Shavkat Mirziyeyev pribыl s ofitsialnыm vizitom v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston
16 Material

Shavkat Mirziyovning Rossiyaga tashrifi 2021

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga 2021 yil 19 noyabrda boʻlib oʻtayotgan tashrifi uzoq vaqtdan beri kutilayotgan edi. Oliy darajadagi tashrif arafasida Rossiya va Oʻzbekiston rasmiy doiralari ishtirokida hududlararo hamkorlik forumi, taʼlim va media forumlari boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi oldidan ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Moskvada 18 noyabr kuni uchrashishdi. .
Oʻzbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi doirasida ikki davlat orasida turli sohalarda hamkorlik qilishga doir 18ta shartnoma va kelishuvlar imzolanishi maʼlum boʻldi.
Jumladan, Xalqaro yadroviy va radiatsion xavfsizlik toʻgʻrisida shartnoma, Biologik xavfsizlikni taʼminlash memorandumi, Axborot xavfsizligi toʻgʻrisidagi shartnoma, Qurilish, energetika, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma va bobshqalar.
Undan tashqari TIV rahbarlari uchrashuvida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2022-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga koʻra ushbu shartnoma Rossiya va Oʻzbekistonning xalqaro maydonda ham umumiy ham milliy ustuvorliklarini olgʻa surish boʻyicha harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Abdulaziz Kamilov aytishiga koʻra, bugungi kunda Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari hamkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha misli koʻrilmagan yuqori darajaga koʻtarilgan. Boʻlib oʻtishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuv oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ochish va turli sohalarda aniq vazifalarni belgilish uchun xizmat qiladi.
yana ta material
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala