Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

RFning keyingi qadamlari Tolibon* harakatlariga bogʻliq boʻladi - Nebenzya

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishVasiliy Nebenzya
Vasiliy Nebenzya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
RF Afgʻonistondagi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda – Nebenzya.
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiya Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi va Tolibon*ning aniq harakatlaridan kelib chiqib, toliblarga nisbatan rasmiy qadamlar belgilaydi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida.
Uning soʻzlariga koʻra, RF Afgʻonistondagi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu atigi 10 kun oldin boʻlib oʻtgan oldingi Kengashdagi muhokamadan keyin tanib boʻlmas darajada oʻzgardi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston TIV Afgʻoniston boʻyicha bayonot berdi
"Toliblarga nisbatan keyingi rasmiy qadamlarimizga kelsak, biz bu qadamlarni vaziyatning rivojlanishi va ularning aniq harakatlariga qarab belgilaymiz", - dedi Nebenzya.
Moskvada mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, toliblar jamoat tartibini oʻrnatishga kirishishgan, shuningdek, tinch aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xodimlari uchun xavfsizlik kafolatlarini tasdiqlashdi, dedi diplomat.
"Umid qilamizki, hozirgi sharoitda diplomatik xodimlar va BMTning Afgʻonistondagi vakolatxonasi xavfsizligi, ularning idoralari esa – daxlsizligi taʼminlanadi. Bu sharoitda Rossiya Kobuldagi elchixonasi normal ishlashini davom ettirmoqda", - deya qoʻshimcha qildi u.
Uning soʻzlariga koʻra, vahimaga berilmaslik kerak. Eng muhimi - tinch aholi oʻrtasida ommaviy qon toʻkilishi oldi olindi. Shu bilan birga, u xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonga milliy yarashuvga yordam berish harakatlaridan voz kechmaslik majburiyatini koʻrsatdi, bu, xususan, Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokistonda kengaytirilgan “uchlik” tomonidan faol ravishda olib borildi. Bunda Eron ham muhim rol oʻynashi mumkin.
Soʻnggi oylarda Afgʻonistondagi vaziyatning yomonlashuvi gumanitar vaziyatning keskin yomonlashishiga olib keldi. Mamlakatdan tashqariga ketgan va qochqinlar soni haqidagi koʻplab xabarlar xavotirga solmoqda.
Pervыy zamestitel predsedatelya Komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnыm delam Vladimir Djabarov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Rossiya
Rossiya afgʻon chegarasida xavf tugʻilgan taqdirda Oʻzbekistonni tashlab qoʻymaydi – Djabarov
"Bu qoʻshni respublikalar, jumladan, Tojikiston, Oʻzbekiston, Eron va Pokistonga qoʻshimcha yukni yuzaga keltiradi, jangarilar mintaqaga, shu jumladan qochqinlar niqobi ostida kirib kelishi xavfi haqida gapirmasa ham boʻladi", - dedi RFning BMTdagi doimiy vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Markaziy Osiyoning barcha beshta davlati bilan ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy tashkilotlar - SHHT va KXSHT orqali muntazam aloqada.
Amerika qoʻshinlari olib ketilgandan keyin Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashdi. Oxirgi haftalarda radikal harakat vakillari hududlar va yirik shaharlarni egallab olishdi. Jangarilar yakshanba kuni Kobulni egallab olishdi va prezident Ashraf Gʻani "qirgʻinning oldini olish uchun" mamlakatni tark etdi.
* - RF va boshqa davlatlarda taqiqlangan tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala