Dunyoda

Tokayev Qozogʻiston hukumatiga AES qurilishi muhokamasiga bir yil muddat berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaProyekt AES v Uzbekistane
Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Qozogʻiston rahbarining taʼkidlashicha, yaqin yillarda mamlakat energiya tanqisligiga duch keladi. Shu bois, qayta tiklanadigan energetika manbalari bilan tinch atomni ham joriy qilish zarur
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bir yil davomida Qozogʻistonda xavfsiz atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganish topshirigʻini berdi.
Prezident soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonning barqaror rivojlanishi masalasi energetika sohasiga bogʻliqdir. Davlat rahbari 2060 yilda uglerod neytralligiga yetish masalasini qoʻygan boʻlib, shu bois, bu yoʻnalishda juda pragmatik ish olib borish kerak boʻladi, deya fikr bildirgan Tokayev.
Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2021
Jamiyat
Shavkat Abdukamilov: Oʻzbekiston boʻlajak AES ishonchliligiga shubha qilmaydi
"Ulkan mamlakatimiz aholisi, iqtisodiyoti oʻsmoqda. Sifatli oʻsish uchun bizga energiya kerak. Koʻmir davri sekin-astalik bilan nihoya topmoqda, endi esa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan tashqari, biz energiyani bazaviy generatsiya qilishning ishonchli manbalari haqida ham oʻylab koʻrishimiz kerak boʻladi. 2030 yilga kelib, Qozogʻistonda elektr energiyasi tanqisligi muammosi yuzaga keladi. Jahon tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, bunda eng optimal yechim – bu tinch atomdir. Bu oddiy masalamas, shu bois unga hech qanday ortiqcha farazlarsiz va hissiyotlarsiz, maksimal ratsional tarzda yondashish kerak. Hukumat va "Samruk-Kazыna" bir yil ichida Qozogʻistonda xavfsiz va ekologik atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatini oʻrganishlari kerak", - dedi Tokayev Qozogʻiston xalqiga murojaati vaqtida.
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Rossiya Qozogʻistonda AES qurishga tayyor
Tokayev, tinch atomdan foydalanish masalasini, shuningdek, muhandislik ishini rivojlantirish, mamlakatda yangi avlod malakali muhandis-atomchilarni shakllantirish nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi kerakligini taʼkidladi.
Taʼkidlash joizki, Qozogʻiston atom elektr stantsiyasini qurish masalasini birinchi yil muhokama qilayotgani yoʻq. Mamlakat energetika vazirligi ikkita viloyatda AES qurish masalasini koʻrib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi, ammo aholi orasidagi turfa reaktsiyadan soʻng AES qurish masalasini bir muddat kechiktirish qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader