Kolumnistlar

NATO sammitining qoʻrqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda

Emblema NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Shimoliy atlantika alyansining iyun oyidagi sammiti boshqalaridan ustuvor va mutlaqo yolgʻon tahdidlarning alohida "tizib chiqilishi" bilan ajraladi.
NATO yakuniy kommyunikesidagi buzib koʻrsatilgan koordinatlar tizimida Rossiya, kutilganidek, "dunyo uchun asosiy tahdid" sifatida koʻrsatildi, ikkinchi oʻrinda katta farq bilan Shimoliy Koreya va Eron kelmoqda, tinch Belarus Respublikasi xavfsizlikka tahdid roʻyxatida uchinchilikni "egallagan" boʻlsa, Xitoy toʻrtinchi oʻrinda yodga olingan. Dunyoda hech kim NATOga teng huquqli, mustaqil davlatlarni "sortlarga" qarab ajratishga vakolat bermagan. Shu bilan bir vaqtning oʻzida sayyoraning atigi 10 foiz aholisi manfaatlarini ifodalovchi ushbu ittifoqning bu singari "ayblov" argumentlari ham oʻta gʻalati tuyulmoqda.
Samoxodnaya puskovaya ustanovka 9P78-1 Iskander-M vo vremya demonstratsii xodovыx i ognevыx vozmojnostey na poligone Alabino v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Kolumnistlar
NATO uchun "taʼqiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega boʻldi
Bryussel sammitining 14 iyundagi kommyunikesini Rossiyaga qarshi "manifest" deb atash mumkin - ortiqcha ezmalikka yoʻl qoʻyilgan, u bemaʼni hamda MDH davlatlari va, umuman, insoniyat uchun xavflidir. "Ayblov xulosasi"ning oʻndan ortiq moddalari "Rossiya tahdidi"ga bagʻishlangan (9-15, 25, 46, 50, 54). Taqqoslash uchun, KXDR va Eronga atigi bittadan punkt nasib qilgan boʻlsa (51 va 52), "Xitoy tahdidi" ikki punkt bilan belgilangan (55-56). Hujjat nihoyatda paradoksal.
Alyans soʻnggi chorak asr davomida Eron, Afgʻoniston, Liviya, Yugoslaviya, Suriyani faol ravishda bombardimon qilmoqda va shunday ekan, u tomondan boʻlayotgan "Rossiyaning tajovuzkor harakatlari Yevroatlantik xavfsizligiga tahdid solmoqda" singari bayonotlar qanchalik haqli? Shu bilan birga, kommyunikeda blok 25 yildan ortiq vaqt mobaynida Rossiya Federatsiyasi bilan sheriklik aloqalarini oʻrnatib, xalqaro majburiyatlarini bajarib kelayotgani, Rossiya esa "qadriyatlar, tamoyillar, ishonch va majburiyatlarni buzishda davom etayotgani" taʼkidlangan.
Voyennыe ucheniya v Litve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Kolumnistlar
“Ularga kim bosh ekanligini koʻrsatib qoʻyamiz”: NATO qoʻshinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
"Sheriklar" real dunyoga qaytishni istashmaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevda uyushtirilgan davlat toʻntarishi, Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qaytarilishi va 2014 yilda Uelsda boʻlib oʻtgan NATO sammitidan soʻng alyans tomonidan Rossiya bilan barcha amaldagi fuqarolik va harbiy hamkorliklar toʻxtatilgan. Shu bilan birga Moskva goʻyoki "tavba qilishi shart" va "odatdagi ishlariga qaytmogʻi lozim". Bu "okkupatsiya qilingan hududlar" qaytarilishini nazarda tutadi: Qrim - Ukrainaga, Abxaziya va Janubiy Osetiya - Gruziyaga, Pridnestrovye - Moldovaga.
Aks holda, Bryussel, "xavfsizlik sohasida yomonlashib borayotgan vaziyatga, jumladan, shimoliy atlantika alyansining sharqiy qismida peshqadamlik qilish orqali javob qaytarish"ga vaʼda bermoqda. Ushbu dalillar dunyoni anglash buzilganini aks ettiradi va shu asnoda yaqinda Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan aytilgan NATO "miyasining oʻlimi" haqidagi xulosasi bexosdan yodga tushadi. Tinchlik va xavfsizlik haqidagi soʻzlarni niqob qilish orqali Qoʻshma Shtatlar va uning ittifoqchilari qoʻshni davlatlar va xalqlar taqdiriga befarq holda, Rossiya bilan jangga tayyorlanishmoqda.

Asossiz ayblovlar

Shimoliy Atlantika alyansini Rossiya tomonining turli sohalarda harbiy qudratni oshirayotgani xavotirga solmoqda. Yangi harbiy salohiyat, "igʻvogarlik harakatlari, shu jumladan, NATO chegaralari yaqinida ham", ogohlantirmasdan, kutilmaganda oʻtkazilgan keng koʻlamli mashqlar, Qrimda harbiy kuchlar jamlanishining davom etishi, Kaliningrad viloyatida zamonaviy ikki vazifali raketalarni joylashtirish, Belarus bilan harbiy integrallashuv.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.03.2021
Dunyoda
Putin Qrimdagi referendum boʻyicha qarorni qanday qabul qilgani haqida gapirdi
Bu yerda shuni yodga solish lozimki, Rossiya alyans chegaralariga yaqinlashgan emas, NATO esa Rossiya chegaralariga qadar kengaygan. Qolaversa, MDH maydonida "rangli inqiloblar" formatida gibrid urushlar amaliyoti allaqachon yoʻlga qoʻyilgan.
NATO gumanitar tashkilot emas va RF xavfsizligi uchun potentsial xavfni tashkil qiladi. Bu yerda Moskva va Minskning reaktsiyasini tushunsa boʻladi, ular alyansning Yevropa(Yugoslaviya), Yaqin Sharq (Iroq, Afgʻoniston, Suriya), Afrika (Liviya) va boshqa koʻplab joylardagi geosiyosiy "tuzatishlarini" unutishmagan.
Real "dalillar" yoʻqligi bois, NATO Rossiya zimmasiga "ittifoqdoshlar saylovlari va demokratik jarayonlarga aralashishga urinish" holatlari, "keng koʻlamli dezinformatsiya kampaniyalari", "Rossiya maxsus xizmatlarining alyans hududida noqonuniy va destruktiv harakatlari"ni yuklamoqda va Rossiyadan Chexiya Respublikasi hamda Qoʻshma Shtatlarga "nodoʻstona mamlakatlar" deya berilgan taʼrifni bekor qilishni talab qilmoqda.
Goʻyoki Rossiya "NATOni majburlash maqsadida" oʻrta va kichik masofaga uchadigan qator majmualarni keng yoygan holda oʻz yadroviy arsenalini diversifikatsiya qilmoqda. Nimaga majburlash? "Strategik qoʻrqitishning tajovuzkor siyosati" singari ahmoqona jumlalar nimani anglatadi, axir NATO davlatlarining oʻzlari Yevropada RSMDni joylashtirishga moratoriy toʻgʻrisida Rossiyaning aniq taklifini qoʻllab-quvvatlashmagan edi-ku.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Analitika
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
"Rossiya oddiy qurolli kuchlarning nostabillashtiruvchi mashgʻulotlariga katta eʼtibor qaratib, agressiv va masʼuliyatsiz yadroviy ritorikadan foydalanishda davom etmoqda". Kechirasiz, harbiy manyovlar dunyoning barcha davlatlarida oʻtkaziladi, va faqatgina NATO aʼzolari aksariyat mashgʻulotlarni xorijiy hududlarda - masʼuliyatsiz va tajovuzkor ravishda amalga oshiradilar.
Axir Moskva yadroviy qurolni qoʻllash bilan kimgadir bevosita tahdid qilyaptimi? Yoki Meksika shimoli, Kanada janubida harbiy manyovrlarni oʻtkazish uchun oʻz qoʻshinlarini okean ortidan koʻchiryaptimi? Bular Pentagon Yevropada amalga oshirayotgan ishlar bilan teng. Rossiyaning mashqlari "oʻta" koʻlamdormi? Shunga yarasha RF hududi ham dunyoda tengsiz (AQShdan ikki karra koʻp), mudofaa qobiliyatini taʼminlash uchun shunga monand instrumentlar darkor. Koʻrinib turibdiki, Rossiyani "barcha gunohlarda aybdor qilish" AQSH va NATOning RFga va uning ittifoqdoshlariga qarshi jangovar harakatlariga real tayyorgarlikni niqoblash yoki oqlashga urinishdan boshqasimas.
Generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2019
Siyosat
Stoltenberg: NATOning barcha aʼzolari mudofaa sarflarini oshirishlari shart
Peshqadam harbiy infratuzilma va chet el alyansining Ruminiya hamda Boltiq mamlakatlarida kengayib borishi - bu tinch region va dengizlarning qurollangan mojaro zonasiga aylantirilishining yorqin namunasidir. Maqsad esa keyinchalik ularni demontaj qilib, sharqroqda joylashgan sobiq ittifoq mamlakatlarini talon-taroj qilishdir. Bu yerda amerikaliklar tomonidan eron, iroq va suriya neftining qazib olinishi (oʻgʻriligi) xususiyatlariga chuqur berilmaymiz, ammo sibir uglevodorodlari va Markaziy Osiyodagi foydali qazilmalar konlari ulardan kam "oʻlja" emasligi aniq.

Tinch MDHning buzilishi

NATO kommyunikesida shunday deyilgan: "Ukraina va uning atrofidagi ziddiyat hozirgi sharoitda bizning kun tartibimizning asosiy mavzusidir". Moskvaning "xatolari" roʻyxati ilova qilingan. Ammo Rossiya Ukrainada yuz bergan fuqarolar urushida oʻzini mojaro tomoni sifatida koʻrmayapti. Axir AQSH va YEIning 2014 yilda Ukrainadagi saylov jarayoniga qoʻpol tarzda aralashuvi Donbassda qurollangan mojaroga va Qrimning Rossiya tarkibiga qaytarilishiga sabab sifatida xizmat qilmaganmidi? Bu faktlarni tan olmaslik mumkin, ehtimol yangicha izohlar aytish mumkindir, ammo ularni oʻzgartirib boʻlmaydi. Qrim referendum yakunlari boʻyicha – tinch va qonuniy tarzda RF tarkibiga kirdi, va bu tarixiy voqeaning ortga qaytarilmasligi Rossiya Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan. Rossiyaga aksini agressiv tarzda isbotlashni istovchilar "musht yeydi", ammo bu tahdid emas, balki majburiy reaktsiyadir.
Rossiyskiy mnogotselevoy istrebitel-bombardirovщik Su-34 vыpolnyayet demonstratsionnыy polet na aviasalone MAKS-2019  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Video
Rossiya qiruvchilari “raqib” aerodromini yakson qildi – video
Alyans Ukraina, Gruziya va Moldova Respublikasining hududiy yaxlitligi va suverenitetini "xalqaro miqyosda tan olingan chegaralar doirasida" qoʻllab-quvvatlashini qayta va qayta taʼkidlab, Rossiyani "har uchala davlatga ularning roziligisiz joylashtirilgan qoʻshinlarini olib chiqib ketishga" chaqiradi. Dunyo oʻzgardi. Xaritada SSSR ham GDR ham yoʻq. NATOning faol ishtiroki oqibatida Yugoslaviya ham gʻoyib boʻldi. Gʻarbparast "atirgul inqilobi"ning aks-sadosi sifatida Gruziyada amalda mustaqil Abxaziya va Janubiy Osetiya paydo boʻldi va Rossiya ularni 12 yildan koʻproq vaqt oldin tan olgan. Kun keladi Gruziya va uning "sheriklari" ham yangi voqelikni adekvat tan olishadi. Ushbu fonda "vaqtincha bosib olish" yoki qoʻshib olish toʻgʻrisida har qanday gap xuddiki, 2008 yil 8 avgusti singari nokonstruktiv va xavflidir.
Chegaralarning daxlsizligi toʻgʻrisida. Moldovadagi qurolli toʻqnashuv Pridnestrovye rus tilida soʻzlashadigan aholisining butun respublika bilan Ruminiya tarkibiga integrallashishni istamasligi tufayli yuzaga kelgan edi. Oʻshanda, 1992 yilda Rossiya Pridnestrovyega BMTning tinchlikparvar kontingentini yuborishni taklif qilgan edi, ammo Gʻarb bu taklifni juda qimmat deb hisobladi. Bunday "konsalting"dan soʻng rus qoʻshinlari xalqaro tinchlikparvar maqomini olishdi va Pridnestrovyeda otishma toʻxtadi. Insoniyatning zamonaviy tarixda bu tinchlik oʻrnatishning yagona muvaffaqiyatli tajribasidir.
Bu yerda, MDH maydonida, Shimoliy atlantika alyansi "Gruziya - Moldova - Ukraina" turidagi virtual harbiy bloklarni konstruktsiya qilmasdan, balki mojarolarni real va samarali hal etishga oʻrgansa boʻlardi.
Sammit YES v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2018
Dunyoda
Makron umumiy Yevropa armiyasini tuzishni taklif qildi
Kommyunikedagi eʼtiborni jalb qiladigan yana bir punkt: "NATOga aʼzo-davlatlar Belarusda 2020 yilning avgustida avj olayotgan voqealar rivojidan avvalgidek xavotirda. Belarus siyosati va harakatlari regional stabillikka taʼsir koʻrsatadi". Bu aql bovar qilmas siyosiy riyokorlik namunasidir. Regionni nostabillashtiruvchi qanday voqealar haqida bormoqda gap? Negadir alyansni Frantsiyada roʻy berib uzoq vaqt davom etgan "sariq nimchalar" aktsiyasi yoki Kapitoliyda roʻy bergan va AQShning norozilik bildirgan fuqarolari hibsi bilan yakun topgan shturm koʻpam xavotirga solayotgani yoʻq - bu nima boshqa mavzumi?
Natsionalnыy muzey vozduxoplavaniya i astronavtiki v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Kolumnistlar
NATO minglab raketa va jangovar sputniklar tayyorladi – Rossiya nima bilan javob beradi?
NATOning 14 iyundagi yigʻilishi kommyunikesining hajmdor matni rasmiy saytda uchta tilda eʼlon qilingan, barcha xohlovchilar unda yanada koʻproq reallikga mos kelmaydigan nomuvofiqliklarni aniqlashlari mumkin. Maqola yakunida shuni qayd etmoqchimanki: 20 yillik urushdan va AQSH va NATO uchun sharmandali boʻlgan terrorchi-toliblar bilan tuzilgan tinchlik bitimi va xorijiy qoʻshinlarning Afgʻonistondan deyarli qochib ketayotganidan soʻng "sheriklar"ga Yevropa yoki Arktikada bu qadar faollik bilan "dubinka" oʻynatish yaramaydi. Aks holda rikoshet javobi boʻlishi mumkin, axir yuqori texnologiyali va yirik yadroviy derjava bilan faraziy mojaroda ular magʻlubiyatga yuz tutishi aniq.
Teng huquqli tomonlar oʻrtasida kechadigan muzokara orqaligina oqilona murosaga kelish va keyinchalik tinch hayot kechirish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala