Analitika

Gʻarb tashvishga tushgan: toliblar AQSH iqtisodiyotini bir yoqlik qilishlari mumkin

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya v Afganistane posle smenы vlasti
Situatsiya v Afganistane posle smenы vlasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.08.2021
Ilgari dollar 1975 yilda AQSH Vyetnamdan ketayotgan paytda jiddiy shikastlangandi.
TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Irina Badmayeva. Dollarning galdagi barbod boʻlishi bashorat qilindi. Bu safar “afgʻon omili” tufayli. Ilgari xavotirli prognozlar uchun AQSH iqtisodiyotning beqarorligi sabab edi: davlat qarzining oshishi va trillionlab mablagʻlar quyilishi. Toliblar dunyo dedollarizatsiyasini tezlashtiradimi – RIA Novosti oʻrgandi.

Galdagi qulash

“Goldman Sachs Asset Management” sobiq raisi va Buyuk Britaniyaning sobiq moliya vaziri Jim O’Nill amerika pul birligi taqdiridan xavotir bildirmoqda. U yetakchilik qoʻldan boy berilgan deb hisoblaydi. Boz ustiga jahon valyutasi maqomi ham savol ostida. Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarining shoshilinch olib chiqib ketilishi vaziyatni faqat yomonlashtiryapti.
Dollar 1975 yilda AQSH Vyetnamdan ketayotgan paytda jiddiy shikastlangandi. Biroq Yaponiya, Germaniya va Xitoy kursning sezilarli oʻzgarmasligiga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaridan kelganini qilishdi. Pekin moliya bozorlarinida yuan ishtirokini kengaytirishdan bosh tortgan – ichki va xalqaro bozorlarda.
Hozir oʻyin qoidalari boshqacha. Iqtisodiy oʻsish drayveri Osiyo tomon koʻchmoqda. Bu yerda aynan XXR ustunlik qilmoqda. Oʻtgan asr oʻrtasidan xitoyliklar jahon YAIMda ulushlarini toʻrt baravarga koʻtarishdi, deyarli 20 foizgacha. AQShniki esa 24.
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Kolumnistlar
Rubl – dunyoning eng kam baholangan valyutalaridan biri
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi SDR savatini qayta koʻrib chiqmoqda.Agar yuan mustahkamlansa, jahon moliya tizimi oʻzgaradi, deydi Jim O’Nill.
Yevropa markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda xalqaro zaxiralardagi amerika valyutasi ulushi 61,7 foizgacha qulagan – 20 yil ichidagi minimum. Oʻtgan yili 60 dan pastga tushdi – bu 1995 yidan buyon ilk holat.
AQSH monetar hukumatining ham bunda qoʻli bor. Pandemiya avj olgan paytda pul ishlab chiqaruvchi uskunalarni bor quvvati bilan ishlatishdi. Iqtisodiyotga trillionlar kiritishdi. Inflatsiya 5,4 foizga yetardi – 13 ichidagi maksimum.
Dollar surʼatini hozir “bir qadam oldinga, ikki qadam ortga” sifatida taʼriflash mumkin, shu bois xavotirli prognozlar muntazam paydo boʻlib turibdi. Kobuldan oʻngʻaymagan evakuatsiyani amalga oshirish – yana bir ortiqcha sabab.
Afgʻonistonda roʻy berayotganlardan toʻgʻridan-toʻgʻri xatarlari yoʻq, deb oʻylashadi aksariyat iqtisodchilar. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga taʼsiri sariq chaqachalik. Raqobatchilar esa amerika valyutasini jiddiy siqib chiqara olmaydilar.
“Yaponiya – iqtisodiy va harbiy-siyosiy maʼnolarda AQShning dumi. Mustaqil hech qanaqa chora koʻrmaydi. Hatto vashington bilan munosabatlari yomonlashgan Xitoy ham avvalgidek amerika bozoriga tobe. Pekin vaziyat keskinlashtirmaydi”, - deb hisoblaydi RUDN iqtisodiyot fakulteti dotsenti Vladimir Grigoryev.
Nyu-Yorkskaya fondovaya birja, raspolojennaya na ulitse Uoll-Strit. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Analitika
Qaytmas nuqtaga yetishdi: tahlilchilarning AQSH iqtisodiyotidan hafsalasi pir boʻldi
Dollar harbiy-siyosiy kuch, texnologik yetakchilik va moliyaviy manipulyatsiyalar evaziga bardosh beradi.
Asosiy muammolardan biri – pul massasining oʻsishi. Lekin barcha taʼsir koʻrsatish dastaklari AQSH Federal zaxira tizimining qoʻlida. Regulyator yil oxiriga qadar keskin siyosatga oʻtishi mumkin: asosiy stavkani koʻtaradi va bu milliy valyutani mustahkamlaydi.
Buning dalili allaqachon bor: 18 avgust kuni FZT qoʻmita yigʻilishi bayonnomasini chop qildi. Investorlar unda oʻzlari izlagan narsani topishdi: pul ishlab chiqaruvi uskunani toʻxtatishadi. Bozor bu noyabrda roʻy berishiga umid qilmoqda.
2022 yilda esa stavka koʻtarilishi kutilmoqda va bu ham dollarni qoʻllaydi.
Yagona qulashi mumkin boʻlgan stsenariy –agar AQSH yana bir katta va qimmatli urushga boshini suqsa. Biroq Oq uy aynan bu stsenariydan qochmoqda.

Dollarsiz hech qayoqqa

Mana bir necha oʻn yildirki dollarni moliya maydonidan siqib chiqarishga urinishmoqda. Yevro va dollar ulushi xalqaro operatsiyalarda haqiqatdan asta-sekinlik bilan oshmoqda. Lekin unutmaslik kerakki, YEI va XXR asosan eksport qiladi, AQSH esa ularning asosiy sotish bozori.
Boz ustiga Yevropa pandemiyadan keyin sekinroq va ogʻirroq qayta tiklanmoqda. “Yumshoqlik va turli xillik xalaqit beryapti. Germaniya, Frantsiya, Avstriyadan tashqari boshqa mamlakatlar ham bor. Agar Janubiy Yevropa loaqal mehnatning umumevropa taqsimlanishida ishtirok etsa, Shimoliy va Boltiqboʻyi, Chexiyadan tashqari, butun mintaqani pastga tortuvchi iqtisodiy daxmaza. Tan olish kerakki, yevro dollardan keyin eng kuchli valyuta”, - deydi Vladimir Grigoryev.
Zalivka nefteproduktov v tankerы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2020
Analitika
Xitoy AQShni neftni qayta ishlashda siqib chiqardi: bundan Rossiya yutadimi?
Dunyoda Amerikanidan keyingi ikkichi iqtisodiyot – Xitoyniki. Shunga qaramasdan yuan global savdo-sotiqda unchalik ommabop emas, deb qoʻshimcha qiladi mustaqil moliya maslahatchisi Anna Xarchenko.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyoning markaziy banklari zaxiralarida 11,1 trillion dollarga teng keladigan pul massasi saqlanadi. Ulardan olti trillionga yaqini dollarda, atigi 2,3 yevroda saqlanadi.
“Mablagʻlarni saqlashda aynan dollarni hamisha tanlashadi. Ayniqsa, Rossiyada. 2014 yildan rubl amerika valyutasiga nisbatan ikki yarim baravarga arzonlashdi. Pandemiya boshlanishi bilan qulash – 25 foiz atrofida”, - deydi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar boʻlimi rahbari Mixail Kogan.
Ammo xatarni kamaytirish uchun tuxumlarni bitta savatga joylashtirish yaramaydi. Diversifikatsiya qiling, deb maslahat berishadi tahlilchilar. Boz ustiga valyuta kapitalni koʻpaytirmadi. Yuqori inflatsiya va past stavka foizlarini inobatga olib zarar koʻrish osonligini anglash qiyin emas.
Iqtisodchilar ortiqcha mablagʻlarni aktivlarga yoʻnaltirishni tavsiya qilishmoqda: aktsiyalar, obligatsiyalar, koʻchmas mulk. Yil oxiriga qadar dollar, hoynahoy, 73-80 rubl atrofida boʻladi. Yevro kursi – 1,13-1,14. Bozorga moliyaviy yangiliklarni tarqatishda davom etishadi. Shubhasiz, dunyodagi epidemologik vaziyatni ham.
Kupyura, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiya
Rossiya dollardan voz kechishi uchun necha yil kerak boʻladi – ekspert javobi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala