonasini qamrab oladi. Ularning maqsadi – Rossiya va Xitoyga Amerika dengiz floti kuchini yaqqol namoyish qilishdir.

Ikkinchi jahon urushi tajribasi

Mashgʻulotlar stsenariysi –AQSH tomonidan dunyo boʻyicha har qanday raqibga global qarshilik koʻrsatishdir. Amerikaliklar yangi taktik va strategik uslublar, eng yangi qurol namunalari va paluba aviatsiyasidan foydalanadi.
AQSH admirallari bir vaqtning oʻzida turli hududlarda barcha turdagi kemalar – aviatashuvchi, raketa kreyserlari, esminetslar, suv osti kemalari, vertolyot tashuvchilar, suzuvchi doklar harakat qilish imkoniyatlarini namoyish qilishmoqchi.
Esminets SSHA Donald Cook na voyennыx ucheniyax  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Analitika
AQSH HDKning Large Scale Exercise 2021 mashqlari: Qora dengizga kuch yetadimi?
Shuningdek, dengiz aviatsiyasi hamda uchuvchisiz apparatlar imkoniyatlarini ham namoyish qilish koʻzda tutilgan. Xususan, "Karl Vinson" aviatashuvchisi ilk bor oʻz palubasida F-35S qiruvchilari bilan dengizga chiqadi.
Oʻquv mashgʻulotlari jugʻrofiyasi Atlantika, Tinch okeani, Janubiy-Xitoy, Sharqiy-Xitoy, Qora va Oʻrta-yer dengizlarini qamrab oladi.
AQSH qoʻmondonligi oʻz oldiga qoʻygan vazifa maqsadlarining ham koʻlami juda kengdir – turli flotlar orasida oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ishonchli aloqa kanali oʻrnatish, suv usti, suv osti va dengiz havo kuchlarini harakatlarini muvofiqlashtirishdir. Undan tashqari turli tarqoq dengiz operatsiyalari oʻtkazish, oldingi saf harbiy bazalari tashkil qilish hamda shartli raqib qirgʻoqlari yaqinida harakatlar amalga oshirish ham rejalashtirilgan.
Ushbu mashgʻulotlarning yana bir qiziq jihati – amerikaliklar bosqichma-bosqich, oldinlari HDF asosini tashkil qilgan, aviatsiyali yakka zarba beruvchi guruhlaridan voz kechmoqda. AQSH HDF bosh admirali Kristofer Greydi xabariga koʻra, bundan buyon ushbu guruhlar yirik guruhlar tarkibida harakat qiladi.
“Biz aviatsiyali yakka guruhlar strategiyasini yaxshi oʻrganib oldik. Ushbu oʻquv mashqlarida asosiy eʼtibor kichik kemalardan iborat mobil guruhlarga qaratiladi. Ular oʻzi alohida va yirik guruhlar tarkibida samarador boʻlishi mumkin. Bunday guruhlar zarba olganidan soʻng ham jangavor qobiliyatini saqlab qolishi kerak. Bu borada bir Ikkinchi jahon urushi tajribasiga qaytmoqdamiz. U vaqtlar bizda juda koʻp, arzon va samarali kemalarimiz bor edi. Biz ularning bir qismini yoʻqotdik, lekin dengiz floti umumiy hisobda jangovar qobiliyatini saqlab qoldi. AQSH flotining aynan yoʻqotishlardan qoʻrqmaslik xususiyati – bizning raqiblarni toʻxtatib turuvchi asosiy faktdir”, - dedi jurnalistlarga Nyuportdagi harbiy-dengiz kolleji professori Djeyms Xolms.

Global maqsadlar

Tahlilchilar xulosasiga koʻra, Large Scale Exercise mashqlari xalqaro arenada Vashingtondan mustaqil siyosat olib borayotgan davlatlarga qarshi qaratilgan. Birinchi oʻrinda gap, albatta Rossiya va Xitoy haqida ketmoqda. Tashkilotchilar ham buni yashirib oʻtirayotgani yoʻq.
Amerikanskiye voyennыe vo vremya posadki na samolet na aviabaze v Kirkuke, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
AQSH harbiylari Rossiyaga yaqinroq joylashishga tayyorlanmoqda
Mashgʻulotlarning ayrimlari Qrim va Tayvan qirgʻoqlari yaqinida oʻtishini hisobga olganda, amerikalik dengizchilar Rossiya va Xitoy harbiylarining “asabini qitiqlashi” mumkin. Demak Qora Dengizda ham turli fitnalar ham yuz berishi mumkin, lekin ekspertlar oʻquv-mashqlarining asl maqsadi bu emasligini taʼkidlashmoqda.
“Albatta, Pentagon shunchaki mashq qilish uchun 5ta dengiz flotini jalb qilayotgani yoʻq, - deydi Rossiya harbiy fanlar akademiyasi aʼzosi Sergey Sudakov. Aslida, Amerika Qoʻshma shtatlari oʻzlarining dunyoviy yetakchiligining yangi koʻrinishini shakllantirishmoqda. Eʼtibor bering – LSEda faqat AQSH harbiy floti kemalari ishtirok etmoqda. NATOning boshqa mamlakatlari esa taklif qilingani yoʻq. Bu bilan amerikaliklar butun dunyoga, jumladan oʻz ittifoqchilariga ham AQSH Yer sharidagi eng qudratli harbiy kuch ekanini va har qanday raqibga bas kela olishini koʻrsatib qoʻyishmoqchi".
Aslida AQShda ancha vaqtdan beri harbiy maydonda oʻz muvaffaqiyatlari bilan maqtanishga imkon boʻlmagan edi. Ular paradlar oʻtkazmaydi, Yaqin Sharq va Afgʻonistonda AQSH dengiz qutratini toʻliq namoyish eta olmagan edi. Soʻnggi vaqtlarda sodir boʻlgan prezident saylovi va BLM mojarolari ham AQShning siyosiy obroʻyini oshirgani yoʻq. Sudakov xulosasiga koʻra, oʻzining “dengiz mushaklarini” shamoyish qilish bilan AQSH yana bir bor dunyoga ular baquvvat ekanini koʻrsatib qoʻyishmoqchi.

Xatolarni toʻgʻrilash

Albatta bu ham hammasi emas. AQSH birlashgan shtablari generli Djon Xayten maʼlum qilishiga koʻra, oʻtgan yilgi harbiy oʻquv mashgʻulotlarda - Amerikaliklar Tayvan oroli uchun Xitoy bilan urushni mashq qilishganda, AQSH harbiylari virtual jangni ulkan “yoʻqotishlar” bilan tugatishgan edi.
“Shartli raqib bizning harbiy strategiyamizni oʻnlab yillar davomida oʻrganib chiqqan va biz qayerda qanday harakat qilishimizni juda yaxshi bilgan edi”, - deydi Xayten.
Amerikanskiy avianosets CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Analitika
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSH dengiz flotining 10 yillik rejasi
General aytishiga koʻra, AQSH Qurolli kuchlarining zaif joyi - harbiylarning yuqori texnologiyalarga bogʻliqligidir: sputniklar, uzoqqa aniq zarba beruvchi qurollar, kiberqurollar, radioelektron kurash vositalari. Soʻnggi 10 yillikdagi mojarolarda amerikaliklar oʻzlaridan texnologik ancha zaif raqiblarga qarshi kurashishgan edi. Zamonaviy aloqa vositalari va tez axborot almashish imkoniyati ularga katta ustuvorlik bergan edi.
Rossiya va Xitoy esa Pentagonning axborot sohasiga bogʻliqligini yaxshi bilishadi va Moskva va Pekin AQShni ushbu “kuzirdan” mahrum qilib qoʻyishlari mumkin. Keng koʻlamli urush boʻlgan taqdirda ruslar va xitoyliklar birinchi oʻrinda amerika sputniklari, uzoq radiolokatsion aviatsiya samolyotlarini va yerdagi aloqa uzellarini yoʻq qilishadi, - deydi general Xayten.
Oʻtgan yilgi virtual urush simulyatorida Xitoy raqibni “koʻr” va “kar” qilib qoʻydi. Amerikaliklar bundan xulosa qilgan holda, Large Scale Exercise mashqlarida hatto kuchli armiya ustidan ham axborot ustuvorligiga erishishni maqsad qilishgan. Moskva va Pekin ham, soʻzsiz ushbu mashgʻulotlarni kuzatib boradi va okean ortidan kelgan raqibning barcha taktik va strategik harakatlarini sinchikovlik bilan tahlil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala