Jamiyat

Oʻzbekistonlik abituriyentlar KuzGTUga oʻqishga taklif qilinmoqda

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiAbituriyentы gotovyatsya sdavat vstupitelnыe ekzamenы
Abituriyentы gotovyatsya sdavat vstupitelnыe ekzamenы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.11.2021
Rossiya oliygohiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni ham masofadan turib, ham shaxsan kelib topshirish mumkin.
TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiya oliy taʼlimining konchilik yoʻnalishidagi yetakchi oliygohlaridan biri – T.F. Gorbachyov nomidagi Kuzbass davlat texnika universiteti (KuzGTU) – bakalavriat, spetsialitet va magistratura dasturlari boʻyicha oʻzbekistonlik talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Kuzbass davlat texnika universiteti – yetakchi sanoat sektorlari uchun kadrlarni tayyorlaydigan sohaviy universitet: koʻmir, kimyo va qurilish sohasi, iqtisodiyot, mashinasozlik va energetika.
2022 yilda xorijlik abituriyentlar hujjatlarini ham oliygohga kelib shaxsan, ham maxsus Internet platforma yordamida onlayn topshirishlari mumkin, deya maʼlum qildi KuzGTU xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Inna Pevneva.

“Kemerovoga kelib, hujjatlarni oliygoh qabul komissiyasiga shaxsan topshirish mumkin, yoki "Postupi onlayn" superservisi yoki bizning shaxsiy portalimiz orqali (https://abit.kuzstu.ru/registration) hujjatlarni yuklash mumkin. Agar abituriyent birinchi variantni tanlasa, unda u imtihonlarni oliygohda topshiradi. Agar hujjatlar Internet orqali topshirilsa, imtihonlarni masofadan turib topshirish kerak boʻladi”, - deydi Pevneva.

Uning soʻzlariga koʻra, portalda roʻyxatdan oʻtgandan va hujjatlar toʻplamini yuklagandan keyin abituriyentning shaxsiy kabinetida imtihonlar jadvali paydo boʻladi.
“Oflayn va masofaviy sinovlar bir vaqtning oʻzida boʻlib oʻtadi. Aksariyat imtihonlar yozma. Jarayonda talabgorning shaxsi identifikatsiya qilinadi, abituriyent soz boʻlgan kamera va mikrofonga ega boʻlishi kerak”, - deya taʼkidladi Pevneva.
Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarining vatandosh maqomini tasdiqlab, tanlovda byudjet oʻrni uchun qatnashishlari mumkin. Qolaversa, chet ellik abituriyentlar oʻzlari qiziqqan har qanday yoʻnalishga kontrakt asosida oʻqishga kirishlari mumkin.
Shuningdek, KuzGTU xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hozirda koronavirus tarqalishi xavfi sabab Rossiyaga kelayotgan xorijlik talabalar PZR testining manfiy natijasi yoki emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishlari shartligini taʼkidladi.
“Rospotrebnadzor tavsiyalariga koʻra, Rossiyaga kelayotganlar PZR usuli bilan ikki marta koronavirusga test topshirishlari shart – kelishidan oldin uch kundan koʻp boʻlmagan muddat va kelgandan soʻng 72 soat ichida. Agar natijasi manfiy boʻlsa, ular oʻqishni odatdagi rejimda boshlashlari mumkin. Hozir chet ellik talabalar Rossiyada emlanishlari mumkin, OTM bu imkoniyatni bepul taqdim etadi”, - deya tushuntirdi Pevneva.
Hozir KuzGTUda dunyoning 11 mamlakatidan boʻlgan 11 mingdan ziyod kishi, jumladan, 145 nafar oʻzbekistonlik talaba tahsil oladi. Oliygohda 538 nafar yuqori malakali oʻqituvchilar dars berishadi, ulardan 291 nafari fan nomzodlari, 77 nafari esa fan doktorlari.

“Universitetning zamonaviy tuzilmasi – bu yettita ilmiy-taʼlim institutlari: konchilik, energetika, kimyo va neftgaz texnologiyalari, qurilish, axborot texnologiyalari va mashinasozlik, iqtisodiyot va boshqaruv, professional taʼlim. KuzGTU oliy, oʻrta, qoʻshimcha professsional taʼlim, aspirantura va doktoranturaning 246 ta mutaxassislik va yoʻnalishlari boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, OTM tuzilmasiga 24 ta ilmiy laboratoriyalar kiradi, 14 ta ilmiy va ekspert markazlari, 9 ta ilmiy maktablar faoliyat yuritadi”, - deyilgan xabarda.

Universitet xabariga koʻra, oʻzbekistonlik talabalar orasidagi eng ommabop yoʻnalish – bu “Konchilik ishi”.
“Maktabni tamomlaganimdan keyin men Oʻzbekistonda kollejga oʻqishga kirdim va oliy maʼlumotni xorijda olaman deb qatʼiy qaror qildim. Mening KuzGTUda oʻqiyotgan tanishlarim menga bu oliygohni tavsiya qilishdi. Men ikki yil astoydil oʻqishga kirishga hozirlandim. Imtihonlarni – matematika, rus tili va fizika fanlaridan - Kemerovodagi universitetning oʻzida topshirdim va byudjetga oʻqishga kirdim, - deydi KuzGTUning “Mashinalar va kimyo ishlab chiqarish qurilmalari” taʼlim dasturining uchinchi bosqich talabasi Mirxalil Sagatov (Angren sh.).
Uning aytishicha, oʻqishdan maqsadi – yaxshi mutaxassis boʻlib yetishish: kimyo texnologiyalariga katta hissa qoʻshish, yangi asbob yaratish, va albatta, mavjudlarini yaxshilash.
Rossiyskiye flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Rossiya
Rossiyada bepul oʻqing: oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi
Oliygoh talabalarni ilmda va tadqiqotlarda faol qoʻllab-quvvatlaydi. Masalan, 2020 yilda uning tarkibida Sagatov qatnashgan jamoa KuzGTU institutlari orasida matematika boʻyicha muhandislik topshiriqlarini hal etishda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Bundan tashqari, u oligohning oʻqishdan tashqari hayotida ishtirok etib keladi. Joriy yilda uni “Orion” millatlararo doʻstlik klubining raisi etib saylashdi. Shuningdek, Sagatov “Plamya” talabalik markazida volontyorlik bilan shugʻullanadi, universtitetning “Tuda-syuda” KVN jamoasi aʼzosi hamdir.
Qolaversa, universitetda talabalar teatri, xoreografiya studiyasi, talabalar otryadlari, sport sektsiyalari va boshqalar bor. KuzGTUning Sheregesh togʻ-changʻi kurortida oʻzining bazasi bor. U yerda talabalar changʻi va snoubordda uchishlari mumkin.
“Talabalar va bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti va ishi uchun oliygohning “Oriyentir” markazi javob beradi. Muhandislik taʼlimini olgan 90 foizga yaqin bitiruvchilarimiz ishga joylashishgan; Rossiyaning eng yirik koʻmir kompaniyalariga kelayotgan mutaxassislarning 38 foizi KuzGTU bitiruvchilaridir”, - deya maʼlum qildi universitet matbuot xizmati.
OTMning strategik hamkorlari orasida AO "SUEK-Kuzbass", AO "SGK", XK "SDS", PAO "Koks", filial PAO "MRSK Sibiri – Kuzbassenergo – RES", PAO "Sberbank Rossii", PAO "KAMAZ", YevroXim, "BELAZ", Libherr, Becker, FANUK va boshqalar bor.
Shuningdek, hozir universitet Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, Turin politexnika universiteti, Navoiy davlat konchilik universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlik qiladi.
Filial Rossiyskogo ximiko-texnologicheskogo universiteta imeni D. I. Mendeleyeva (RXTU) v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala