19:14 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (52)
204 0 0

Rossiyaning zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko region atrofidagi fantaziyalar va reallik haqida gapirdi

Oxirgi oy davomida AQSH Afgʻonistonning toʻrtta provintsiyasida "Tolibon" radikal uyushmasi pozitsiyalari boʻylab zarba berdi. Uyushma aʼzolari, Vashington fevral oyi oxirida toliblar bilan imzolagan va 20 yildan buyon davom etib kelayotgan qurollangan mojaroga chek qoʻyishi lozim boʻlgan tinchlik bitimini buzganini ishonch bilan taʼkidlashmoqda.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

Rossiyaning zamonaviy Afgʻonistonni oʻrganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko fikricha, AQSH umuman olganda - amerika harbiylarining toliblarga qarshi va aksincha jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi bilan - shartnoma boʻyicha eng muhim majburiyatlardan birini buzdi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH va NATO mamlakatlarining boshqa muhim majburiyati - bu Afgʻonistondan 14 oy davomida oʻz qoʻshinlarini chiqarib ketilishi edi.

Serenko fikricha, ushbu, bir qarashda oldindan kelishilgan grafik hozirda "muallaq" turibdi va bu holat amerika liniyasi boshi berk koʻchaga kirib qolganini anglatadi.

"Ushbu bitim borasida allaqanday optimizmni saqlab qolish uchun tom maʼnoda fantazyor boʻlish kerak. Realist boʻlib, "Tolibon" hech qachon urushni toʻxtatmasli, hech qanday qoʻshinni chiqarish bilan uyushmani tinchlantirib boʻlmasligi haqida oʻz-oʻzingizga hisob bermogʻingiz lozim. Shunday ekan, qoʻshinlarni chiqarishni vaqtincha toʻxtatishga toʻgʻri kelar ehtimol, toliblar yana amerika qoʻshinlari va NATO kuchlariga hujum qilishlari mumkinligini bilgan holda", — dedi siyosatshunos Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Ekspertning taʼkidlashicha, bu singari stsenariy hech qanday naf keltirmaydi, birinchi navbatda, toliblarning oʻziga foyda bermaydi, sababi, bu holatda oʻz tarafdorlariga nega AQSH bilan bitim barbod boʻlgani xususida tushuntirish berishga toʻgʻri keladi.

Erishilgan tinchlik bitimining barbod boʻlishi "Tolibon" yetakchilari shaʼniga berilgan zarbadir, deydi Serenko.

Ushbu holatdan manfaat koʻradigan yagona kuch - bu afgʻon hukumati boʻlib, u avval ham bir necha marotaba xuddi shunday stsenariy roʻy berishi haqida ogohlantirgan.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (52)

Asosiy mavzular