Iqtisod

Rossiyadan Oʻzbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi

© Press-slujba TransmashxoldingV Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX
V Tashkent pri podderjke VEB.RF otpravlenы 20 novыx vagonov metro TMX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Toshkentga Rossiya taraqqiyot davlat korporatsiyasi (VEB.RF) koʻmagida 20ta yangi TMX metro vagonlari yuborildi.
Podmoskovyening Mыtiщi shahrida Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy metro vagonlarini Oʻzbekistonga joʻnatish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. Vagonlar Metrovagonmash korxonasida ishlab chiqarilgan.
Passajirы v poyezde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Iqtisod
Toshkent metrosi yana 10 ta Rossiya poyezdlari bilan toʻldiriladi
Vagonlar sostavi Toshkent metropolitenida ishlatiladi. Yangi vagonlardan 5ta poyezdlarni shakllantirish koʻzda tutilgan.
Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan.
VEB.RF va Toshkent metropoliteni oʻrtasida 40ta vagonlarni yetkazib berish boʻyicha kredit shartnomasi 2021 yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12 yil muddatga taqdim etilgan.
"METROVAGONMASH" AJning ishlab chiqarish boʻyicha direktor vazifasini bajaruvchi Grigoriy Ilyuxinning aytishicha, TMX bugungi kunda metro poyezdlarini ishlab chiqarishda dunyodagi yetakchilardan biri sanaladi.
"Oʻzbekistonlik sheriklarimizga eng zamonaviy texnik yechimlarni taklif etamiz, bu vagonlar Toshkent metrosida oʻzining samarali va ishonchli faoliyatini isbotlagan", - deydi u.
Pervыy sekretar TSK KP Uzbekistana SH.R.Rashidov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Jamiyat
Toshkent metropoliteniga Sharof Rashidov nomini berish taklif etildi
Metroning 81-765/766/767 seriyali poyezdlari 2016 yildan buyon turli modifikatsiyalarda chiqarilib keladi. Vagonlar Moskva, Qozon, Baku va Toshkent metropolitenlarida ishlatilib kelinadi.
Vagonlar vagonlararo oʻtish yoʻlakchalari, ochiq va yopiq turdagi svet signalizatsiyalari, eni 1,4 m teng yonboshga ochiluvchi eshiklar bilan jihozlangan.
Bosh vagonlarda nogironlik kolyaskalari uchun joylar koʻzda tutilgan.
Har bir yoʻlovchilar saloni sensorli axborot monitorlari bilan jihozlangan boʻlib, ular orqali kerakli stantsiyani izlash, marshrutni sozlash, harakat vaqtini hisoblash kabi operatsiyalarni bajarish mumkin.
Yoʻlovchi salonlari va mashinist kabinasi videokuzatuv, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan.
Metro vagonlarining xizmat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala