Shavkat Mirziyeyev pribыl s ofitsialnыm vizitom v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2021
Shavkat Mirziyovning Rossiyaga tashrifi 2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 2021 yil 19 noyabrda boʻlib oʻtayotgan tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. Oliy darajadagi tashrif arafasida Rossiya va Oʻzbekiston rasmiy doiralari ishtirokida hududlararo hamkorlik forumi, taʼlim va media forumlari boʻlib oʻtdi.

VEB.RF OKMKga 712 mln yevro kredit ajratadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNachalo stroitelstva medno-obogatitelnoy fabriki na AGMK
Nachalo stroitelstva medno-obogatitelnoy fabriki na AGMK - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
Mablagʻlar Rossiyada ishlab chiqilgan uskunalarni sotib olish, shu bilan bogʻliq xizmatlar haqini toʻlashga yoʻnaltiriladi.
TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi arafasida qator iqtisodiy loyihalar ham imzolandi.
Xususan Rossiyaning VEB.RF davlat rivojlanish korporatsiyasi Oʻzbekistondagi eng yirik misni qayta ishlash zavodi - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun 712 million yevro miqdoridagi kredit shartnomasi imzolandi.
Ushbu mablagʻlar Olmaliqdagi yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3 - misni qayta ishlash zavodining qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq “Yoshlik I” konini oʻzlashtirishning birinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda. Kelajakda ushbu konni mavjud "Qalmoqqir" koni bilan birlashtirish koʻzda tutilgan.
Mednыy vek Almalыka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Infografika
Olmaliq mis boyitish fabrikasi haqida batafsil
Oʻshanda qoʻshma kon mis rudasi zahiralari boʻyicha dunyodagi eng yirik konlardan biriga aylanadi. OKMK maʼlumotlariga koʻra, MDH hududida birinchi marta bunday quvvatga ega zavod qurish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirish uchun Chili va Perudagi mis konlarida ana shunday ishlab chiqarish tizimlari oʻrganilgan.
Loyihaning 2-bosqichi ishga tushganidan soʻng rudani qayta ishlash hajmi yiliga 160 million tonnagacha oshirish rejalashtirilgan. 2028 yilga kelib katodli mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, OKMK 2028 yilgacha yiliga 270 tonna kumush va 50 tonna oltin ishlab chiqaradi.
Maʼlumot uchun, hozirda VEB.RF koʻmagida Oʻzbekistonda energetika, mashinasozlik, transport va qishloq xoʻjaligida umumiy qiymati 57,2 milliard rubl boʻlgan 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda. VEB.RF ning ishtiroki hajmi 36,8 milliard rublni tashkil etadi.
Olmaliq KMK Oʻzbekistondagi yagona mis ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Respublikada ishlab chiqarilgan kumushning qariyb 90 foizi, oltinning 20 foizi ham kombinat hissasiga toʻgʻri keladi.
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda yangi mis boyitish fabrikasiga tamal toshi qoʻydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala