Kolumnistlar

Qoraqalpogʻiston sahrolari “yashil inqilob” ostonasida turibdi

© Natsionalnaya komissiya po delam YUNESKOMejdunarodnaya ekspeditsiya potentsial i tsennost istoriko-kulturnыx obʼyektov Karakalpakstana
Mejdunarodnaya ekspeditsiya potentsial i tsennost istoriko-kulturnыx obʼyektov Karakalpakstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Orol qaytmasa ham moʻʼjiza roʻy berishi mumkin

Xayrli ishlar

BMTning Oʻzbekistondagi Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha Koʻpsheriklik trast fondi ishga tushirilishi toʻgʻrisida 2018 yil 27 noyabr kuni eʼlon qilingan edi. Oʻtgan qisqa davrda BMT agentliklari jamgʻarma shafeligida qishloq joylarini rivojlantirish, Orol dengizining qurishi oqibatlaridan jabr koʻrayotgan aholi hayoti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni doimiy daromad manbalari bilan taʼminlash, taʼlim olish, sifatli va oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish uchun imkoniyatlar yaratish borasidagi bir qator xayrli ishlarni amalga oshirdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVыveska na vʼyezde v Karakalpakstan
Vыveska na vʼyezde v Karakalpakstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Vыveska na vʼyezde v Karakalpakstan
Bunga ushbu hududga BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan media-tur jarayonida shaxsan guvoh boʻldik.

Kecha va Bugun

Orol dengizi, Orol fojeasi haqida juda koʻp yozilgan. Ammo fojia koʻlami qanchalik keng va qoʻrqinchli boʻlmasin, har safar Respublikaga kelganimda insonlarning yengilmas bardoshiga qoyil qolaman. Bu yerda iqlim oʻta keskin – qish izgʻirinli, yoz oʻta issiq... bir tomondan qurgʻoqchilik va chang... shoʻrlab ketgan yerdan faqat saksovul oʻsadi. Shunday noqulay va tang bir sharoitda qoraqalpoqlar hech qachon bu qiyinchiliklardan noliganini eshitmadim.
Samolyotdan tushib, Qoʻngʻirotga yoʻl olganimizda shular haqida oʻylab ketayotgan ekanman, hamkasblardan biri “Qoraqalpogʻistonning hamma joyi shundaymi?” deya avtoulov oynasi ortidagi choʻl manzarasiga ishora qiladi. “Ha”, deyman.
Tez orada bunga oʻzi ham ishonch hosil qildi – bepoyon choʻlning adogʻi koʻrinay demasdi.
Detskiy sad v Karakalpakii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Jamiyat
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpogʻiston bogʻchalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Ha, Orol dengizida kemalar suzgan, tutilgan baliqlarga konserva zavodlarida tinimsiz ishlov berilgan vaqtlarda Qoraqalpogʻiston, albatta, boshqacha boʻlgan.
Mamlakatda uzoqni oʻylamay amalga oshirilgan qishloq xoʻjaligi siyosati va puxta rejasiz ishlab chiqilgan irrigatsiya tizimlari oxir-oqibatda Orol dengizining qurishiga va hududning ekologik fojeasiga olib keldi.
Bugun yuqorida qayd etilgan loyiha, ushbu fojealar oqibatlarini bartaraf etishga qatʼiy bel bogʻlagan.
BMTTDning Qoraqalpogʻistondagi vakili, loyiha rahbari Alisher Utemisovni savolga tutaman.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJenщina nabirayet pityevuyu vodu iz vodoprovoda
Jenщina nabirayet pityevuyu vodu iz vodoprovoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Jenщina nabirayet pityevuyu vodu iz vodoprovoda
Aytishicha, jamgʻarma aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, qishloq aholisining (kichik va oʻrta biznes, dehqon va fermerlar, tadbirkorlarni ) daromad topish va oʻz tijoratini yoʻlga qoʻyishini qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi.
Shu kungacha oʻn uchta tijorat-loyihalar qoʻllab quvvatlangan. Maqsad esa bitta – har bir tumanda namunaviy loyiha yaratish, toki qolganlar undan oʻrnak va ilhom olsin.

Yashil inqilob

Suvni tejaydigan texnologiyalarni integratsiyalash va qishloq aholisining amaliy bilim, koʻnikmalarini oshirish, qishloqdagi iqlim oʻzgarishiga moslashish – BMTTD amalga oshiradigan tadbirlarning muhim jihatlaridan biri.
Jamgʻarma yordamida Taxtakoʻpir tumanida tomchilab sugʻorish tizimi bilan jihozlangan issiqxonalardan biriga tashrif buyuramiz.
Issiqxonada ekinlarni parvarishlab yurgan agronom Shermuxammad aka Maxmudov bilan suhbat qildik. Fargʻonadan kelib shu yerda mehnat qilayotgan ekan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVыraщivaniye ogurtsov v Karakalpakstane
Vыraщivaniye ogurtsov v Karakalpakstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Vыraщivaniye ogurtsov v Karakalpakstane
10 sotix yerga issiqxona qurib, avval pomidor, mana endi bodring ekibdi. Har bir tup bodringdan 5-7 kilo, 10 sotix yerdan esa taxminan 8,5 tonna mahsulot olar ekan. Bundan tashqari, ekkan limonlari kelasi yildan hosilga kirishini aytadi.
– Sakkiz yoshga yetgan mahalda har bir daraxtdan 90 kilogacha limon olamiz, - deya aniqlik kiritadi Shermuhammad aka.
Shoʻr 10 sotix yerdan yerda qanday qilib 8,5 tonna mahsulot olayotganiga qiziqdik.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOgurtsы
Ogurtsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Ogurtsы
– Tabiiy oʻgʻit yer shoʻrini yoʻqotar ekan, shu yerga kelib koʻrdim, olayotgan hosilimdan koʻnglim toʻq!
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning dasturida Qoraqalpogʻistonda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun ixcham issiqxonalar qurib berish masalasi ham bor edi. Demak, tajriba bor, ommalashtirish qolgan, xolos.

Suv - bu hayot

Shuningdek, jamgʻarma tomonidan olis qishloqlarga suvni tozalaydigan uskunalar yetkazib berilgan. Suv taʼminoti tizimlari taʼmirlanmoqda.
Masalan, Qoʻngʻirot tumanida Markaziy kasalxona va 22-son poliklinikasining suv taʼminoti tizimi rekonstruktsiya qilingan. Boʻzatovdagi 2 va 8-sonli maktablarni ham ichimlik suv bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik vodoochistitelnoy stantsii
Sotrudnik vodoochistitelnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Sotrudnik vodoochistitelnoy stantsii
Taxtakoʻpir tumanida bir-necha aholi punktlarida suv taʼminoti tizimlari ishdan chiqqan edi, shular taʼmirlab berildi va 3491 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Hech kim dard oldida yolgʻiz emas

BMTning koʻngililaridan taʼlim olgan 400 nafar tibbiyot koʻngillilari ogʻir ekologik sharoitda yashayotgan Qoraqalpogʻiston aholisiga ijtimoiy tarmoqlar orqali koronavirus infektsiyasi va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda yaqindan koʻmaklashib kelmoqda.
Ularning orasida tibiy xodilari ham, oʻqituvchilar ham, qishloq fuqarolik yigʻinlari mutaxassislari, yoshlar va pensionerlar ham bor.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObщeniye s vrachom v Karakalpakstane
Obщeniye s vrachom v Karakalpakstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Obщeniye s vrachom v Karakalpakstane
– Bizga juda koʻp qoʻngʻiroqlar boʻladi… Biz oʻz navbatida Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari bilan maslahatlashamiz, maʼlumotlarni koʻngililarga taqdim etamiz. Qoʻldan kelguncha koʻmaklashamiz, maslahat beramiz, mutaxassis yuboramiz… Maqsadimiz, hech kim dard oldida yolgʻiz qolib ketmasin.

Inson taqdiri

Tugʻruqxonaga keldik.
Yaqinda oʻrnatilgan zamonaviy uskunalar, yaratilgan shart-sharotlar bilan tanishdik.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVrach
Vrach  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Vrach
Bir chekkada dam olib oʻtirgan onaxon bilan gaplashdim. Ismi Oltinoy ekan.
– Toshkentdan keldingizmi? Jurnalistmisizlar? – soʻraydi Oltinoy opa. - Nega bizda ishga joylashish qiyin? - deya savollarini davom ettiradi onaxon.
Oltinoy opaning dardi koʻp ekan. Oʻgʻli Toshkentda quruvchilikka oʻqib kelibdi, biroq ish topolmay, qoʻshni davlatga ish qidirib chiqib ketibdi.
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Jamiyat
Qoraqalpogʻistonda korruptsiya oʻtgan yilgiga nisbatan 2 barobarga oshgan
Aslida har bir inson taqdiri – millat taqdiri…
Oltinoy opaning dardi faqat uniki emas. Bu muammolarni bartaraf etish ustida oʻylanyapti, harakat qilinyapti…
Shu yil 21 sentyabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpogʻistonlik saylovchilar bilan uchrashib, mintaqani rivojlantirish, aholining farovonligini oshirish borasidagi bir qator dasturlar bilan oʻrtoqlashgan edi. Ularning orasida 160 mingdan ortiq ish oʻrinlari yaratish borasidagi rejalar ham bor.
Shubhasizki, ushbu ish oʻrinlaridan biri Oltinoy opaning oʻgʻliga nasib etajak!
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala