23:34 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Analitika
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
1264 0 0

Xitoydan tarqalayotgan koronavirus tufayli yuzaga kelgan murakkab vaziyatga qaramay, qator mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarani yopmadi. OIM MTU jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti professori Aleksey Maslov buni boisini iqtisodiyotga bogʻlamoqda

Ekspert soʻzlariga koʻra, XXRdan keladigan turistlar haqida gap borganida, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar iqtisoditiyoga sezilarli taʼsir oʻtkazadigan biznes-safarlarni ham hisobga olish joiz. Sababi, MO davlatlarining aksariyati Xitoydan keladigan investitsiyalarga ehtiyojmand.

"Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, safarlarning aksariyat qismi ushbu mamlakatga oʻzlariga qiziq boʻlgan infratuzilma, obʼyektlar, korxonalar bilan tanishish maqsadida tashrif buyuradigan biznes vakillariga toʻgʻri keladi. Shu munosabat bilan mavjud investitsiyalar oqimini qoʻldan boy berib qoʻyish xatari mavjud. Misol uchun, oʻsha Oʻzbekistonni misol keltiradigan boʻlsak, agar Xitoy bilan chegara toʻliq yopiladigan taqdirda, mamlakat milliard dollarlarni yoʻqotishi mumkin. Pekin va xitoy kapitallari taʼsir kuchi shunchalikki, moliyalashtirishni yopadigan boʻlsa, XXR MO mamlakatlari iqtisodiyotini sindirishi mumkin", - deb taʼkidladi Maslov Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, ekspert fikricha, Oʻzbekiston u yoki bu maʼnoda Xitoyning minglab fuqarolariga butun dunyo boʻylab harakatlanish imkonini beradigan eng markaziy va muhim tranzit uzellaridan biri hisoblanadi. Mamlakatga kirishni chegaralash yoki hammani karantinga yuborish tranzit tashuvlarda sezilarli oʻzgarishlar va harajatlarni yuzaga keltiradi.

Ayni vaqtda, JSST maʼlumotlariga koʻra, rasmiy nomi COVID-19 boʻlgan virusga chalinganlar soni birgina Xitoyning oʻzida 75 mingdan oshgan, yana mingdan ortiq bemorlar dunyoning 26ta davlatida qayd etilgan. Xavfli kasallik qurbonlari soni 2,2 mingdan oshib ketgan.

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlik boʻyicha bironta holat qayd etilmadi. Xitoydan olib kelingan respublika fuqarolari profilaktika karantinini oʻtadilar va ularga uyga javob berilgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular