Jamiyat

Andijon davlat chet tillar instituti – prezident qarori

© Sputnik/Viktor TolochkoPismennыy nabor glavы gosudarstva
Pismennыy nabor glavы gosudarstva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2021
“Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori umumiy muhokamaga qoʻyildi.
TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. “Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2018
Jamiyat
Samarqandda yangi institut tashkil etildi
Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilash koʻzda tutilmoqda:
mehnat bozori talablariga mos malakali, chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash;
yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasasalarining chet tillar boʻyicha zamonaviy taʼlim texnologiyalari, ilgʻor va innovatsion tajribalarini qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish;
chet tillar boʻyicha milliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash hamda ularni muntazam yangilab borish;
taʼlim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar va onlayn texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;
Otkrыtiye novogo zdaniya SamMI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Jamiyat
Samarqandda Tibbiyot institutining hashamatli yangi binosi ochildi
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual taʼlim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq taʼlim dasturlarini shakllantirish;
xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash.
2024 yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar chet tili oʻqituvchilarini Institut oʻquv jarayoniga jalb etish koʻzda tutilmoqda.
2026 yilga qadar Institutning xorijiy tilda dars oʻtadigan professor-oʻqituvchilarini chet tillarni bilish boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlish choralari koʻrish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala