Dunyoda

COVID-19ga qarshi innovatsiyalar: Moskva Yevropada birinchi oʻrinni egalladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishProxojiye v maskax na Krasnoy ploщadi v Moskve
Proxojiye v maskax na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Moskva COVID-19ga qarshi kurashda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi oʻrinni egalladi.
TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Moskva koronavirusga qarshi kurashishda yordam beruvchi innovatsiyalar reytingida Yevropa shaharlari orasida birinchi oʻrinni egalladi. U London va Barselonani ortda qoldirdi.
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Rossiya
Omikron: PTSR-testining amal qilish muddati 48 soat - Rospotrebnadzor
Dunyo megapolislari orasida Rossiya poytaxti - San-Frantsisko va Nyu-Yorkdan keyin uchinchi oʻrinda. Kuchli beshlikni Boston va London yakunlaydi. StartupBlink xalqaro tadqiqot agentligi reytingni tuzdi.
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda qoʻllaniladigan 160ga yaqin ilgʻor yechimlar Moskvaga yuqori koʻrsatkichlarga erishishga yordam berdi.
Ular orasida sunʼiy intellekt asosida kompyuter koʻrish algoritmlari. Bu usul allaqachon rentgenologlarga 3 milliondan ortiq tadqiqotlarni tahlil qilishga yordam berdi.
Yana bir innovatsion yechim – bemorlar, shifokorlar, tibbiyot tashkilotlari, sugʻurta kompaniyalari, farmatsevtika sanoati va veb-saytlarni bogʻlaydigan platforma. Pandemiya davrida fuqarolarning hayotini moslashtirishga yordam beradigan texnologiyalar hissa qoʻshdi. Bular aqlli turizm, elektron tijorat va logistika, shuningdek, masofadan ishlash va onlayn taʼlim sohasidagi loyihalar.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Dunyoda
The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi
StartupBlinkagentligi ekspertlari Moskvada koʻrilgan chora-tadbirlarni epidemiologik koʻrsatkichlar va iqtisodiyotga taʼsiri nuqtai nazaridan baholadi.

Moskva tajribasi

Koronavirusga qarshi kurashda Moskva haddan ortiq choralardan voz kechdi. Profilaktikaga eʼtibor qaratildi: bepul ekspress-test va emlash punktlari soni koʻpaytirildi, oʻqitish uchun onlayn dasturlar va platformalar patentlandi, teletibbiyot imkoniyatlari rivojlantirildi.
Pandemiya davrida Moskva sogʻliqni saqlash tizimi yetarlicha resurslar zaxirasini toʻpladi, bu hatto COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori choʻqqisi davrida ham rejali va shoshilinch yordamni toʻxtatmaslik imkonini beradi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Rossiya
Putin yangi shtammning dunyo iqtisodiyotiga ehtimoliy taʼsirini baholadi
Poytaxt subsidiya va imtiyozlar berish orqali biznesni qoʻllab-quvvatlamoqda. Bu yilda 25 mingga yaqin kichik va oʻrta biznes subʼyektlari qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlaridan foydalandi.

Reyting qanday tuziladi

Reyting koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha innovatsion yechimlar global xaritasi asosida tuzildi va dunyoning 100 ga yaqin yetakchi shaharlari va 40 ta davlatini baholadi. Global xarita 2020 yil mart oyida tuzildi va yil davomida unga mingdan ortiq yechimlar qoʻshildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala