O‘zbekiston davlat qarzi 1,1 mlrd $ga oshib, 25,3 mlrd $ dollarni tashkil etdi

© Depositphotos.com / SelensergenPachki dollarov
Pachki dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston davlat qarzi 2021-yil 1-oktabr holatiga 25,3 mlrd $ni tashkil etmoqda. Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,4 %gacha pasaydi. Bu haqda Moliya vazirligining 3-chorak bo‘yicha davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida qayd etildi.
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
O‘zbekiston umumiy tashqi qarzi 6%ga o‘sdi - MB
Davlat tashqi qarzi o‘tgan chorak bilan taqqoslaganda 939,8 mln $ga oshgan — 22,7 mlrd $ga yetgan (YaIMga nisbatan 34,4 %). Ushbu mablag‘larning 16,3 mlrd $ O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz bo‘lsa, 6,4 mlrd $ O‘zbekiston kafolati ostida jalb qilindi.
Davlat ichki qarzi qoldig‘i 2021-yil iyul-sentabr oylarida 173,6 mln $ga oshgan — 2,6 mlrd $ga yetgan (YaIMga nisbatan 4 %). Ushbu mablag‘larning 4 trln so‘mi davlat qimmatli qog‘ozlari, 2,2 milliard $ davlat kafolatlagan va ichki majburiyatlar bo‘yicha budjetdan qaytarilgan qarz hisoblanadi.
Iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ining 1,1 mlrd $ga oshishiga, asosan, davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi natijasida qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi bilan birga 356,4 mln $ miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi sabab bo‘ldi. Natijada:
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
O‘zbekiston davlat qarzi qariyb 860 mln dollarga ko‘paydi
· O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 897,6 mln $ga oshdi;
· davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 42,2 mln $ga oshdi;
· davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 102,2 mln $ga oshdi;
· O‘zbekiston Respublikasi nomidan 1,19 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) emissiya qilinishi va 407,2 mlrd so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 789,2 mlrd so‘mga oshdi.
“Joriy yilboshidan kuzatilayotgan davlat qarzining YaIMga nisbati pasayish tendensiya, asosan, davlat qarzini xavfsiz darajada saqlash va unisamarali boshqarish borasida amalga oshirilayotgan prudensial choralar, yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’atlari oshishi bilan izohlanadi”, - deyilgan hisobotda.
2021 yil 1-oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va kafolati ostida umumiy qiymati 2 740,9 mln $ miqdoridagi 19 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.
Shundan:
- budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan davlat tashqi qarz bitimlari hajmi – 1,2 mlrd $;
- sog‘liqni saqlash, aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlash, chorvachilik, kimyo sanoatini rivojlantirish va boshqa muhim ijtimoiy va strategik ahamiyat kasb etuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun imzolangan tashqi qarz bitimlari hajmi – 1 349,3 mln $;
- O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari – 191,6 mln $.
Yangiliklar lentasi
0