Siyosat

Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirishda SHHTning roli oshadi – Eldor Aripov

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishFlagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv - chlenov SHOS
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannыx del gosudarstv - chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
SMIT direktorining soʻzlariga koʻra, bu Afgʻonistonning barcha qoʻshnilari yoki SHHTga aʼzo, yoki uning kuzatuvchisi maqomida ekanligi bilan bogʻliq.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda Shanxay hamkorlik tashkilotining roli oshadi. Bu haqda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” anjumanida shunday fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Aripovning qayd etishicha, buning sababi Afgʻonistonning barcha qoʻshnilari yoki SHHTga, aʼzo yoki uning kuzatuvchisi maqomida ekanligi bilan bogʻliq.
Shavkat Mirziyoyev na sammite SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida nimalarni taklif qildi
Kuzatuvchi mamlakatlar ham, tabiiyki, SHHT bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega. Binobarin, SHHTga aʼzo davlatlar Afgʻonistonning asosiy savdo hamkorlari qatoriga kiradi. Ularning Afgʻoniston bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 milliard dollarni tashkil etadi, bu Afgʻonistonning xorijiy davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasining deyarli 80 foizini tashkil qiladi.
Afgʻonistonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojining 80 foizdan ortigʻi, bugʻdoy va unga boʻlgan ehtiyojning 20 foizdan ortigʻi SHHTga aʼzo davlatlar eksporti hisobidan qoplanadi.
SHHT davlatlari Afgʻonistonni mintaqaviy xavfsizlikka tahdid manbaiga aylanishining oldini olishdan, ayniqsa, manfaatdor.
“Hech kim Afgʻoniston hududining mamlakatlarimizga qarshi buzgʻunchi harakatlar, radikal mafkura, terrorizmni qoʻshni davlatlarga eksport qilish uchun oʻziga xos markazga aylanishini istamaydi", - deya taʼkidladi SMIT direktori.
Soveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoy Osiyoni oʻzgartirdi – Amerika esa uni qoʻldan boy bera boshladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader