Siyosat

Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi keng miqyosli demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom etayotgan muhim tarixiy davrda mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.
TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. 25 avgust kuni xorijiy davlatlarning Oʻzbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu, Polsha Respublikasi elchisi Radoslav Gruk, Tojikiston Respublikasi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Shveytsariya Konfederatsiyasi elchisi Konstantin Obolenskiy va Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Tilo Klinnerdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi keng miqyosli demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davom etayotgan muhim tarixiy davrda mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.
Amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida soʻz yuritar ekan, prezident xorijiy hamkor mamlakatlar, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlar va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini alohida qayd etdi.
Prezident Uzbekistana prinyal uchastiye v sammite ODKB - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashadi - Mirziyoyev
Joriy yil avgust oyining boshida Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani, ushbu tadbir yaqin mintaqaviy hamkorlikning kun tartibi keng ekanligini yana bir bor namoyish etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston yetakchisi Afgʻonistondagi vaziyat rivoji bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratdi. Bugun ushbu mamlakatda roʻy berayotgan voqealar butun xalqaro hamjamiyatda tashvish uygʻotayotgani taʼkidlandi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning oʻzaro bogʻliq va uygʻun jihatlari haqida
Oʻzbekiston afgʻon inqirozini tez fursatda tartibga solishga koʻmaklashish uchun muhim tashabbuslarni ilgari surayotgani va zarur saʼy-harakatlarni amalga oshirayotgani qayd etildi.
Oʻzbekiston prezidenti oʻz soʻzi yakunida diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi bilan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Qisqa suhbatda diplomatlar samimiy qabul va mamlakatda samarali faoliyat uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdilar. Elchilar mamlakatlar oʻrtasidagi sheriklik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-gʻayratini safarbar qilishini qayd etdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala