Migratsiya

Migrantlar chip oʻrnatilgan plastik kartalarni olishga toʻgʻri keladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishProtsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga
Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2021
Rossiyada migrantlarga chip oʻrnatilgan plastik kartalar beriladi.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. 29 dekabrdan boshlab Rossiya Ichki ishlar vazirligi mehnat migrantlari va mamlakatga uzoq vaqtga kelgan chet el fuqarolariga plastik kartalarni berishni boshlaydi. Bu masalada IIV buyruq loyihasi tayyorlandi.
Passajirы v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Rossiya
Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qoʻyilmaydi: sabablar
Bu karta majburiy dastiloskopiya (barmoq izlari) va suratga olish maʼlumotlari bilan elektron tashuvchini oʻz ichiga oladi.
"Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan majburiy davlat daktiloskopiya roʻyxatdan oʻtish va fotosuratga olishni elektron maʼlumot tashuvchisi boʻlgan karta shaklida hujjat tasdiqlansin", - deyilgan hujjat loyihasida.
Yangi hujjatda, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchiligidan imtihon topshirishning majburiy talablarini tekshirish qoidalar ham aks etgan.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2021
Migratsiya
Sud qaroriga asosan 37 migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
Elektron chipli plastik karta oʻlchami 5,6 x 53,98 mm, old va orqa tomondan iborat boʻladi.
Old tomonda 30x40 mm gacha boʻlgan chet el fuqarosining rangli yoki oq- qora surati joylashtiriladi.
Unda hujjatning identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va jinsi koʻrsatiladi.
Orqa tomonda chet el fuqarosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot yoziladi. Shuningdek, kontaktsiz interfeysli mikrosxemalar shaklidagi chip joylashtiriladi, unda ushbu hujjat berilgan chet el fuqarosi haqidagi maʼlumotlar boʻladi.
Bundan tashqari, chipda identifikatsiyalash uchun ikkita barmoqning izlarining elektron tasviri boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala