Dunyoda

AQShda Rossiyani yaqin oʻn yillikdagi eng yirik harbiy hatar, deb atashdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishVashington. Flag SSHA nad Belыm domom
Vashington. Flag SSHA nad Belыm domom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
NATO huzurida AQSH elchiligiga nomzod Smit: Rossiya yaqin oʻn yil ichida bosh hatar boʻlib qoladi
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya yaqin kelajakda NATO uchun asosiy harbiy tahdid boʻlib qolaveradi, dedi AQShning Shimoliy Atlantika alyansi huzuridagi doimiy vakili lavozimiga nomzod boʻlgan Juliana Smit Kongress eshituvida.
""Rossiya Yevro-Atlantika mintaqasi uchun eng katta geosiyosiy tahdid boʻlib qolmoqda va shubhasizki, NATO alyansi uchun yaqin kelajakda va albatta, keyingi oʻn yillikda eng katta harbiy tahdid boʻlib qoladi", - deb bayonot qildi Smit.
Emblema NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Kolumnistlar
NATO sammitining qoʻrqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda
Siyosatchi soʻzlariga koʻra 2014 yil Ukrainada inqiroz avj olganida, Shimoliy atlantika alyansi, Moskvaga qarshi turish qobiliyatini kuchaytirish borasida koʻp narsalarga erishdi, biroq hali qilinadigan ishlar ham koʻp.
"Rossiya tajovuzkorligi davom etmoqda, biz Rossiyani uning barcha harakatlari uchun javobgarlikka chaqirmogʻimiz kerak — bunda gap u tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan konventsional imkoniyatlar, NATO havo hududiga kirish, qoʻrqitish aktsiyalari va kiber hujumlar haqida bormoqda ", — dedi Smit.
Siyosatchi ayol bergan vaʼdalarga koʻra, agar u elchi lavozimiga tayinlanadigan boʻlsa, amerikalik ittifoqdoshlar va sheriklar bilan birgalikda Rossiyaning "Shimoliy oqim-2" eksport gazquvurining ekspluatatsiyaga kiritilishi oqibatida AQSH uchun xush koʻrilmagan oqibatlarni yoʻqotish ustida ish olib boradi.
K startu gotov: zaversheno stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok – 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Video
Qarshiliklarga qaramasdan: “Shimoliy oqim-2” qurilishi toʻliq yakunlandi
Diplomatik lavozimga nomzod "Shimoliy oqim-2"ni "yomon bitim" va "geosiyosiy loyiha" deb atadi, uni nazdida bu loyiha Yevropa va birinchi navbatda Ukraina energetika xavfsizligi uchun oʻta xavfli sanaladi.
Bundan tashqari, Smitning aytishicha, u Turkiya oldida "murakkab savollarni" qoʻyishni va rasmiy Anqarani Rossiyaning S-400 havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishdan voz kechishga koʻndirishga qaratilgan harakatlarni davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala