Kolumnistlar

Qamchi yoki pechenye: Viktoriya Nuland Rossiyaga nima bilan kelmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPomoщnik gossekretarya SSHA Viktoriya Nuland v Kiyeve
Pomoщnik gossekretarya SSHA Viktoriya Nuland v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Nulandning tashrifidan asosiy maqsad - Rossiyaning Ukraina "fronti"dagi rejalarini razvedka qilish, rahbariyat kayfiyatini ilgʻab olish. Foydasi boʻlarmikan.
AQSH davlat kotibining Moskvaga tashrifi mehmonning diplomatik mavqeidan ortiq darajada diqqat jalb etmoqda. Bir necha kun oldin Jenevada strategik barqarorlik boʻyicha Rossiya-Amerika maslahatlari boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda AQSH delegatsiyasiga davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Uendi Sherman boshchilik qilgan edi. U uchrashuvga AQSH va Rossiyadan boʻlak hech kimning qiziqishini uygʻotmagan edi.
Viktoriya Nuland uzoq vaqtdan beri Rossiyada “AQShning Ukraina ustidan nazorati” timsoliga aylangan. Uning Kiyevda qoʻzgʻolonchilarga pechenye tarqatgani hammaning esida qolgan. Oʻsha vaqtlar Nuland davlat kotibi yordamchisi edi, Yanukovich prezidentlikni tark etganidan soʻng bir necha bor Rossiya-Amerika muzokaralarida ishtirok etgan, jumladan Moskvaga ham tashrif buyurgan edi. Tramp prezidentlik vaqtida Nuland oʻz lavozimidan mahrum boʻlgan edi, lekin Bayden uni Oq Uyga qaytardi va yuqoriroq lavozim berdi. Hozir Nuland davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari.
Umuman Bayden jamoasi tarkibida Nuland Rossiyani eng yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi va shuning uchun ham unga AQSH siyosatining Rossiya yoʻnalishini topshirishgan. Nuland Rossiyada jami 3 yil yashagan. Uning birinchi tashrifi Andropov davrida boʻlgan, oʻshanda u baliqchilar kemasida yashagan. Keyin 1990 yillar boshida AQSH elchixonasida ishlagan.
Bayden maʼmuriyatida Rossiyani yaxshi biladigan mutaxassislardan Uilyam Berns bor, lekin hozir u MRB direktori lavozimida ishlmoqda. Bu lavozim muzokaralar olib borish uchun unchalik toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchnu ham Nuland.
Amerikanskiy bronirovannыy avtomobil HMMWV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Kolumnistlar
Ukrainaga AQSH qurollari yetkazib berildi: buyogʻi nima boʻladi?
Lekin 2019 yilda, AQSH sanktsiyalariga javob sifatida unga Rossiyaga kirish taʼqiqlangan edi. Oʻshanda AQSH bir qator rossiyalik amaldorlarga AQShga kirishni taʼqilab qoʻygan edi. Jumladan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi Nikolay Patrushevga ham. Oqibatda xavfsizlik borasida oʻtkazilayotgan barcha Rossiya-AQSH uchrashuvlarini haligacha Yevropada yoki Moskvada oʻtkazishga toʻgʻri kelmoqda.
Nulandning Moskvaga tashrifi bir necha oy davomida muhokama qilingan edi. Dastlab Rossiya AQSH fuqarosiga kirishni ochishga ruxsat berishga rozi boʻlmagan. Keyinchalik esa rossiyalik amaldorlardan birini AQSH qora roʻyxatidan chiqarish evaziga rozi boʻldi. Ayrimlar “Shu ayolni kiritish kerak emasdi” degan fikrni bildirishi mumkin, lekin bunda u blan boshqa davlatda uchrashishga toʻgʻri kelardi. Bu esa Rossiyaning oʻziga noqulaylklar tugʻdirar edi.
Moskva yetib kelganidan soʻng Nuland birinchi boʻlib muzokaralarning bosh maqsadi “ikki davlat orasidagi munosabatlarni barqaror va oldindan aytib boʻladigan qilish” ekanini taʼkidladi. Yaʼni oʻsha eski gapni takrorladi. Bu gapni Baydenning oʻzi ham bir necha bor aytgan edi.
Rossiya va AQSH prezidentlarining Jeneva sammitidan 4 oy oʻtgan boʻlsa ham “AQSH – Rossiya” munosabatlarini yaxshilash borasida haligacha hech narsa oʻzgargani yoʻq. Aniqrogʻi, tomonlar bir biri bilan gaplashishni boshlashdi. Ryabkova - Sherman maslahatlashuvlarning ikki raundi boʻlib oʻtdi. Mana endi Nuland keldi. Hoʻsh 3 kunlik tashrifning natijalari qanday boʻladi?
Yangi amaliy natija – ikki davlat orasida “elchixonalar urushi”ni yumshatish haqida kelishuv boʻlishi mumkin. Lekin Nuland bilan bu haqida kelishuvga erishishning kafolati yoʻq. Lekin ayni damda ikki tomon elchixonalar ishini shunchalik murakkablashtirib qoʻygan-ki, ularni sal-pal yumshatish ham ayni damda katta yutuq deb qabul qilinishi mumkin.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Nuland asosiy muzokaralarni tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari ryabkov bilan oʻtkazsa-da, undan tashqari AQShlik siyosatchi Putin yordamchisi Ushakov va prezident maʼmuriyati rahbari Kozak bilan ham uchrashadi.
Ushakovga Nuland, “jamoaviy Bayden” gapini yetkazadi. Yaʼni Amerika maʼmuriyati Kremlga nimalarni yetkazmoqchi ekanini aytadi. Bunda mavzular ikki davlat munosabatlaridan tortib, Yaqin Sharqdan tortib Uzoq Sharqqacha boʻlgan turli xalqaro mavzulargacha boʻlishi mumkin.
Albatta eng ogʻriqli mavzulardan biri Ukraina boʻladi. Buni Nuland Dmitriy Kozak bilan muhokama qiladi. Ushbu mavzu nafaqat Rossiya va AQSH uchun ogʻriqli, balkim Ukrainaning oʻzi uchun ham. Chunki Kiyev amerikalik homiylariga mutlaq ishonmay qoʻygan, hatto “jonkuyar” Nulandga ham.
Nulandning Moskvaga tashrifidan oldin, OAVda Dmitriy Medvedevning Ukraina mavzusiga bagʻishlangan maqolasi paydo boʻlgan edi. Unda Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari mustaqil boʻlmagan Ukraina rahbarlari, jumladan Zelenskiy bilan har qanday muzokaralar oʻtkazish – maʼnosiz, dedi.
“Bizga vassallar bilan ish tutish mutlaq mantiqsiz. Ishni syuzeren bilan olib borish kerak", - degan edi Medvedev.
Bu Rossiya Ukraina masalasini amerikaliklar bilan muhokama qilishiga aniq nishona boʻldi. Shundoq ham oxirgi vaqtlarda Moskva kiyevlik hokomiyatni ikki tomonlama munosabatlar subʼyekti sifatida tan olmayotgan edi.
Darhaqiqiqat, Rossiya Ukraina uchun kurashni bugungi Kiyev elitasi bilan emas – Amerika bilan, anglosakslar bilan olib bormoqda. Xoʻsh, bundan nima kutish mumkin? Vashington bir kun kelib Ukrainani atlantizatsiya qilishdan voz kechadimi? Albatta - yoʻq, va bu borada hech qanday almashuv ham boʻlishi mumkin emas. Yaʼni AQSH Ukraina – shunchaki Rossiya milliy manfaatlari tarqalgan hudud emas, balkim Rossiyaning tarixiy boʻlagi ekanini va bir kun kelib u Rossiya bilan ittifoqqa qayishidek faktni tan olishni istamaydi.
AQSH bunday shartlarga hech qachon koʻnmaydi. Ular Ukrainadan Rossiyaga qarshi imkon qadar uzoqroq foydalanishni istaydi.
Rossiya AQSH bilan “Biz sizga Ukrainani beramiz, sizlar Rossiya-Xitoy munosabatlarini boʻshashtirsizlar” qabilida bitimlarga ham rozi boʻlishi mumkin emas. Chunki Rossiya Ukranani baribir qaytarishiga ishonadi.
Balkim Vashington “Rossiya – Xitoy” munosabatlari buzilishi uchun Ukraina bilan toʻlashdan xursand boʻlgan boʻlardi, lekin Rossiya bunday taklifni qabul qilmaydi. Qabul qilgan taqdirda ham amerikaliklar bunga ishonmagan boʻlardi.
Agar, Rossiya bunday taklifga koʻngan taqdirda ham u “oʻz oyogʻiga oʻzi oʻq uzgan” boʻlardi. Chunki boshqa davlat iltimosiga koʻra (toʻlov evaziga boʻlsa ham) oʻzining strategik maqsadlari va manfaatlarini oʻzgartirishga rozi boʻlgan davlat - global siyosat subʼyekti boʻlishdan voz kechdi degani. Demak bunday davlat yangi dunyo arxitekturasi meʼmori boʻlishga loyiq emas.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Siyosat
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
Albatta, Ukraina Rossiya uchun juda muhim ahamiyatga ega, lekin uni bunday baho bilan qaytarish (yaʼni Xitoyni emas, koʻproq oʻz manfaatlarini sotish) – maʼnosiz va zararlidir. Ukrainani mustaqil ravishda, uning xalqiga ishongan holda qaytarish kerak.
Hozircha buning vaqti kelgani yoʻq. Hozir faqat atlantik homiylarning unga taʼsirini kamaytirishga harakat qilish mumkin. Aynan shuning uchun ham Moskvaga Kiyev hukumatining “syuzerenlari” bilan muzokaralar kerak.
Nuland esa, okean orti hukumati vakili sifatida, Ukraina Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun hali ham samarali vosita ekanini yana bir bor tekshirib koʻrmoqchi. Yaʼni Ukraina mavzusida Moskva bilan gaplashganda “qamchi va pryanik” uslubidan foydalanish kerakligi: dastlab Ukrainani NATOga qabul qilishni keng omma oldiada muhokama qilib, keyin esa Moskvada “xavotir olmanglar biz ularni hech qachon NATOga qabul qilmaymiz” deyish uchun.
Bu bilan Nuland Ukraina “fronti” bilan Rossiyanin yana qachongacha mazax qilish mumkinligini, “bu ruslar oʻzi kelgusi bahorda urush boshlamoqchi emasmi” qabilida Rossiya rahbariyati kayfiyatini ilgʻab olishni ham niyat qilgan.
Lekin Nuland Rossiyani qanchalik paypaslab koʻrmasin, Rossiya rejalarini qanchalik razvedka qilmasin, u bizning Ukrainaga boʻlgan munosabatlarimizda asosiysini: biz Ukrainaga xuddi oʻzimizga boʻlgandek munosabatda ekanimizni – hech qachon tushunmaydi. Biz Ukraina uchun xuddi oʻzimizdek xalq bilan jang qilmaymiz, lekin ertami kechmi oʻzimizniki qaytaramiz. Kimlardir bizga harchand xalal berishga urinsa ham.
Agar AQSH Ukraina mavzusi ularga uzoq vaqt davomida Rossiya bilan munosabatlarda kuchli kuzirga boʻladi deb hisoblasa, ular Afgʻonistonda boʻlganidan koʻra kuchliroq umidsizlikka tushishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala