“Dunyo seskanib ketadi”. Ukraina NATOga qo‘shilsa nima bo‘ladi

© Sputnik / Mixail Markiv / Mediabankka o‘tishNatsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO)
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina NATOga qo‘shilsa, Rossiya buni o‘z milliy xavfsizligi uchun jiddiy xatar deb hisoblaydi. Urush boshlashga nima sabab bo‘lishi mumkin?
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Vashington Ukraina armiyasini qurollantirishda davom etmoqda, dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi doirasida.
Pentagon rahbari aytishiga qaraganda, AQSh rahbariyati Kiyevning NATOga qo‘shilish ishtiyoqini har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi – va hech kim bunga xalal berishga haqli emas. Moskva esa – buni “qizil chiziq”dan o‘tish deb hisoblaydi. Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiyaga qanday xavf tug‘dirishi mumkin?

“Qizil chiziq”

Lloyd Ostinning Ukrainaga tashrifi katta dabdaba bilan o‘tdi. Qo‘shni davlatning davlat OAVlari o‘z xursandchiligini yashirib o‘tirmasdan – endi Ukrainaning NATOga qo‘shilishi hal qilingan masala deb yozishdi. Lekin Pentagon rahbari ukrainaliklarga tayinli hech narsa va’da bermadi, faqat umumiy gaplar, suverenitetni va shimoliy atlantik intilishlarni qo‘llab-quvvatlash va ochiq eshiklar haqidagi gaplar aytildi xolos.
Boshqa tarafdan qaraganda, bu shunchaki xushmuomalalik tashrifi ham emasdi. Ostinning samolyoti kiyev aeroportiga qo‘nar ekan, Qora dengizda Rossiya chegara chizig‘i bo‘ylab AQShning ikkita B-1 strategik bombardimonchi samolyotlariuchib o‘tdi. Bu bilan ularning nima demoqchi bo‘lgani kundek ravshan edi: “Biz sizning chegaralaringiz yonida uzoq muddatga joylashib oldik”.
Na Vashington na Brussel Ukrainani NATOga qo‘shib olishni va’da bermayotgan bo‘lsa-da, Kreml bunday istiqbolga juda jiddiy munosabat bilan qaraydi. Yaqinda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Bu Rossiya milliy manfaatlarining qizil chizig‘ini qo‘pol ravishda buzgan bo‘lardi. Unda Moskva “o‘zini himoya qilish uchun eng faol choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi”, degan edi.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
AQSh va NATO harbiy infratuzilmasini MOda joylashtirish Rossiya uchun mutlaqo nomaqbul – RF TIV
Bunga Ukrainada ham darhol javob berishdi. TIV rahbari Dmitriy Kuleba “Ushbu mavzuda Moskvaning fikri Kiyevni qiziqtirmaydi” deb balandparvoz javob qaytardi. Unga rossiyalik senator Aleksey Pushkov “ushbu masala AQShning yevropalik hamkorlarini juda bezovta qilayotganini va G‘arbda hech kim yadroviy davlat bilan urush qilishni istamayotganini bildirdi. Umuman Ukrainaning NATOga qo‘shilisha G‘arbga muammodan boshqa hech narsa olib kelmaydi”.
Yevropada hech kim o‘z askarlarini Ukraina hududiga qurbon bo‘lish uchun yuborishni istamaydi. Ekspertlar yaqin kelajakda Ukrainani NATO qabul qilishlariga ishonmaydi. Rossiya Federeratsiya Kengashining Xalqaro qo‘mitasi a’zosi Vladimir Djabarov, aytishiga ko‘ra, Lloyd Ostin NATOga qabul qilishni jon-jahdi bilan talab qilayotgan Ukraina hukumatini biroz tinchlantirish uchun kelgan edi, xolos.
Lekin, ertami-kechmi Ukraina Shimoliy alyansga a’zo bo‘lishi mumkin. Amerikaliklar Ukraina armiyasini modernizatsiya qilish uchun juda ko‘p mablag‘ sarflashdi. Axir ular foyda bo‘lmasa - pul tikmaydi-ku.

Donbas masalasi

"Ukraina, Rossiya uchun darhaqiqat NATO kirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan “qizil chiziq”dir, - dedi harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov. — sabab oddiy: Ukraina xalqi rus xalqiga o‘xshash. Uning NATOga kirishi to‘laqonli fuqaro urushi uchun sharoit yaratadi.
Bu esa AQSh uchun juda asqotgan bo‘lardi. Pentagon Ukraina armiyasidan birinchi eshelon qo‘shinlarini allaqachon tayyorlay boshlagan. Rossiya bilan urush boshlangan taqdirda ular birinchi bo‘lib jangga kiradi va birinchilardan bo‘lib qurbon bo‘ladi. Aytishadi-ku “Vashington so‘nggi ukrain askari qolgancha kurashadi” deb.
Eksper aytishiga ko‘ra, agar Ukraina NATOga kirsa, uning g‘arbiy chegaralarida bir zumda G‘arb razvedkasi apparatlari paydo bo‘ladi va ular Rossiya hududining Uralgacha bo‘lgan qismida havo va quruqlikdagi vaziyatni monitoring qilib turadi. Undan tashqari amerikaliklar ushbu hududda Rossiyaning yirik shaharlariga yo‘naltirilgan o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalar joylashtiradi.
“Undan tashqari Donbass muammosi haida ham unutmaslik kerak, - deydi Sivkov. Ukraina NATOga qo‘shilgan taqdirda u yerdga G‘arb askarlari yetib kelishi mumkin. O‘shanda DNR va LNR mutlaq yakson qilinishi mumkin. Yoki Rossiya ularni himoya qiladi va G‘arb bilan mojaroga kirishadi.
Bunday vaziyatda Rossiya qo‘zg‘olonchi respublikalarni tan olib ularni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. G‘arba bundan juda xavotir olishmoqda. Undan tashqari, bunday vaziyatda G‘arbiy chegaralarni yanada mustahkamroq himoya qilishga to‘g‘ri keladi.
“Nima bo‘lsa ham, Ukrainaning NATOga kirishi - biz uchun katta xavf bo‘ladi. Uni rad etish mutlaq aqlsizlik”, - dedi Sivkov.
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak

Qoida yo‘q

Bugungi kunda Ukraina alyansga qo‘shilish uchun eng katta to‘siq – bu Donbassdagi urush bo‘lib qolmoqda. NATO nizomiga ko‘ra, hududiy, etnik va siyosiy mojarolarga ega bo‘lgan davlatlar alyansga a’zo qilinmaydi. Brusselda o‘tirganlar ham axmoq emas.
Ular hech bo‘lmasa ozroq rasmiyatchilikka muvofiq bo‘lish kerakligini tushunishadi. Boshqa tomondan qaraganda, xuddi shunday vaziyatda bir necha yil oldin amerikaliklar Kosovo mustaqilligini tan olishgan va Iroqq BMT ruxsatisiz kirib borishgan edi.
“Biz ayrim pozitsiyalarimizdan voz kechsak ham G‘arb bizga hech qanday imtiyoz bergani yo‘q, - deydi Harbiy fanlar akademiyasi rahbari Sergey Sudakov. — NATO shantaj qilishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin ular bizning Alyans bilan hamkorlik qilishda yordam berayotgan diplomatlarimizni quvishdi”.
Umuman Sovuq urush yilllarida shakllangan munosabatlar prinsipiga hozir amal qilinmayapti. Bugun faqat “kim kuchli bo‘lsa o‘sha haq” tamoyili amal qilmoqda. Ukraina bo‘lsa ana shu kuchli tomonga qo‘shilib olmoqchi, - deydi Sudakov.
Siyosatchi aytishiga ko‘ra, Rossiya hech bo‘lmasa o‘z milliy xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqishi kerak. Unda Rossiyaga nima xavf solishini va nimalar xavf solmasligini aniq ko‘rsatish kerak. Undan tashqari alohida e’tibor talab qilmaydigan narsalar (casus belli) ham aniq ko‘rsatilishi kerak. Ukraina NATOga qabul qilinganidan so‘ng Rossiyaga chegarasiga yaqin hudda amerikaning "Tomagavk" raketalari joylashtirilishi – urush boshlashgan asos bo‘lishi mumkin.
“Ushbu raketalar qanday jangovar bosh bilan jihozlanganini biz so‘nggi damga qadar bila olmaymiz, - deb tushuntiradi Sudakov. – Ular oddiy oskolka-fugasli yoki yadroviy ham bo‘lishi mumkin. Bizda dunyoda eng ilg‘or havo mudofaa tizimi bo‘lsa-da, bir necha ming “Tomogavk”lar bilan yoppasiga berilgan zarbani ushlab qolish amri mahol”.
Vaziyat jiddiy ekanini Rossiya Bosh shtabida ham yaxshi tushunishadi. G‘arbiy harbiy okrug kuchlari doimiy ravishda shtab-qo‘mondonlik o‘quv mashqlari o‘tkazib turishadi. Ularning asosiy yo‘nalishi – g‘arbdan berilgan zarbadan himoyalanish.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Putin: Rossiya va Ukraina ertami-kechmi munosabatlarni qayta tiklaydi
Yangiliklar lentasi
0