Migratsiya

Moskva qurilishlardagi migrantlardan voz kecha oladimi – ekspert fikri

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishRabochiye na stroitelstve moskovskoy razvyazki
Rabochiye na stroitelstve moskovskoy razvyazki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Avvalroq Moskva hukumati kelajakda qurilishlardagi migrantlardan toʻliq voz kechmoqchi ekanini maʼlum qilgandi.
TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Moskva hukumati qurilishlardagi migrantlardan toʻliq voz kechmoqchi. Bu haqda shahar merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Andrey Bochkaryov maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, shahar maʼmuriyati allaqachon tegishli rejani ishlab chiqmoqda.
Amaldorning taʼkidlashicha, bu qaror ishchi kuchi yetishmasligi sabab yuzaga kelgan. Pandemiya sabab shahardan ishchilarning ommaviy ketishi kuzatilgan.
Rabochiy kladet kirpich - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Rossiya
Moskva hukumati kelajakda quruvchi migrantlardan voz kechmoqchi
Agar ilgari Moskvadagi qurilishlarda 120 mingga yaqin migrantlar mehnat qilgan boʻlsa, hozir shaharda ularning 40 minga yaqini qolgan. Qurilishlarda asosan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari mehnat qilishmoqda, deydi Bochkaryov.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bitim mavjudligini inobatga olib, Moskva yaqin kunlarda qurilishlardagi migrantlardan toʻliq voz kecha oladimi? Bu savolga mehnat migratsiyasi boʻyicha ekspert Dmitriy Ispovednikov Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
Ispovednikovning fikricha, hozir Moskva hukumati soʻnggi paytlarda Rossiyada kuzatilayotgan xorijlik ishchilarga boʻlgan salbiy munosabatni kamaytirishning turli imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda.
“Yaqin kunlarda past malakali mehnat pozitsiyasi dolzarbligicha qoladi. Mehnat optimizatsiyasi roʻy beradi – gap yangi texnologiyalar joriy etish va qurilishni mexanizatsiyalashtirish haqida bormoqda. Ammo qisqa muddatli istiqbolda bu pozitsiyalardagi xorijlik ishchilarning oʻrnini almashtirishning iloji boʻlmaydi”, - deydi ekspert.
Qolaversa, Moskva hukumati tashabbusi chet ellik ishchilarning tashkillashtirib olib kelishni rivojlantirishga turtki boʻlishi mumkin. Migratsiya oqimi faqat poytaxtda jamlanmasligi uchun ularni butun Rossiya boʻylab teng taqsimlash mumkin, deb hisoblaydi Dmitriy Ispovednikov.
“Bu loyihalar Uzoq Sharq federal okrugi, Sibir, Uralda joylashgan. Ular uchun xorijlik ishchi kuchi, jumladan, Oʻzbekiston bilan kelishuv asosida saralab olinadi. Ishchilar Rossiyaga kelishdan oldin malakaga oid test topshirishadi. Migrantlar uchun taʼlim loyihalari, misol uchun, rus tilidan dars berish ham rivojlanadi”, - dedi Ispovednikov.
Rabochiye na stroitelnoy ploщadke, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Migratsiya
Quruvchi-migrantlar reyestrini yaratish taklif etildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala