Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Xususiylashtirish ishsizlik koʻpayishiga olib kelishi mumkin - ekspert

© AFP / TED ALJIBEAziatskiy bank razvitiya (ABR)
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
OTB eksperti soʻzlariga koʻra, xususiylashtirish oqibatida ish oʻrinlari kamayishi va ishchilarning ijtimoiy himoyasi susayishi mumkin.
TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda jadal amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlari muayyan xatarlar ham keltirib chiqarishi mumkin, dedi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) davlat boshqaruvi iqtisodchisi Chidem Akin, Toshkentda boʻlib oʻtayotgan iqtisodiy forum doirasida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

1. Ishsizlikning oshishi

Osiyo taraqiyot banki tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, mamlakatda koʻplab davlat korxonalari har tarafdan eskirgan. Ular oʻzgarishi kerak. Ularga yangi texnologiyalar, yangi boshqaruv tizimi joriy etilishi lozim.
"Xususiylashtirish oqibatida bunday korxonalar, qisqaradi va ixchamlashadi. Tabiiyki, bunda ishchilarning bir qismini ham qisqartirishga toʻgʻri keladi, - dedi maʼruzachi. - Yaʼni ishsizlik muammosi paydo boʻladi. Oʻzbekistondagi ishsizlik koʻrsatkichlari haqida esa kechagi muloqotlarda aytilgan edi”.
Gostinitsa Hyatt Regency Tashkent  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Davlat aktivlarini sotish tezlashtirilmoqda - Ortiqov

2. Ijtimoiy himoya kamayishi

Chidem Akinning soʻzlariga koʻra, davlat korxonalari katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Ular oʻz xodimlariga uy-joy, mehnat taʼtili, kasallik va homiladorlik vaqti uchun toʻlovlar taqdim etadi. Jadal xususiylashtirish jarayonlari mana shunday imtiyozlarni yoʻqqa chiqarmasligi lozim.
Xalqaro moliya tashkilotlari ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha samarali hamkorlikni taklif etishlari mumkin. Bu borada ayniqsa, janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida katta tajriba toʻplangan, - dedi ekspert.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Xususiylashtirish borasida Oʻzbekiston haliyam orqada - XMK

3. Pensiya, ipoteka va yer mulkini xususiylashtirish

OTB vakili Oʻzbekistonda xususiy pensiya jamgʻarmalari yoʻqligiga eʼtibor qaratdi va ana shunday institutlar koʻplab mamlakatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini aytib oʻtdi va ushbu tajriba Oʻzbekiston uchun ham ijobiy boʻlishiga umid bildirdi.
Shuningdek, maʼruzachi Oʻzbekistonda ipoteka bozori davlat tomonidan boshqarilishiga ham eʼtibor qaratdi. Xususiy sektor vakillari ipoteka bozoriga yetarlicha kirib kelmagan. OTB esa aynan shu yoʻnalishda ham xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlaydi.
Undan tashqari OTB vakili Oʻzbekistonda aholining 30% band boʻlgan qishloq xoʻjalik sohasining samaradorligi past ekanini qayd etdi. Mutaxasis fikriga koʻra, yer islohotlari va xususiylashtirish - ushbu sohaga ham sarmoyadorlarni jalb etadi.
Ushbu islohotlar hududlarda iqtisodiy rivojlansh jarayonini tenglashtirgan boʻlardi va aholining ommaviy ravishda shaharlarga koʻchib kelishini toʻxtatadi. Bu borada Chidem Akin Polsha va Isroil kabi davlatlarni misol qilib koʻrsatdi.
Tashkentskiy Ekonomicheskiy forum -2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkent iqtisodiy forumining birinchi kuni yakunlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala