Kolumnistlar

Talab toʻfonday oshmoqda: AQSH Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda

© AP Photo/Sue OgrockiDobыcha nefti v SSHA
Dobыcha nefti v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
"Ida" toʻfoni oqibatida Meksika boʻgʻozidagi infratuzilmalaridan mahrum boʻlgan AQSH neft kompaniyalari katta miqdorda Rossiya neftini sotib olmoqda.
TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. "Ida"toʻfonidan soʻng Amerika neftni qayta ishlash zavodlari toʻxtab qoldi. Yonilgʻi defitsiti his qilina boshladi. Energetika vazirligi zahiralardan foydalana boshladi, lekin ular ham cheksiz emas.
Meksika sohilida joylashgan neftni qayta ishlash korxonalari ogʻir neftga moslashtirilgan. Bunday neftni esa Rossiyadan boshqa joydan sotib olishning deyarli iloji yoʻq. AQSH ogʻir neft importini maksimal darajaga yetkazgan va yana oshirmoqchi ham.

Ishtaha karnay

Amerikalik neft ishlab chiqaruvchilar mos keladigan neftni topish uchun butun dunyokini qidirishmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Energetika vazirligining Axborot boshqarmasi (EIA) maʼlumotlariga koʻra, may oyida Rossiyadan xom neft va neft mahsulotlari importi hajmi birdaniga 23 % oshib, kuniga 844 ming barrelga toʻgʻri kelgan. Meksikadan etkazib berilayotgan neft hajmi esa bor-yoʻgʻi uch punktga oʻsdi.
Neftyanaya kachalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Analitika
Neft naqadar uzoq qimmatlashishda davom etadi?
Oʻtgan yilda Rossiyadan AQShga yuborilayotgan neft hajmi 9 yillik maksimumga yetgan edi. Bu borada Rossiya, eksport hajmini qisqartirgan Saudiya Arabistonidan ham oʻtib birinchi oʻringa chiqib olgan edi.
Aslida hammasi, Amerikaning Venesuela neftidan mahrum boʻlishidan boshlangan edi. Bu Donald Trampning “xizmati” u 2019 yilda Petroleos de Venezuela S. A.ni sanktsiyalar ostiga olgan edi.
Shundan soʻng Meksika boʻgʻozida joylashgan korxonalar ogʻir ahvolga tushib qoldi. Jumladan Citgo Petroleum, Valero Energy, Chevron kabi ogʻir neftni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar. Ular Rossiyadan asosan mazut sotib olib undan benzin ishlab chiqarishadi.
“Venesuela neftidan mahrum boʻlgan va anʼanaviy xom-ashyo qimmatlashishiga duch kelgan AQSH neft kompaniyalari
"Venesuela xom-ashyosidan mahrum boʻlgan va anʼanaviy OPEK yetkazib beruvchilari tomonidan narx koʻtarilishiga duch kelgan AQSH kompaniyalari Rossiya mazutining asosiy isteʼmolchilariga aylandi", - deydi Oksford Energetika tadqiqotlari instituti mutaxassisi Adi Imsirovich.
Vankorskoye neftegazovoye mestorojdeniye v Krasnoyarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Kolumnistlar
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
“Rossiya - yetakchi sherik, chunki koʻp miqdorda Mazut 100 kabi yarim tozalangan yogʻlar ishlab chiqaradi. Bu, Venesuelaning va Yaqin Sharqning quyuq va iflos neftiga oʻrganib qolgan, Amerika neft zavodlari uchun ideal xom-ashyo. Ularni yetkazib berish hozirgi kunda sanktsiyalar va OPEK doirasidagi kelishuvlar tufayli toʻxtatilgan ", — deydi Bloomberg.
Avgust oxirida Meksika boʻgʻoziga yopirilgagn "Ida" toʻfoni vaziyatni yanada murakkablashtirdi. EIA sentyabrda yana qazib olish hajmi 1,2 milion barrelgacha oshishini kutayotgan boʻlsa-da, neft infratuzilmasi jiddiy shikastlangan. Amerika bozori umumiy hisobda 20,6 million barrel neftdan mahrum boʻldi.

Zahiralar ochildi

Luizianada elektr taʼminoti tiklanganidan soʻng va neftni qayta ishlash zavodlari ishga tushganidan soʻng, Amerikaga yanada koʻproq xom-ashyo kerak boʻladi.
Bu haqida Exxon Mobil allaqachon eʼlon qildi. Korxona oʻzining Luizianadagi zavodlarini yopishga majbur boʻldi. Energetika vazirligi esa oʻzining strategik zahiralaridan chiqarishga majbur boʻldi. Yaqin ikki-uch oy ichida Exxon oliy navli xom-ashyo bilan ushbu zahiralarni qayta toʻldirishi kerak.
Lekin buning uchun zahiralar ham cheklangan. Demak yana import qilishga toʻgʻri keladi. Amerika nashrlari yozishiga koʻra, “Ida” toʻfoni oqibatlaridan faqat Rossiyalik eksportchilar yutib chiqadi.
Dobыcha nefti v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2020
Analitika
AQSH Rossiyadan neft xarid qilishni taqiqlamoqchi
“Sentyabr-oktyabr oylarida Rossiyadan neft importi yana oshadi, chunki Meksika boʻgʻozida dengiz tubidan neft qazib olish hali ham tiklangani yoʻq”, - deb yozadi Bloomberg. Soʻnggi bir necha kun ichida Rossiyadan 3 partiya nefti xarid qilindi, deydi nashr.
Talab oshgan sari narxlar ham oshib bormoqda. 8 sentyabr kuni neft kotirovkalari narxi soʻnggi 7 oyda qayd etilgan maksimumga chiqdi va odatda talab yuqori boʻlgan Brent navidan ham oshib ketdi. "Ida" toʻfonidan oldin Urals navi Brentdan 1,95 dollar arzon sotilayotgan edi. Bugun Urals narxi barreliga 71,15 dollarni tashkil qilmoqda.
“Shimoliy oqim – 2”ni ishga tushirishdan oldin Vashington va Moskva orasida tanglik darajasi oshib bormoqda. Lekin bozor oʻz shartlarini qoʻymoqda va amerikalik ishlab chiqaruvchilar Oq Uyning diplomatik yoki geosiyosiy maqsadlariga bogʻliq emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala