Siyosat

Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat toʻntarishi sababi Yanukovich nigohida

© Sputnik / Aleksey Vovk / Fotobankka oʻtishProtestnыe aktsii v Kiyeve
Protestnыe aktsii v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Yanukovichning soʻzlariga koʻra, Ukraina va Rossiyaning normal sheriklik munosabatlariga Gʻarb RFning jahon siyosatiga ilgari SSSR ega boʻlgan maqomda qaytib kelishi xavfi sifatida qaragan
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yilda yuz bergan davlat toʻntarishi sabablari haqida gapirdi va u "gʻarb loyihasi" boʻlganini taʼkidladi.
Bu haqda sobiq davlat rahbarining murojaatida aytilgan. Murojaat matni RIA Novostiga taqdim etilgan.
24 avgust kuni Ukraina mustaqillikning 30 yilligini nishonlaydi. Yanukovich mamlakatni 2014 yilda, davlat toʻntarishidan soʻng tark etgan.
Bыvshiy prezident Ukrainы Viktor Yanukovich  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Dunyoda
Yanukovich Ukrainaning 30 yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi
"Ham Gʻarb, ham Rossiya bilan teng huquqli muloqot olib borishga harakat qilib, mamlakat doimo qiyinchiliklarga duch kelardi, uning ildizi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlay olmasligimizda emas, balki geosiyosiy maʼnodagi muammolarda edi. Oddiy sheriklik. Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi normal sheriklik munosabatlari Gʻarbda, asosan AQShda, Rossiya Federatsiyasining jahon siyosatiga sobiq SSSR oʻynagan rolda qaytishi mumkinligi tahdidi sifatida qaralar edi", - deyiladi murojaatnomada.
Sobiq prezident soʻzlariga koʻra, "Ukrainada ichki siyosiy zoʻriqishning kuchayishi va uning muxolifat va hozirgi hukumat oʻrtasida ochiq mojaroga aylanishi bu vaqt masalasi edi, xolos".
2014 yildagi davlat toʻntarishi hukumatning "yumshoqliligi" natijasi emas edi, u "Ukraina Aksilrossiya" loyihasining hayotga tatbiq etilishi sifatida belgilab qoʻyilgandi, deb hisoblaydi Yanukovich.
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Analitika
“Ukrainadan hamma charchadi” - siyosatchi xulosasi
""Biz soʻz erkinligini ushbu "erkinlik" davlatchilik poydevoriga putur yetkazgan holatlarda ham taʼminlagan edik. Biz Gʻarbiy hududlar aholisining ular milliy qahramonlar deb hisoblagan kishilarga yodgorlik oʻrnatish huquqiga toʻsqinlik qilmaganmiz. Toki bu istak mamlakat janubi -sharqida yashovchilarning tarixiy xotirasini haqoratlashgacha borgan boʻlsa-da. Biz millatchi tashkilotlar aʼzolarini taʼqib qilmaganmiz, ular kun kelib davlatning bagʻrikengligini qadrlashlariga ishongan edik. Biz koʻp narsalarga koʻz yumgandik... Bu notoʻgʻri siyosat boʻlgan, deb oʻylamayman. 2014 yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarishi bizning "yumshoqligimiz" natijasi boʻlmagan edi. U "Ukraina Aksilrossiya sifatida" loyihasining hayotga tatbiq etilishi sifatida belgilab qoʻyilgan, agar biz buni fakt sifatida qabul qilsak, hammasi oʻz oʻrniga tushadi", - dedi Yanukovich.
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiya
Putin Ukraina toʻgʻrisida maqola yozdi
Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya toʻgʻrisida bitim imzolanishi muddatlarining kechiktirilishi "hokimiyatni noqonuniy bosib olish va Rossiyaga qarshi isteriya boshlanishiga signal" sifatida xizmat qilgan.
"Assotsiatsiya shartnomasini imzolashga shoshilganimizni tushunganimiz hamon, bizning raqiblarimiz har qanday holatda ham bu qarorni oʻtkazish payiga tushgani holatiga duch keldik. Oqibatlar ularni qiziqtirmas edi, chunki har qanday holatda ham biz bugun Ukrainada kuzatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy fojia uchun javobgarlik amaldagi hokimiyat zimmasiga yuklanar edi", -deb hisoblaydi sobiq prezident.
Kiyevning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni - 2013 yil 21 noyabrda, Nikolay Azarov hukumati tomonidan YEI bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolash toʻxtatilishi haqidagi eʼlondan soʻng yevrointegrallashuv tarafdorlari tomonidan egallab olingan edi.
General Lloyd Djeyms Ostin III - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Dunyoda
Pentagon rahbari Ukrainaga "Rossiya tajovuziga qarshi" koʻmakni vaʼda qildi
Keyinchalik maydon kuch tuzilmalari va radikallar toʻqnashuvi epitsentriga aylandi.
Yuzdan ziyod kishilar oʻlimi uchun javobgarlikni Ukrainaning yangi hukumati oʻzining siyosiy opponenti Viktor Yanukovich va IIVning "Berkut" maxsus boʻlinmalari zimmasiga yukladilar.
Yanukovich va "Berkut" xodimlari ushbu qotilliklarga aloqadorligini rad etib kelishadi. Sobiq prezident tinch mitingchilarga qarata oʻq uzish buyrugʻini bermaganini va hatto Kiyevdan militsiyaning barcha boʻlinmalarini chiqarib ketish topshirigʻini berganini aytadi. Davlat toʻntarishidan soʻng "Berkut" maxsus boʻlinmasi tarqatib yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala