07:44 16 Iyun 2019
Efir
  • RUB131.33
  • EUR9652.52
  • USD8518.68
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev

Yangi qiyofadagi Toshkent: Mirziyoyev Oʻzbekistonni qanday oʻzgartirmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev
Analitika
Havola olish
Gevorg Mirzayan
208840

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni islohotlar yoʻlida olib borishni davom etmoqda. Bu islohotlar keraksiz inqilobga olib kelmaslik uchun prezident mamlakatni asta-sekin bilan, tizimli tarzda boshqarmoqda.

2018 dekabrda Osiyo jurnalistlar uyushmasi Shavkat Mirziyoyevni “siyosat”  nominatsiyasi boʻyicha yil odami deb eʼlon qildi.

Osobennoye vnimaniye rukovodstvo udelyayet podgotovke programm po obmenu studentami
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelishi bilan respublikani jiddiy oʻzgarishlar yoʻli boʻyicha olib bormoqda. Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki yil ichida fuqarolarni konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash va hayotlarini yaxshilashga qaratilgan 90 ta qonun va 2 mingdan ortiq qaror va farmonlar qabul qilindi.

Otlar yordamga muhtoj

Albatta, prezident asosiy eʼtiborni iqtisodiyotga, undagi – xususiy tadbirkorlarga qaratmoqda.

Prezident oʻzi aytganidek, biznes – bu sigir emas, u ogʻir aravani sudrayotgan otdir.

Mantiqan, bu otga yangi yukni osib qoʻyish kerak emas, aksincha, unga milliy iqtisodiyotni oldinga tortishga koʻmaklashish zarur. Bu bilan Mirziyoyev shugʻullanmoqda.  

Valyuta liberalizatsiyasi oʻtkazilgandan keyin mamlakat hukumati ishbilarmonlardan boshqa cheklovlarni olib tashlamoqda.

Xususan, 2019 yilda tashqi savdo uchun ruxsatnoma olish bekor qilinadi, shuningdek, xususiy kompaniyalar oʻrtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish tartibotlari jiddiy soddalashtiriladi. Bundan tashqari, prezident xorijdan investitsiyalarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Salohiyatli sherik sarmoyadorlarga shaffoflik va daromad olish vaʼda qilinmoqda.  

Buning natijasida Oʻzbekistonning koʻp tarmoqlarida ulkan ishlar boshlandi. Masalan, uy-joy qurilishi boʻyicha sovet davri darajasiga chiqildi.   

“Sovet Ittifoqining eng yaxshi davrida Toshkentda 1 million kv. m., Oʻzbekistonda – 5 million kv. m. turar uy-joy foydalanishga topshirilgan. Yil hali yakuniga yetmadi, biz bu koʻrsatkichlardan oshib oʻtdik”, - deb taʼkidladi 22 dekabrda bosh vazir Abdulla Aripov.

Nihoyat, prezident tashqi savdo tuzilmasini qayta shakllantirishga kirishdi.

Ekspertlar, anchadan berish mamlakat nafaqat xom ashyoni, balki qayta ishlangan mahsulotlarni olib kirishi zararligi taʼkidlab kelishgan. Ayniqsa qishloq xoʻjalik sohasida.

“Keyingi yil tekstil sanoati 1,9 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishi kerak. 2020 yildan boshlab esa bir kilo paxtamizni chetga sotmaymiz. Hammasini oʻzimizda qayta ishlaymiz”, - dedi Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda bir yilda 3,5 million tonna paxta xom ashyosi va 1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi.

Bu xorij ishbilarmonlari va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholandi.

Dekabrda eng nufuzli Fitch va Standard & Poor’s agentligi Oʻzbekistonga ilk bor suveren kredit reytinglarini berdi. Uzoq muddatli "BB-" va qisqa muddatli - "B".

Koʻproq pul – koʻproq erkinlik

Iqtisodiy islohotlarni siyosiy islohotlardan ajratgan holda olib borilmaydi. Koʻp oʻtmishdagi rahbarlar siyosiy va ijtimoiy masalalarni parallel ravishda rivojlantirmasdan iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga urindi. Bunga eng yorqin misol - Eron shoxi.

Boshqalar esa gaykalarni tezroq burashgan. Amalda esa koʻp joylarda, ikkala usul (kurs) ijtimoiy gʻalayonlar va inqiloblarga olib keldi.

Oʻzbekiston prezidenti bu tajribani hisobga olmoqda. "Shavkat Mirziyoyev – Gorbachev emas. Unda, Gorbachevdan farqli ularoq, aniq reja bor", - deydi mashhur rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov. Bu reja mamlakatning ijtimoiy-siyosiy haytini asta-sekin liberalizatsiya qilishdan iborat.

Tabiiyki, prezident ayrim amaliyotlardan qutulishga urinmoqda. Shunday qilib, mamlakatda ”ekstremistlar qora roʻyxati” deb nomlangan masala nihoyat hal qilindi.

Boshida Mirziyoyev bu roʻyxatlar mavjudligini tan oldi, keyin dekabr oyi boshida roʻyxatdan 20 ming kishini chiqarib tashlanganligini maʼlum qildi. Shu oy yakunida esa bosh prokurorning oʻrinbosari Erkin Yoʻldoshev bunday amaliyot bekor qilinishi haqida gapirdi.

Bundan tashqari, mamlakatda viloyat va mahalliy hokimiyat rahbarlari almashtirildi.

“Islohotlar albatta eskicha yashash, eskicha ishlashga oʻrganib qolgan ayrim mansabdorlarga yoqmaydi. Buniyam ochiq aytishimiz kerak. Chunki oʻzgarish, yangilanish ularning tinchi va oromini, huzur-halovatini buzadi. Lekin hayot davom etar ekan, hayot talabi boʻlgan islohotlar ham izchil davom etishi muqarrar. Bu haqiqatni va talabni barcha darajadagi rahbarlar chuqur anglab olishlari zarur”, - dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Albatta oʻzgarishlar aholi bilan muloqotsiz amalga oshirib boʻlmaydi. Ular oʻz muammolari haqida hokimiyatga maʼlum qilish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.

Prezidentda virtual qabulxona mavjud. 2018 yil 20 apreldan internetda "Mening fikrim" sayti ishlamoqda. Unda oʻzbekistonliklar turli masalalar boʻyicha shikoyat va takliflarni bildirishlari mumkin.

Agar bu petitsiyalar yetarli miqdorda ovoz toʻplasa (tuman xalq deputatlari uchun – 1000, viloyat uchun – 5000 va parlament uchun – 10 000) ular koʻrib chiqish uchun davlat organlariga yuboriladi.

Nihoyat, samarali tashqi siyosat barqarorlikning eng muhim omili hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveщaniye po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Maʼlumki, islohotlar tinchlik va osoyishtalikni talab qiladi, bunga ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida erishish oson emas.

Biroq Mirziyoyev bunga erishishga harakat qilmoqda – shuning uchun Toshkent tinchliksevar va koʻp vektorli siyosatni amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda va shu vaqtning oʻzida barcha qudratli davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.

Aynan shuning uchun Toshkent Xitoy bilan yaqin iqtisodiy, AQSH bilan siyosiy, Rossiya bilan harbiy-siyosiy munosabatlarni parallel ravishda olib bormoqda.

Bu turli tsivilizatsiya loyihalari orasida joylashgan mamlakat uchun juda toʻgʻri yondashuv.

Asosiy mavzular