06:33 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
124420

AQSH prezidentligiga nomzod ikki daʼvogarning aqliy holatini gumon ostiga qoʻyayotgan ulkan miqdordagi amerikalik saylovchilar, - bu, aytish mumkin-ki, "Rossiya yolgʻon xabarlari" natijasidir

Vladimir Kornilov

Turli maxfiy Rossiyaga qarshi nazariyalar mualliflarining Kremlning u yoki bu mojarolarga katta ehtimol bilan aloqadorligini anglatuvchi gap-soʻzlari qachon tugaydi, juda qiziq. Biz allaqachon highly likely ("katta ehtimol bilan" — Skripallar ishida), almost certainly ("deyarli aniq" - "vaktsina oʻgʻrilanishi" munosabati bilan yogʻdirilgan ayblovlar) singari iboralarni oʻrganib boʻldik. Endi navbatdagisi — probably ("ehtimol")ga koʻnikishimizga toʻgʻri keladi, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Bu gal The Washington Post tufayli Vladimir Putinning shaxsan oʻzi AQSH prezidentligiga nomzod Jo Baydenni diskreditatsiya qilish (obrщsizlantirish) boʻyicha maxfiy operatsiyaga "probably, rahbarlik qilayotgani"dan xabar topdik. Bu haqda nashr TSRUning super-maxfiy dokladiga tayangan holda xabar bergan - hujjatning maxfiylilik darajasi shu qadarki, WP  jurnalistlari undagi kontekst bilan bir necha shaxslarning hikoya qilib berishlari orqali tanishishga muvaffaq boʻlishgan.

Bunday paradoksal xulosa uchun asoslar hayratlantirmay qoʻymaydi: maʼlum boʻlishicha, u allaqanday analitiklar tomonidan "ochiq, maxfiylikdan chiqarilgan va maxfiy razvedka manbalari" asosida tayyorlangan.

Dokladning birinchi qatorida goʻyoki shunday deyilgan: "Bizning fikrimizcha, prezident Vladimir Putin va Rossiyaning yuqori martabali amaldorlarining aksariyati xabardorlar va, ehtimol (xuddi oʻsha probably. — Muallif) noyabrdagi AQSH saylovlari oldidan AQShning sobiq vitse-prezidentini obroʻsizlantirish, AQSH prezidentini qoʻllab-quvvatlash va jamiyatda ixtilofni keltirib chiqarishga qaratilgan Rossiya taʼsir operatsiyalarini boshqaradilar".

Vitse-prezidentni obroʻsizlantirayotgan aslida kimligini ham bilib oldik! Baydenga, kulgili xatoliklarga toʻla, aytilgandan sщng uning salomatligi holati haqida oʻylashga majbur etadigan nutqlarni kim yozib berayotgani ham nihoyat, oydinlashdi. Ehtimol, shaxsan Putinning oʻzi shu kunlarda Baydenga "uning nutqi yakunida dunyoda koronavirusdan 200 million kishi oʻlishi" haqidagi matnni tiqishtirgan boʻlsa kerak. Chunki Baydenni bundan ortiq darajada hech kim obroʻsizlantira olmas edi.

Amerikaning koʻplab OAVlari Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan goʻyoki "ichki foydalanish uchun" chiqarilgan (va shu paytning oʻzida koʻplab axborot saytlarida paydo boʻlgan) shunga oʻxshash hisobotga eʼtibor qaratdilar. Hisobot: "Rossiya, ehtimol (bu safar shunchaki likely, highlysiz. — muallif.), 2020-yildagi saylovlarga taʼsir oʻtkazish uchun amerikalik nomzodlar salomatligini diskreditatsiya qilmoqda", degan sarlavha bilan chop etilgan edi. Eʼtibor bering, "nomzodlar" soʻzi koʻplikda qoʻllanilgan. Endi esa, amerikaning aksariyat mass-medialarining ushbu "sensatsiya" borasidagi sarlavhalari bilan solishtirsak - agar ularga ishonsak, gap "Baydenning mental sogʻligʻiga qarshi Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan hujum" haqida bormoqda.

Va bu byulletenlarda eronlik va xitoylik aktorlarning Donald Trampning ruhiy holatiga oʻtkazayotgan hujumlari ham yodga olingan bir vaqtda roʻy bermoqda. Ammo bu, oʻzingiz tushungandek, amerika demokratik OAVlarini mutlaqo qiziqtirmaydi. Amerikaning amaldagi prezidentini shizofrenik deb atash - bu umuman aralashuvga kirmaydi. Biroq Bayden haqida bunday gapirib boʻlmaydi.

Har nega qaramay, Rossiya-Xitoy-Eron makri ish berayotgan koʻrinadi. Agar yaqinda 2020-yil saylov kampaniyasining eng muhim shtatlarida oʻtkazilgan soʻrovnomaga ishonsak, u yerdagi saylovchilarning 51 foizi Trampni prezidentlikka "mental yaroqsiz" hisoblaydi. 52 foiz saylovchilar esa Bayden haqida xuddi shunday fikrda. Yaʼni AQSH prezidentligiga ikki nomzodning aqliy holatini shubha ostiga olayotgan amerikalik saylovchilarning ulkan miqdori, - bu "Rossiya dezinformatsiyasi" natijasi, shundaymi? Tramp va Bayden esa oʻzlarining ajabtovur xatti-harakatlari, yumshoq qilib aytganda, bahsli iboralari bilan bu yerda zinhor hech qanday rol oʻynamaydi. Odatdagidek, hammasiga ruslar aybdor. Probably.

Xuddi shu tarzda oʻta dahshatli darajada maxfiy boʻlgan TSRU dokladi asosida WP chop etgan maqola ham — shunga oʻxshaydi.

Maqolaning birinchi qatorida, AQSH prezidentligiga nomzodning diskreditatsiyasi kampaniyasiga shaxsan rahbarlik qilayotgan Putin haqida aytib oʻtilgach, gapning qolgan qismi Ukraina parlamenti aʼzosi Andrey Derkach kirdikorlari haqida boradi. U Petr Poroshenko va Jo Bayden suhbatlari audiofragmentlarini muntazam ravishda ommaga eʼlon qilishi tufayli mashhur.

Uning "Putin bilan aloqalari" hali bu hech narsa degani emas.

Amerika OAVlari "Derkach plyonkalari" haqida gap boshlaganlarida ular faqatgina ikkita dalilga ega boʻlishadi, agar mumkin boʻlsa bu haqda quyidagicha aytish mumkin: a) toʻqsoninchi yillar boshida u Moskvada KGB oliy maktabini tugatgan, demakki, oʻz-oʻzidan "Kreml agenti" hisoblanadi; b) u tomonidan taqdim etilgan yozuvlar "tahrirlangan". Boʻldi, xuddi mana shu asosda demokratik OAVlar "plyonkalar"dagi maʼlumotlarni muhokama qilishdan bosh tortadilar, ular haqida eshitishgan vaqtlarida esa quloqlarini berkitib olishni odat qilishgan. Holat shungacha yetib bordiki, Twitter "Derkach plyonkalari haqidagi" tvit yozgan va undan Tramp iqtibos keltirgan foydalanuvchining uchet zapisini shu ondayoq blokladi.

Bu yerda hech qanday tsenzura yoʻq. Axir "Kreml agenti" xuddi oʻsha Kreml buyurtmasiga binoan "dezinformatsiyani" tarqatyapti, deyildiku. Tegishli tartibda, bu maʼlumotlarni tekshirish butkul taʼqiqlangan.

Shu munosabat bilan 2014 yilning iyulida, Donbassda Malayziya "Boing"i qulaganidan soʻng, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko tomonidan oʻtkazilgan matbuot-anjumani yodga tushadi. Ertasi kuni dunyoning deyarli barcha yetakchi nashrlari birinchi sahifalarida u tomonidan taqdim etilgan "plyonkalar" haqida yozilgan edi.

Eʼtibor bering, oʻshanda hech kim Nalivaychenkoning Moskva KGB Razvedka institutida oʻqigani haqida eslamagandi. Gʻarbda hech kimni audioyozuvlar nafaqat qayta tahrir qilingani, balki shunchaki soxtaligi ham aslo tashvishlantirmagan. Shunchaki, MH17 Chernuxinodagi allaqanday kazaklar tomonidan urib tushirilgani toʻgʻrisidagi versiya oʻsha vaqtda gʻarb jurnalistlarini toʻliq qanoatlantirardi.

Endi esa "Derkach plyonkalari" negadir ularga manzur boʻlmayapti - sababi, bu saylovoldi kampaniyasi vazifalariga mos emas. Demak, bu haqdagi har qanday maʼlumotni ayovsiz ravishda tsenzuralash joiz.

Bu yozuvlardagi Poroshenko va Bayden ovozlari asliga mosligini hech kim shubhaga olish niyatida emas. Ammo ularni muhokama qilish va ulardan iqtibos keltirish - oʻta ogʻir gunoh. AQSH media hamjamiyati shu kunlarda senatning ikkala qoʻmitalari tomonidan taqdim etilgan: "Xanter Bayden, "Burisma" va korruptsiya" deya maʼnodor nomlangan hisobotga xuddi shunday munosabatda boʻldi.

Doklad juda salmoqdor boʻlib, amerikalik mansabdorlarning AQSH oliy rahbariyati, shu jumladan, vitse-prezident Jo Bayden va Davlat kotibi Jon Kerrilar Ukrainaga tegishli "Burisma" gaz kompaniyasi korruptsion sxemalari va bu firmada vitse-prezident oʻgʻli Xanter Baydennig faoliyati AQShga qanday muammolarni keltirishi mumkinligi toʻgʻrisida koʻplab marotaba ogohlantirilganliklari haqidagi ajabtovur iqrorlardan iborat.

Agar Tramp oʻz farzandlarining korruptsion faoliyatlari haqida xabardor boʻlib, bunga goʻyo ularni shunga ragʻbatlantirayotgan singari koʻz yumganida edi, nashrlar uni qanday tepib tashlagan boʻlishlarini tasavvur qilish qiyin. Ammo senatning bu dokladini OAVlar kelishilgandek eʼtiborsiz qoldirishdi yoki boʻlmasa shunchaki, "bu Rossiya dezinformatsiya kampaniyasi", deb atab qoʻya qolishdi.

Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, AQSH senatorlari ham "Kreml agentlari". Axir dokladda "Burisma" korruptsiyasi va u yerda kenja-Baydenning faoliyati haqida tepaga shaxsan hisobot topshirgan mansabdorlarning inkor etib boʻlmas faktlari va koʻrsatmalari keltirilgan.

Bunga javoban demokratlar zudlik bilan kontr-hisobotini tayyorladilar va unda opponentlari dalillarini yoʻq qilish, yoki oʻta xiralashtirishga urindilar. Va bunda, tabiiyki, demokratlar chiqargan asosiy xulosa — senat surishtiruvi "2020-yildagi saylovlarga Rossiya hujumi"ni aks ettirayotgani boʻldi. Yaʼni yana biz aybdormiz.

Bundan koʻrinib turibdiki, kenja-Baydenni Ukrainadagi korruptsiya botqogʻiga botgan firmaga Rossiya tayinlagan, soʻngra katta-Baydenga "Burisma"dagi korruptsiyaga doir ayblovlarni oʻrganishga jazm qilgan Ukraina Bosh prokurori Viktor Shokinni qanday qilib ishdan olishni oʻrgatgan. Shunday ekan, senat va Oq uydagi amerikalik "Kreml agentlari" harakatlari uchun yangi sanktsiyalar ham oʻzini koʻp kuttirmasa kerak. Axir Rossiyaning aybi, garchi navbatdagi probably bilan boʻlsada, yana isbotlandi.

Asosiy mavzular