Oʻzbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz – MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIspolnitelnыy sekretar Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv Sergey Lebedev
Ispolnitelnыy sekretar Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2021
Sergey Lebedev Oʻzbekistonda saylov targʻibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini qayd etdi.
TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Oʻzbekistondagi prezident saylovi nafaqat mamlakat, balki butun MDH uchun juda muhim. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, kuzatuvchilar Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saylovning qanday oʻtishini kuzatmoqchi. Missiya vakillari allaqachon ayrim tumanlarda boʻlib, uchastkalardagi vaziyatni oʻrgangan.
U Oʻzbekiston qardosh mamlakat ekanini taʼkidladi. Shu bois MDH mamlakatlari uchun respublikadagi siyosiy vaziyat qanday borayotgani baribir emas.
“Biz hammamiz saylovning yuqori saviyada oʻtib, Oʻzbekiston xalqi munosib rahbarni tanlashi tarafdorimiz”, - dedi Sergey Lebedev.
Lebedev Oʻzbekiston Saylov kodeksi har saylovlarda takomillashib borayotganini qayd etdi.
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisining taʼkidlashicha, uzoq xorijiy mamlakatlarda saylovni qanday oʻtkazish kerakligi borasida saboq berishni juda yaxshi koʻrishadi. AQShda boʻlib oʻtgan oxirgi saylov ular boshqalarga dars berishga haqqi yoʻq ekanini koʻrsatgan.
Vыborы v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Toshkent shahridagi saylovchilar soni maʼlum boʻldi
“Biz saylovni Oʻzbekistonda ham, barcha MDH mamlakatlarida ham oʻzimizning ichki qonunchiligimizga binoan oʻtkazamiz. Ular aniq bir mamlakat va uning aholisi manfaatlariga javob beradi”, - dedi u.
Lebedev Oʻzbekistonda saylov targʻibot ishlari faol va tashkillashtirilgan holda olib borilayotganini urgʻuladi. Saylov uchastkalari va kommissiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilganini qayd etdi. Nomzodlar esa saylovchilari bilan uchrashib, oʻz dasturlari bilan tanishtirishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida roʻyxatga olingan.
Prezidentskiye vыborы v Uzbekistane — 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Infografika
Prezident saylovi: nomzodlar nima taklif qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala