03:00 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
100710

Hozir kim nima deyishidan qatʼiy nazar Xabarovskdagi ommaviy noroziliklar deyarli barcha uchun kutilmagan voqea boʻldi

Pyotr Akopov

Hozirda kim nima deyishidan qatʼi nazar Xabarovskdagi ommaviy noroziliklar deyarli barcha uchun kutilmagan boʻldi. Gubernator Sergey Furgal nega hibsga olingani haqidagi bashoratlar (goʻyo buyurtma qotilliklarda gumonlanish holatlari oʻta noyobdek — ex-ha, axir bizda hamma gubernotorlar oʻz vaqtida kimnidir oʻldirgan, bundan hamma xabardorku), oʻz oʻrnini Xabarovsk va oʻlkaning boshqa shaharlari aholisi koʻchalarga nega chiqishgani sabablari muhokamasiga boʻshatib berdi.

"Odamlarni Moskvaning ularning tanloviga boʻlgan jirkanishi qattiq jahllantirdi - federal hukumatga boʻlgan ishonchsizlik Rossiyani katta muammolar, xususan, separatizmga roʻbaro qilishi mumkin! Laʼnati Putin mamlakatni shungacha olib keldi - quv uni, Xabarovsk Kremlga qarshi umumilliy inqilobning debochasiga aylansin!" — rejimga qarshi kurashayotgan xoh Moskva, xoh chet elda sezilarli jonlanib qolgan oppozitsiyaning gap-soʻzlari deyarli shunday yangramoqda. "Bu Furgal jamoasi tomonidan moliyalashtirilayotgan noroziliklar: lavozim va ozodlikdan mahrum boʻlishdan qoʻrqishyapti va shu bois odamlarni koʻchalarga olib chiqishmoqda, ularni boshini aylantirishmoqda!" — deya taʼkidlamoqda boshqalar va separatistik tendentsiyalarni hali kurtaklik vaqtidayoq yanchib tashlashga chaqirishmoqda. Ammo Xabarovskda, xuddi Uzoq Sharqda singari separatizm yoʻq - unda nima bor?

Rossiyaning qolgan qismidan yulinib, chekkalanib qolganlik tasavvuri bor. Uzoq sharqliklar hamisha oʻziga xoslik hissiyoti bilan yashashgan: qayerdadir chegaraga yaqinligi, qayerdadir murakkab hayot sharoiti, mamlakatning gʻarbiy qismidan odamlarning tinimsiz koʻchib kelishi oʻz rolini oʻynagan. Mintaqaning bir qismi Rossiya tarkibiga bir yarim asrdan sal ziyod vaqt ilgari qoʻshilgani haqida aytmasa ham boʻladi. Ammo bu oʻziga xoslik vatanparvarlik bilan oʻzaro uygʻun edi, zero mintaqada mudofaa korxonalari va harbiy shaharchalar soni koʻp. SSSRning barham topishi Uzoq Sharqqa juda qattiq zarba berdi: iqtisod va hayot tarzi darz ketdi, davlat yupunlashib qoldi, odamlar koʻchib keta boshladi. Oʻtgan 25 yil oraligʻida mintaqa aholisi soni 2 millionga qisqardi. Hozirda, mamlakatning 40 foizini tashkil etuvchi Uzoq sharq federal okrugida jami sakkiz million kishi istiqomat qiladi -  ularning hayot tarzi juda yaxshi, deb aytib boʻlmaydi.

Shu bilan birga mintaqa boy va aql bovar qilmas darajada istiqbolli — XXI asrda mamlakatning eng shiddat bilan rivojlanuvchi mintaqasi nomini olishga loyiq. Nega deganda Rossiya Sharqqa burilmoqda — XXI asrning eng muhim voqealari roʻy beradigan tomonga. U geosiyosat tufayli yuz burayotgani yoʻq, bu burilishning tub mohiyati mamlakat taraqqiyotining asosiy salohiyati Ural tizmasigina emas, balki  Sibir va Uzoq Sharqqa ham toʻplangan.

Buni Nikolay II, va Leonid Brejnev ham tushunishgan — Vladimir Putin ham tushunadi. Aynan shu bois Putin oʻn yildan koʻp vaqt oldin Vladivostokda ATES sammitini oʻtkazishga qaror qilgandi. Shu maqsadda Uzoqsharq universiteti joylashgan Russkiy orolidagi butun boshli shahar shunga moslashtirilgandi. Sharqiy kosmodrom qurib bitkazilmoqda, verflar qurilmoqda, odamlarni koʻchib oʻtishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Uzoq sharq gektari" dasturi qabul qilindi.

Toʻgʻri, hammasi rejadagidan koʻra sekin bormoqda, ammo Uzoq Sharq Moskva tomonidan unutilgan emas. Unda nega odamlar Furgalni qoʻllab-quvvatlash marshiga chiqishmoqda?

Chunki Moskva ular bilan hisoblashmayotganiga guvoh boʻlganliklari uchunmi? Oʻzlariga LDPRdan gubernator saylab olishgan edi, uni esa oradan 20 oy oʻtib hibsga olishdimi? Hamma narsada shunday: Moskva oʻrmonning hammasini Xitoyga sotdi, baliqni esa - Yaponiya va Janubiy Koreyaga, va umuman, bizga davlat emas, shaxsiy manfaatlarini koʻzlaydigan emissarlarini yubormoqda. Mana, Furgalni nega hibsga olishdi? Nega deganda u egalik qiladigan "Amurstal" Uzoq Sharqdagi yagona kombinat, poytaxtlik oligarxlar esa uni tortib olmoqchi, Furgal qotilliklar tufayli ishdan olinayotgani yoʻq.

Bu kabi asotirlarda shunday chalkashliklar mavjudki, bir qarashdan tushunarli boʻlib qolavermaydi.

Sobiq ittifoqdan keyingi yillarda Uzoq Sharqda oʻziga xos elita shakllandi: yovuz niyatli odamlar, savdogarlar va banditlar hokimiyat bilan jips uygʻunlashdi. Bu davlatning parvarishi va poytaxt oligarxatining ekspansiyasiga nisbatan majburiy reaktsiya ham edi — uzoq sharqliklar kelgindi odamlar tomonidan yomon yotgan narsaning bosib olinishiga keskin qarshilik koʻrsatardilar. Aytish joizki, qarshilik koʻrsatadigan faqat ulargina emas edi: turli mintaqalarda mahalliy elita sobiq umumxalqniki boʻlgan mol-mulklarni saqlab qolish uchun kurash olib borardi.

Faqat natija turlicha edi: Sibirda neft ishlab-chiqarilishining salmoqli qismi "Chubays tomonidan tayinlangan oligarxlar qoʻliga oʻtgan boʻlsa, Tataristonda Mintemir Shaymiyev "xususiylashtiruvchilarni" kiritmadi. Uzoq Sharqda oʻta jozibali va koʻpdaromadli yirik obʼyektlar deyarli boʻlmagan, lekin mahalliy xoʻjayinlar "moksvaliklarni" hech qachon kiritmagan va yomonroq yotgan oʻrmon, metall, baliq bilan shugʻullanardilar. Uzoq sharqlik kuchli odamlar mana shu orqali koʻtarilgan: Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyaga kontrabanda. 2007 yilda Xabarovsk oʻlkasidan Gosdumaga deputat boʻlib saylangan Furgal ham shu "elitadan" chiqqan.

Federal hokimiyat kuchayib, mamlakatni va mol-mulkni jamlash bilan shugʻullanishga tushgach, uzoq sharqdagi elita bunt koʻtarmadi, ammo yangi sharoitga oʻz qonun-qoidalari asosida kirishishga harakat qildi. Uzoq sharqdagi taraqqiyot uchun avval boshdan uni tartibga keltirish talab etilardi va buning uchun kadrlar kerak edi. Kadrlarni mintaqaning oʻzidan boshqa qayerdan olish mumkin edi? Komsomol desantini olib kelishni imkoni boʻlmasa, qolaversa Rossiyaning qolgan qismida ham kadrlar bilan bogʻliq ulkan muammolar bor edi. Shunday boʻlsada, Moskva izchillik, har birining oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda mintaqalarni tozalamoqda. U regionlardagi elitalarni adolatli ishlashga astoydil oʻrgatmoqda. Kadrlarni tozalab, izlab, tarbiyalamoqda, gubernatorlarni - markazdagi va mahalliylarni ham tayinlayli, ularni xalq bilan ishlashga oʻrgatmoqda - bu albatta, uzoq va murakkab jarayon.

Uzoq Sharqdagidan ham ogʻir sharoit faqat Shimoliy Kavkazda boʻlsa kerak: xuddi oʻsha uch millionli Dogʻiston bilan markaz faqatgina yetti yil oldin Maxachkala meri va Dogʻistonning faktik rahbari Said Amirovning hibsidan keyin (u ham buyurtma qotillikda ayblangan) jiddiy shugʻullanishga kirishgan edi.

 Endi Furgalning navbati keldimi. Nega endi?

Nega deganda bunga qadar Furgal Gosduma deputati mandatigi bilangina emas, balki, aftidan, Bosh prokuraturadagi obroʻli tanishlari bilan ham himoyalangan boʻlgan: ish faoliyati davrida 2004-2005 yillardagi qotilliklar haqidagi ishlar toʻxtatilgan Xabarovsk oʻlkasining sobiq prokurori oʻtgan yilga qadar bosh prokuror oʻrinbosari boʻlgan. Buning barchasi bilan hozir tergov shugʻullanadi, ammo "Hukumat tepasidagilarning hammasi Furgalga oʻxshaganlar, hammasiga kompromat bor, shu bois, Furgalning qotilliy tufayli hibsiga ishonmaymiz" degan stildagi propagandani eʼtibordan chetda qoldirish kerak emas.

Yoʻq, hammasi unga oʻxshagan emas, shunga oʻxshaganlar yildan yilga tobora kamayib bormoqda. Ularning hammasiga kompromat mavjud emas, va umuman kompromat orqali boshqaruv nafaqat maʼnaviy nuqtai nazardan, notoʻgʻrigina emas, balki mutlaqo samarasiz hamdir. Furgalga esa 2018 yilning kuzidan keyin, u kutilmaganda gubernatorlik saylovlarida gʻolib boʻlgach eʼtibor qaratildi. Federal markaz uchun bunday oʻtmishli gubernator haqidagi haqiqatni yuzaga chiqarish vijdon ishi edi.

Gap "Amurstal"da emas (u shundoq ham Furgal tomonidan nazorat qilinmay qoʻygan edi". Yoki LDPRni yoʻq qilinishida ham emas, Furgal oʻrniga Jirinovskiy partiyasidan boʻlgan deputat Mixail Degtyarevning tayinlanishi buning isbotidir) va alqissa, Moskvaning xabarovliklarning "notoʻgʻri" ovoz berganliklari tufayli emas bu. Gap shundaki, hokimiyat izchillik bilan va qatʼiy tozalanmoqda va bunda oʻtmishdagi gunohlar uchun amnistiya toʻgʻrisida kelishib olishning mutlaqo imkoni yoʻq. Furgal shu paytga qadar Jirinovskiy fraktsiyasida Gosdumada oʻtirganida hibsga olingan boʻlarmidi? Balki u haqda eslashmasdi ham, tergovchilarning usiz ham ishi koʻp, koʻplab eski ishlar koʻmib yuborilgan, ammo u hokimiyatga aylandi va shu bilan eʼtiborni jalb qildi. Uning hamtovoqlari tilga kirdi - va uzoq oʻtmishda toʻxtatilgan jinoiy ish yana qayta qoʻzgʻatildi.

Lekin Furgalni odamlar sayladiku? Odamlar uning oʻtmishidan boxabar boʻlishganmi? A, Xabarovskda hamma shunaqa, deyishadi bizga. Yoʻq, hamma ham unday emas. Shkafdagi furgal skeletlari haqida kimdir xabardor boʻlgan boʻlsa ham, ammo aksariyat odamlar Gosduma deputatining qora oʻtmishidan xabari yoʻq boʻlgan holda ovoz bergani aniq. Saylovchilar simpatiyasiga hurmat belgisi sifatida Putin LDPR vakiliga oʻlkaga rahbarlik qilishni taklif etdi, va bu yerda xalq tanlovini mensimaslik haqida gap boʻlishi mumkin emas.

Xabarovskdagi mitinglar esa Putinga qarshi yongʻinni butun boshli davlatga yoyishni istagan moskvaliklar uchun koʻngilsiz yakun topadi. Uzoqsharqliklar na antiputinizm, yoki separatizm singari oʻyinlarni oʻynamoqchi emas, ular manfaatlari haqida qaygʻurayotgan "rejimga qarshi kurashchilar" esa ular uchun 90-yillardagi poytaxt oligarxlari bilan teng. Na Uzoq Sharq, na Rossiya taqdiri haqida qaygʻurmaydigan bunday odamlarga buyuk boyish uchun katta silkinishlar kerak. Ammo ularning vaqti oʻtdi - Xabarovsk vaqti bilan ham, Moskva vaqti bilan ham.

Asosiy mavzular