10:03 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
160630

Oʻzbekiston avtomobilsozligi jadal rivojlanmoqda. Joriy yilda yana ikkita zavod ochish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri Xitoyning Oshan rusumli avtomobillarini, ikkinchisi esa Volkswagen Caddy avtomobillarini ishlab chiqaradi.

Bu Markaziy Osiyoda avtomobilsozlik sohasida peshqadamlik mavqeini bosqichma-bosqich mustahkamlayotgan Toshkent uchun ahamiyatli voqeadir.

Navoiydagi birinchi zavod yiliga 30 ming, Jizzaxdagi ikkinchi zavod esa yiliga 20 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. Shu bilan birga, UzAuto Motors ham yiliga 300 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Oʻzbekiston uchun avtomobil zavodlari soni koʻp emasmi, ularning savdosi qanday amalga oshiriladi?

Taʼkidlash joizki, yirik ishlab chiqaruvchilar biror bir davlatda yangi loyihaga sarmoya kiritishga qaror qilishdan oldin bozorni sinchkovlik bilan oʻrganishadi, rentabellikni hisob-kitob qilishadi. Mabodo, ikkita yirik avtomobil kontsernlari Oʻzbekistonda zavod qurishga qaror qilgan ekan, bu ular shu ishni maqsadga muvofiq, deb topishganini anglatadi.

Oʻzbekiston bozori toʻyinmaganligi aniq

Taʼkidlash kerak boʻlgan birinchi jihat: Oʻzbekiston bozori toʻyinganlik bosqichidan hali ancha uzoqda, mamlakat avtomobillashtirish nuqtai nazaridan baʼzi qoʻshnilaridan ancha orqada.

Oʻzbekiston har 1000 kishiga 237 dona avtomobil koʻrsatkichiga erishishi uchun (taqqoslash uchun, Qozogʻistonda har 1000 kishiga 250 ta mashina toʻgʻri keladi), respublika avtoparkini qariyb 8 million donaga koʻpaytirish kerak. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda avtomobillar savdosi nisbatan pastroq boʻlib, 2018 yilda 139,9 mingta, 2019 yilda esa 190,2 ming donani tashkil etdi.

Buning sabablari juda oddiy. Birinchidan, Oʻzbekiston bozori yuqori bojlar va QQS bilan chet el avtomobillari uchun deyarli yopiq. Hukumat ichki bozorni liberallashtirish uchun muayyan choralarni koʻrayotgan boʻlsa-da, uni toʻliq ochishni xohlamaydi, chunki u yuqori maoshli ishchi oʻrinlarini taʼminlaydigan oʻz avtomobilsozlik sanoatiga zarar yetkazishni istamaydi.

Ikkinchidan, avtomobillarning asosiy ishlab chiqaruvchisi - UzAuto Motors toʻliq quvvat bilan ishlamaydi, ishlab chiqarib oʻzining loyihaviy quvvatining qariyb 90 foizini tashkil etadi va shu bilan birga avtomobillarning bir qismini eksport qiladi.

Uchinchidan, Oʻzbekistonda avtomobillar narxi Rossiya yoki Qozogʻistonga qaraganda ancha yuqori. 2020 yil mart oyida UzAuto Motors narxlarni qayta koʻrib chiqib va deyarli butun rusumlar uchun narxlarni 15-20% ga oshirdi. Narxlarning oshishi potentsial xaridorlarning keskin noroziligini keltirib chiqardi va hatto sotib olishdan voz kechish fleshmobiga olib keldi, yaʼni bu avtomobil ishlab chiqaruvchisini boykot qilish kampaniyasiga.

UzAuto Motors nima uchun bunday qilayotganini batafsil tahlil qilmaylikda, buni shunchaki fakt sifatida qabul qilaylik. Bozorning toʻyinmaganligi va asosiy ishlab chiqaruvchi bilan bogʻliq baʼzi muammolar, boshqa avtokontserlarni Oʻzbekiston bozoriga kirishga urinishlariga jiddiy sababdir.

Raqobatning kuchayishi

Menimcha, Oʻzbekiston avtobozorining rivojlanishidagi asosiy tendentsiya avtomobil ishlab chiqaruvchilarining oʻsib borayotgan raqobati boʻladi - aslida uni qayta taqsimlash uchun raqobatda.

Bir qator tahliliy hisobotlarga koʻra, talab yetarli darajada qondirilmagan bir qancha istiqbolli yoʻnalishlar mavjud.

Birinchisi - bu katta shaharlarda, birinchi navbatda Toshkentda badavlat isteʼmolchilar tomonidan talab qilinadigan yuqori sinfli avtomobillar. Ushbu mashinalar, shuningdek, transport vositalarini sotib olishlari kerak boʻlgan, ammo import qilingan qimmatbaxo avtomobillarni sotib ololmayotgan davlat idoralarida ham qiziqish uygʻotmoqda. Koʻrinishidan, Oshan Xitoy-Avstriya brendi ishlab chiqaruvchisi ushbu yoʻnalishni egallamoqchi. UzAuto Motors jang obormoqchi va ushbu sinfdagi avtomobillar qatorini yangilashi toʻgʻrisida eʼlon qildi.

Ikkinchi yoʻnalish, va juda istiqbolligi, - kichik va oʻrta biznes uchun avtomobillar. Ular Oʻzbekistonda deyarli ishlab chiqarilmagan, ular mamlakatga juda oz miqdorda olib kelingan. Volkswagen nisbatan arzon, ammo ishchan mashinalarga muhtoj xaridorga umid qilmoqda. Ishlab chiqaruvchi taksi sifatida ishlatilishi mumkin boʻlgan yoʻlovchi tashuvchi universalni, shuningdek biznes tomonidan juda talab qilingan yuk fkrgonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Rossiyada ushbu komplektatsiyadagi avtomobillar koʻpincha tovarlarni yetkazib berish uchun ishlatiladi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan

Eng arzon va ommabop avtomobillar segmentida hozircha hech qanday oʻzgarish yoʻq. Kontsernlar mashina sotib olish uchun puli boʻlgan isteʼmolchining eʼtiborini jalb qilish uchun raqobatlashadi. Oʻzbekiston avtomobil bozorida yangi kontsernlar joriy holatni oʻzgartirib konservativ yoʻnalish boʻyicha yetakchilikka daʼvo qilmoqchi emaslar. Yiliga 20-30 mingta avtomobilni maqbul narxlarda deyarli har qanday sharoitda sotish mumkin. Ammo kelajakda yangi mashinalar mavjudlarga qaraganda yaxshiroq va arzonroq namoyon qilsa, vaziyat oʻzgarishi mumkin.

Volkswagen yaxshi imkoniyatlarga ega: bu yiliga 10 million donagacha ishlab chiqarish quvvatiga ega va turli xil modellarni ishlab chiqarishda katta tajribaga ega yirik avtomobilsoz. Uning Oʻzbekiston bozoriga kirishini tajriba sifatida koʻrish mumkin. Agar u muvaffaqiyatli boʻlsa, bu kontsern sobiq peshqadamni bir necha yil ichida chetga chiqarib qoʻyishi mumkin.

Va eksport haqida

"Oʻzavtosanoat" AK hisobotiga koʻra, 2019 yilda 271 ming dona ishlab chiqarish sharoitida avtomobil eksporti 14 740 mingtagacha oshdi. Eksport ulushi ishlab chiqarishdan 5,4 % tashkil qildi. Taʼminotning deyarli yarmi Rossiyaga toʻgʻri keldi.

Boshqa yoʻnalishlar orasida: Qozogʻiston, Afgʻoniston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Ukraina va hatto Afrika. Bundan tashqari, avtomobil butlovchi qismlarining eksporti ham oʻsdi: faralar, shtamplangan payvandlanuvchi qismlar, akkumulyatorlar, isitish va shamollatish tizimlari qismlari, plastik qismlar - asosan Rossiya Federatsiyasiga.

Eksport zamonaviy avtomobilsozlik sanoatining ajralmas qismi boʻlib, koʻplab mamlakatlarda eksport mahsulotlarining ulushi yuqori; masalan, Turkiya oʻz avtomobil mahsulotlarining 80 foizigacha eksport qiladi. Chet elga taʼminot shuningdek valyuta tushumini ham beradi.

Oʻzbekiston juda noqulay transport joylashuviga ega va transport harajatlari yuqori boʻlgani sababli butun dunyoga avtotransport mahsulotlarini yetkazib berish qiyin. Ichki bozorda bu mahsulotga bir muncha ishonchsizlik mavjud.

Chet el avtomobillari oqimidan bozorni himoya qilish boʻyicha qattiq protektsionistik choralar buni amalga oshirishga imkon beradi. UzAuto Motors avtomobillariga deyarli boykot eʼlon qilinishiga olib kelganbu tendentsiya salbiydir, bu esa kompaniya mijozlarning ishonchini yoʻqotishi mumkinligini anglatadi.

Eksport qiziqarli va shu kungacha Oʻzbekiston bozori uchun kurashda kam eʼtiborga olingan jihatni namoyon qiladi. Bozorning toʻyinmaganligi va haridorlarning noroziligi sharoitida avtomobil butlovchi qismlarining samarali va arzon logistikasini tashkil egan yoki maqbul narxlar bilan mahalliylashtirishning yuqori darajasiga yetishgan kontsern, kutilmaganda, yetakchiga aylanishi mumkin. Bu aynan kim boʻlishini vaqt koʻrsatadi.

Asosiy mavzular