Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar boʻlmaydi – Tolibon*

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBejentsы iz Afganistana v aeroportu Termeza
Bejentsы iz Afganistana v aeroportu Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Afgʻonistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar boʻlmaydi - Tolibon* harakati vakili.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan Afgʻonistonning yangi hukumati imkon qadar tezroq tuziladi, ammo unda ayol-vazirlar boʻlmaydi, dedi Tolibon* harakati vakili Zabiulloh Mujohid. RIA Novosti.
"Biz imkon qadar tezroq milliy birdamlik hukumatini tuzamiz. Avvalgi vazirliklarning yarmi bilan ixcham hukumat tuzmoqchimiz", - deydi u Italiyaning la Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.
Boyeviki Talibana* v provintsii Lagman, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Al-Qoida”* toliblarga qoʻshildi - Afgʻoniston qarshilik fronti
Uning soʻzlariga koʻra, Panjsher viloyati aholisi “katta savol” boʻlib qolmoqda, ular bilan olib borilayotgan muloqot natija bermayapti. "Biz juda umid qilgan tinchlik jarayoni murakkablashmoqda. Biz Panjsher qoʻshinlarini hukumatga kirishi uchun taslim boʻlishni talab qildik, aks holda ular yakson qilinadi", - dedi Tolibon* vakili.
Yangi hukumatga ayollar kirishi mumkinmi, degan savolga Mujohid quyidagicha javob berdi:
“Vazir sifatida emas, Qurʼon va shariat qonunlariga asosan, ayollar masalan, vazirliklarda, politsiya yoki sud organlarida yordamchilar sifatida ishlashlari mumkin”.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Dunyoda
Tojikiston IIV: mamlakat afgʻon qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Shuningdek, afgʻon ayollariga oliygohlarda tahsil olishga ruxsat beriladi.
Afgʻonistonning yangi hokimiyatining xalqaro munosabatlari haqida gapirganda, Tolibon*ning vakili, Xitoy uning asosiy sherik ekanligini aytdi.
"Xitoy - bu butun dunyo bozorlariga chiqish darvozamiz", - deb qoʻshimcha qildi Mujohid.
Shuningdek, u Rossiya bilan munosabatlarni sovushi haqidagi fikrni rad etdi.
"Biz mintaqada muhim rol oʻynaydigan bunday muhim sherik bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Moskva bilan munosabatlar asosan siyosiy va iqtisodiy. Rossiya biz uchun vositachi boʻlib, biz bilan birgalikda xalqaro dunyo uchun shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etmoqda”, - dedi harakat vakili.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala