Kolumnistlar

Rossiya va Xitoy Osiyoni oʻzgartirdi – Amerika esa uni qoʻldan boy bera boshladi

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Fotobankka oʻtishSoveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS
Soveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Osiyo va Osiyo muammolari bilan osiyoliklarning oʻzlari shugʻullanishlari darkor – jumladan, Rossiya ham Yevroosiyo davlati sifatida.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Tashqi kuchlarining qitʼa ishlariga aralashishga haqqi yoʻq, barcha bahsli masalalarni emas mintaqa davlatlari ziddiyat keltirib chiqarish va ularni bir-birlariga gij-gijlash urinishlariga toʻsqinlik qilib, oʻzaro hal qilishadi.
Bundan 20 yil avval tashkil etilgan va hozir Dushanbeda oʻz sammitini oʻtkazayotgan tashkilotning asosiy maqsadi ham aynan shundan iborat: Shanxay hamkorlik tashkiloti. Hozirgi SHHT sammiti ikki yil ichida davlat rahbarlarining birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻlishi kerak edi. Biroq karantin cheklovlari uni aralash shaklda oʻtkazilishiga sabab boʻldi: mehmonlarning katta qismi Dushanbeda yigʻiladi, Vladimir Putin, Si Tszinpin va Narendra Modi esa onlayn qatnashadi.
Lekin bu bilan sammit ahamiyati kamaymaydi: Dushanbega Nikolay Patrushev, Sergey Lavrov va Sergey Shoygu uchib kelganini aytmasa ham boʻlaveradi. Sammit aniq tashkilot tarixidagi eng muhimlaridan biri boʻladi.
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Siyosat
SHHT va KXSHT Dushanbeda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov
Shtatlarning Afgʻonistondan ketishidan keyin mintaqa ishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi aralashish davri nihoyalanmoqda. SHHT esa mintaqa xavfsizligiga toʻliq masʼuliyatli boʻlmoqda. Bu uning hamma ishtirokchilari manfaatlariga javob beradi, zero afgʻon mavzusi (mintaqada xorijiy harbiylarning boʻlishi masalasi ham) tashkilot uchun u tuzilgan yillardan buyon eng muhimlaridan biri boʻlib qolmoqda edi.
Yoʻq, SHHT Amerikaning bostirish kirishiga javoban tuzilmagan. U 2001 yil iyunidayoq paydo boʻlgandi, shunga qaramay uning tashkil etish gʻoyasi 1996 yilga borib taqaladi. Oʻshanda oʻshashaharda Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan tarkib topgan “Shanxay beshligi” tashkil etilgandi. 2001 yilda “Beshlik” “Oltilikkacha” kengaydi (Oʻzbekstonni qabul qilib) va oʻz munosabatlarini shartnoma shaklida rasmiylashtirdi. Keyingi yillarda esa boshqa davlatlarning katta qiziqishini oʻziga jalb qildi. Lekin rus-xitoy alyansi kengayishga shoshilmadi: bir necha davlatlar kuzatuvchi maqomini oldi, boshqalari “muloqot hamkorlari” boʻlishdi.
2010 yilga oʻrtalariga kelib Sharq va Gʻarb munosabatlaridagi keskinlik bevosita ziddiyatga oʻta boshlagan paytda, SHHT kengaya boshladi: 2015 yilda Hindiston va Pokistonning toʻlaqonli aʼzo boʻlishi boshlandi va ikki yil oʻtib “Oltilik” “Sakkizlikka” aylandi. Endi esa “Toʻqqizlikka” aylana boshlaydi: Eronni qabul qilish jarayoni boshlanadi (uning yangi prezidenti Ibrohim Raisiy uchun Dushanbe sammiti umuman xalqaro debyut boʻladi).
Vaqti kelib SHHT oʻz tarkibiga Afgʻonistonni qabul qilib, “Oʻnlikka” aylanishiga shubha yoʻq.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
Toliblar chegarada: SHHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?
Ammo hozir bu mamlakat nomidan Dushanbedagi sammitda hech kim qatnashmaydi: amerikaparast hukumat quladi, yangisi toliblarniki esa (ular oʻzlarini muvaqqat deb atayotgan va xususan “Tolibon”* harakati vakillaridan tashkilo topgan) hozircha SHHT mamlakatlari tomonidan tan olinmagan.
Biroq yaqin kelajakda yangi Kobul hukumati koʻpchilik qoʻshnilar tomonidan ehtimol tan olinadi (ularning bari esa, Turkmanistondan tashqari, SHHTga aʼzo). Aynan SHHT Afgʻonistonga nisbatan siyosatni ishlab chiqishga ham, yangi afgʻon hukumatining tashqi dunyo bilan muloqotida ham muhim rol oʻynaydi.
Hozirda SHHTda kuzatuvchi boʻlgan Afgʻoniston vaqti kelib uning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishi mumkin – boʻlishi ham shart. Bu yoʻldagi asosiy toʻgʻanoq yoʻqoldi-ku. Toliblar esa bir necha marta qoʻshnilar xavfsizligiga tahdid tugʻdirmasligini aytgan. Shunday ekan Afgʻoniston ichida fuqarolar urushi qayta tiklanmasligiga ishonch hosil qilmoq muhimdir.
Nafaqat ishonch hosil qilish, balki tashqi kuchlarning uni boshlashiga yoʻq qoʻymaslik darkor. Afgʻon nifoqiga faqat Gʻarb oʻyinchilari pul tikishi mumkin, chunki Afgʻoniston qoʻshnilaridan hech kim u yerda oʻzaro ichki nizolar qayta boshlanishidan manfaatdor emas. Aksincha, deyarli hammasi ham foydali shartnomalar, ham oʻz mavqelarini mustahkamlashga umid qilib, mamlakatni tiklashga yordam qoʻlini uzatadi.
Ha, bu pozitsiyalar koʻpincha bir-biriga oʻxshamaydi, gohida bir-biriga qarama-qarshi (Pokiston va Hindistonning afgʻon yoʻnalishidagi qarashlari) – lekin ularni muvofiqlashtirish va oʻzaro yon berish yoʻlini topish uchun aynan SHHT lozim. Garchi tashkilot harbiy blok boʻlmasada, uni bemalol geosiyosiy alyans deb atash mumkin. Ustiga ustak Markaziy Osiyo emas, balki Panosiyo. Eron qoʻshilishi bilan tashkilot chegarasi Arab dunyosidan Uzoqqa sharqqacha choʻziladi va Osiyoning uchdan ikki qismini egallab, Yer sharining deyarli yarim aholisini birlashtiradi.
Predsedatel KNR Si Tszinpin vruchil prezidentu Rossii Vladimiru Putinu Medal drujbы v Bolshom zale Narodnogo Sobraniya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urugʻlari sepishning ayni vaqti - AQSH
Butun Osiyoda SHHTga kirmaydigan ikki muhim mintaqa qolmoqda: bu Arab dunyosi (Shimoliy Afrikaga ham tarqalgan) va v ASEANga birlashgan Janubi-Sharqiy Osiyo. Lekin SHHT u bilan ham munosabatlarni yoʻlga qoʻymoqda: kuzatuvchi maqomiga Vyetnam va bir qator arab davlatlari ham daʼvogarlik qilmoqda. Bular Suriya, Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni. Oxirgi uchtasiga Dushanbedagi sammitda avvaliga muloqot hamkori maqomi beriladi, aytgancha, eng muhim Osiyo mamlakati boʻlgan Turkiya bu maqomga ega. Maʼlumki, ishtirokchilar soni koʻpayishi bilan osiyocha YEXHTga oʻxshash narsaga aylanish xatari mavjud, yaʼni hech narsani hal qilmaydigan rasmiyat jihatidagi tashkilotga. Biroq hamma gap shundaki, SHHT na hududiy ekspansiya, na NATOga aylanishga intiladi. SHHT –Osiyodagi manfaatlarni muvofiqlashtirishga va mojarolarni Osiyo mamlakatlari kuchlari bilan hal qilishga qaratilgan severen davlatlarning geosiyosiy muloqoti shakli.
Uning ayrim ishtirokchilari oʻrtasidagi ziddiyat qanchalik katta boʻlmasin, agar oʻzaro foydali yechim topishning imkoni boʻlmasa, hamisha qarama-qarshilikning oldini oladigan variant boʻladi.
Hozir Shtatlar Hindistonni QUAD toʻrtlik formatiga faol jalb qilishga urinayotganidek (AQSH, Yaponiya, Avstraliya va Hindistondan iborat “Xavfsizlikka oid toʻrt tomonlama muloqot”). Bu format oshkora ravishda Xitoyga qarshi qaratilgan formatga ega.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Shtatlarning afgʻon masalasidagi saboqlari Hindistonga (Gʻanini qoʻllab-quvvatlayotgan va toliblar bilan muloqot qilishdan bosh tortayotgan) mintaqa muammolari yuzasidan amerikaliklar bilan birgalikdagi ish xavfini koʻrsatadi. Dehli Pokistondan xavfsiramoqda? Lekin Islomobodning bu asrda geosiyosiy ustuvor vazifalari qanday oʻzgarganiga qarashning oʻzi kifoya: agar afgʻon urushi boshida Shtatlar uni asosiy ittifoq mamlakat deb hisoblay olishgan boʻlsa, hozir esa pokistonliklarning oʻtmishda yankilarga boʻlgan ishonchidan urvoq ham qolmagan.
SHHTning birinchi 20 yili katta yoʻlning boshlanishi edi, xolos. Endi atlantik asrining tugashi bilan uning Osiyo taqdiri uchun katta masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi kutilmoqda. Dunyoning eng katta qismi ahamiyatini inobatga olgan holda butun sayyoraning ham.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala