Jamiyat

"Oʻzsuvtaʼminot"dagi "arralashlar": rahbarlar ikki mlrd soʻmlik inshootni 25 millionga sotdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishMujchinы v kostyumax i s portfelyami
Mujchinы v kostyumax i s portfelyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Oʻtkazilgan tekshiruvlarda "Oʻzsuvtaʼminot" AJda 587 ta holatda 15,1 mlrd. soʻmlik shartnomalar "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi qonun talablariga rioya etilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirilgani aniqlangan.
TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Namangan viloyatida qiymati ikki milliard soʻmlik “Suv tozalash” bino-inshootlari sobiq rahbarlar tomonidan 25 million soʻmga sotib yuborildi.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri "Oʻzsuvtaʼminot" AJdan komplayens-nazorat boʻlimi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida xabar bermoqda.
Jumladan, Uychi tumanida joylashgan “Suv tozalash” bino-inshootlari yagona taʼsischining kelishuvisiz, utilizatsiya qiymatidan kelib chiqib, jamiyat sobiq rahbar xodimlari tomonidan auktsion orqali 25,2 million soʻmga sotib yuborilgani aniqlangan. Bino-inshootlarning bugungi kundagi qiymati 1,8 milliard soʻm ekani aytilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan 9 oyida komplayens-nazorat boʻlimi tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida masʼuliyati cheklangan jamityalar tomonidan 109 ta holatda 9,1 mlrd. soʻmlik moliyaviy xatoliklar va korruptsion holatlarga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.
V TSA boleye odnogo milliona lyudey vpervыe poluchat dostup k pityevoy vode - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi
Bugungi kunda 55 ta holat boʻyicha 3 mlrd. soʻmlik jamiyat mulki qaytarilgan. 42 taholat boʻyicha 7,4 mlrd. soʻmlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan boʻlib, jamiyatga yetkazilgan moliyaviy zararni aybdor shaxslardan undirish choralari koʻrilmoqda.
Shuningdek, Komplayens-nazorat boʻlimi xodimlari tomonidan 1 397 ta tovar-moddiy boyliklari xaridi bilan bogʻliq shartnoma hujjatlari oʻrganilgan boʻlib, 587 ta holatda 15,1 mlrd. soʻmlik shartnomalar "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonun talablariga rioya etilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, yuqorida koʻrsatilgan davr mobaynida 36 ta manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar aniqlanib, bugungi kunga qadar ularning 23 tasi bartaraf etilgan, 2 tasi chora koʻrish uchun joylardagi odob-ahloq komissiyalariga chiqarilgan.
Jamiyat
Oʻzbekiston korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashishga bel bogʻlamoqda – qonun loyihasi
Boʻlim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan korruptsiya bilan bogʻliq jami 89 ta murojaatlarning 85 tasi ijobiy hal etilgan boʻlib, 4 tasi hal etish jarayonida.
Korruptsiyaning har qanday koʻrinishlarining oldini olish, sohada ushbu illatni toʻliq yoʻq qilish, aniqlangan korruptsiyaviy holatlar yuzasidan zarur choralar koʻrish, shuningdek, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga toʻliq rioya etilishini taʼminlash masalalari “Oʻzsuvtaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatining doimiy diqqat markazida boʻlib, Jamiyat tomonidan xodimlar oʻrtasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda, dedi jamiyat vakili Sputnik nashriga bergan intervyusida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala