09:06 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
564 0 0

Sibir fedaral okrugi va Omsk viloyati bosh toksikologi, tibbiyot fanlari doktori Aleksandr Sabayev RIA Novostiga bergan intervyusida Aleksey Navalniyning davolanishi haqida soʻzlab berdi.

Sibir fedaral okrugi va Omsk viloyati bosh toksikologi, tibbiyot fanlari doktori, 1-sonli tez tibbiy yordam Omsk shahar kasalxonasi boʻlimi boshligʻi Aleksandr Sabayev RIA Novostiga bergan intervyusida Aleksey Navalniyning davolanishi haqida soʻzlab berdi – zaharlanish istisno qilingan, uglevod (karbonsuvlar) almashinuvi buzilishi tashxisi qoʻyilgan, undan bemorni davolashgan va bir necha soat ichida uning ahvolini sezilarli darajada oʻnglasha olishgan. Shuningdek, u zahar bilan zaharlangan kishi qanday koʻringan boʻlishi va uni oyoqqa turishiga qancha vaqt ketgan boʻlishi mumkinligi borasida soʻzlab berdi.

- Aleksandr Vladimirovich, keyinchalik Berlin bemori boʻlgan Aleksey Navalniy aynan sizga kelib tushgan. Mening birinchi oddiy savolim shunday: zaharlanish boʻlganmi?

- Zaharlanish boʻlmagan. Zaharlanish ahvolining yomonlashishi sabablaridan biri sifatida koʻrilgan. Biroq klinikamizda birinchi olti soat davomida boʻlish chogʻida “oʻtkir zaharlanish” tashxisi olib tashlandi. Qolaversa, u na klinik, na anamnestik, na kimyoviy toksologik tadqiqotlar bilan tasdiqlandi. Yaʼni bu oʻtkir zaharlanish boʻlgani haqidagi hech qanday maʼlumotlarni aniqlamadik.

- Xoʻsh, unda nima boʻlgandi? Mana hozir, menimcha, bu “shifokorlar siri” tushunchasi foydasiz, zero allaqachon Putinni u Navalniyni zaharlaganlikda ayblashdi. Aytishdiki, Navalniy zaharlashgan, unda nimanidir topishdi. Buning barchasi butun dunyo boʻlab tarqalib ketdi, katta siyosiy ish. Nima boʻlgandi? Kasallik tarixi varaqasiga siz aynan nima deb yozdingiz?

- Mutlaqo toʻgʻri, tashxis ushbu barcha oylar davomida aytilganidek oʻsha: uglevod (karbonsuvlar) almashinuvi buzilishi. Bu yerda yashiradigan narsaning oʻzi yoʻq. Bu haqiqatdan ogʻir metabolik holat. Bu bemorning ayrim tarafdorlari tasavvur qilayotgandek oʻtkir kimyoviy kasallik emas. Bu metabolik holat, ogʻir metabolik buzilish, hoynahoy, havoda ahvoli birdan yomonlashishga qadar bir necha soat, balki, hatto bir sutkagacha oldin paydo boʻlgan. Oldimizda bu ogʻir metabolik buzilishlar kurashish turgandi. Umuman aytadigan boʻlsak, klinikamizda boʻlishning oxiriga kelib uni hech boʻlmaganda barqarorlashtirish va ijobiy tomonga oʻzgartirishga muvaffaq boʻlindi.

Darhol aytamanki, oʻtkir kimyoviy kasallik va metabolik kasallanishlar – bu hech qanday umumiy narsaga ega boʻlmagan turli patologik jarayonlar. Shu bois klinik jihatdan kimyoviy kasalliklar boʻlmagan hamda kimyoviy agent oqibatlari ham boʻlmaydi. Metabolik oʻzgarishlar – ha, ular boʻlgandi. Biz bunday sindromlar bilan kurashdik va, umuman olganda, 40-42 soat ichida yaxshi natijaga erishdik.

- Unda siz a ytgan bu ogʻir metabolik buzilishning sababi nima boʻlgan?

- Sabablar bir necha boʻlishi mumkin. Bu alimentar omil ham, yaʼni ovqatlanish omillari va ehtimoliy alkogolli ichimliklar isteʼmoli omillari. Bu parhezga rioya qilmaslik omili yoki biror bir parhezni tutish. Asosiy sabablar, umuman, aynan shular. Lekin metabolik buzilishlar boʻlgani laboratoriya testlari bilan tasdiqlangan. Bu sakkiz marta oʻtkazgan biokimyoviy testlar bilan tasdiqlangan. Bu 11 ta kislotali ahvol tekshirishlar. Bu 25 ta glikamiya darajasi tekshirishlari. Bu instrumental tekshirishlar, bu, umuman olganda, biz bajargan tashxis qoʻyish majmuasi. Hammasi tasdiqlangan, hammasi rasmiylashtirilgan, hammasi birgalikda muhokama qilingan, Omsk tibbiyot universitetining yetarlicha malakali mutaxassislari, bosh mutaxassislari, xodimlari ishtirokida 8 ta kengaytirilgan konsilium oʻtkazilgan. Shuning uchun “zaharlanish” tashxisi olib tashlangan, istisno qilingan. Umuman karbonsuvlar almashinuvi buzilishi tashxisida fikrlarimiz bir-biriga toʻgʻri kelgan. Va bu haqiqatdan asosiy tashxis shu.

- Lekin bularning hammasi surunkali pankreatit fonida?

- Shubhasiz, shubhasiz. Oshqozonosti bezi, uning funktsiyalari zararlangan, oʻtkazgan testlarimizdan ham maʼlum edi, yaʼni oʻsha oshqozonosti bezi funktsiyalarini taʼriflovchi simptomokompleks patologik oʻzgarishlar tomon siljigandi.

- Bundan oʻlish mumkinmi?

- Albatta. Asosiy versiya bu bemorning oshqozonosti bezining funktsiyasining buzilishi edi, hoynahoy, funktsiya buzilishi qonda shakarning keskin oʻzgarishini keltirib chiqargan, keskin, taʼkidlayman, oʻzgarishlar, juda kichikdan to juda yuqorigacha. Yaʼni uch mmol/l dan kamroqdan to 20 mmol/l dan yuqoriroqgacha. Bu diapazonda glikemik profil bu juda xavfli holat. Vazifa glikemik profilni normal diapazon holatga keltirish edi. Biz bu vazifani 12-14 soatdan soʻng bajardik. Birinchi 12 soat – ha, shunday glikemik shtorm bor edi, shakar darajasi yuqori edi – 10 dan 20 gacha – va u insulinoterapiyaga boʻyin bermasdi.

- Alekseyni oʻlimdan qutqarib qoldingiz deb aytsa boʻladimi?

- Shubhasiz. Kasallik kechishiga oid aytimiz mumkinki, bemorning eng ogʻir ahvoli 20 avgustdan 21 avgustga oʻtar kechasi soat birda kuzatildi, oʻshanda qondagi laktat oʻta xavfligacha oshdi. U 12 ni tashkil etdi. Normal holatda ikkigacha. Mana shu davrda, ehtimol, inson organizmi eng ogʻir iztiroblarni boshdan kechirgan. Har qanday kompensator imkoniyati uzilishi poliorgan yetishmovchiligi sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Yaʼni ogʻir ahvol samolyotda boʻlmagan, hatto kasalxona olib kelinganda boʻlmagan, ogʻir ahvol kechroq, taxminan 14 soat oʻtgandan keyin yuzaga kelgan. Uning ahvoli yetti-sakkiz soat ichida oʻta ogʻir edi. Bu vaqt poliorgan yetishmovchiligi sindromi rivojlanishini kutish mumkin edi va bu bemorning bir sutkada oʻlimiga olib kelishi mumkin edi.

- Buning oldini qanday oldingiz, nimalar qildingiz?

- Intensiv muolaja koʻrsatdik, boʻlib boʻlib qisqa taʼsirli insulin kiritdik, normal uyqu bilan taʼminladik. Albatta, qayd etish kerakki, u yosh, zaxiralar bor edi, ochiq surunkali, oʻtib ketgan kasalliklari yoʻq edi. Lekin davolash ishlari jadal olib borildi – bu har soatda barcha funktsiya va tizimlarni monitoring qilish.

- Qanday natijalarga erishishga muvaffaq boʻldingiz, buni qanday baholaysiz?

© AFP 2018 / DIMITAR DILKOFF

- Bemor kelib tushishidan boshlab 44 soatga kelib, qondagi shakar darajasini barqarorlashtirishga muvaffaq boʻldik – 3,3-5,5, shu diapazonda. Shakar boshqa keskin koʻtarilmadi. Ichki atseton ishlab chiqarilishi toʻxtadi. Bu katta qadam, yaʼni organizmning achishi toʻxtadi. Laktatatsidoz ketdi, karbonsuvlar almashinuvi natijasida oshirilgan sut kislotasi paydo boʻlishi toʻxtadi. Bemor oʻzlashtira boshlagan enteral oziqlanish boshlandi, bu ijobiy holat, yaʼni uni maxsus aralashmalar bilan oziqlantira boshlashdi. Glyukozani oʻzlashtirish boshlandi, mana bu eng asosiysi. Glyukoza oʻzlashtirilmaydigan holatlarda oʻlim holati yuqori. Men buni birinchi soatlarda hayotini saqlab qolish boʻlgan deb hisoblaydi.

- Lekin u komada boʻlishda davom etgan?

- Ha, komada, lekin yengil yuzaki koma. Chuqur koma bor, yuzaki koma ham bor, yaʼni shuur boʻyicha yaxshilanish. 44 soat ichida komani yaxshilanishga olib chiqish katta mehnat samarasidir. Bu toʻgʻri tayinlangan muolajaning yaxshi koʻrsatgichi.

Mutlaqo boshqa texnologiyalar qoʻllanadigan kimyoviy kasallikni davolash standartidan foydalanmadik. Metabolik koma, metabolik ogʻir, qoʻpol oʻzgarishlarni davolash standartlaridan foydalandik. Shuning uchun yomon boʻlmagan yaxshi natijalarni oldik – ham laboratoriya, ham klinik.

- Qaysi vaqt mobaynida zaharlanish haqida gapirish mumkin?

- “Zaharlanish” va “zaharlanish” tashxisi termini dolzarbligi jarayon roʻy bergandan boshlab birinchi olti soat ichida amal qiladi. Agar zaharlanishni tasdiqlasak, ultragemodiafiltratsiya shaklidagi detoksikatsiyani oʻtkazishimiz lozim. Qonni maxsus membranalari orqali tozalash.

- Yaʼni qonni tanadan chiqarib, apparat orqali tozalaymiz va uni tozalangan holda qaytaramiz?

- Toʻppa-toʻgʻri, ha, maxsus bufer qorishmalardan foydalanib, barcha hayotiy muhim funktsiyalarni saqlagan holda. Bu ekstrakorporal detoksikatsiya deb ataladi.

- Siz buni oʻtkazdingizmi?

- Yoʻq, koʻrsatma boʻlmagandi, organ buzilishlari yoʻq edi. Bemorning hamma organlaridan oshqozosti bezi zararlangandi. U kasallik alomatlarini ayon qilgandi, yaʼni tahlillar oshqozonosti bezining zararlanganidan dalolat bergandi. Qolgan organlar, tizimlar mutlaqo normal edi va normal ishlagandi. Kimyoviy kasallik holatida oshqozonosti bezi, odatda, ziyon koʻrmaydi yoki ziyon koʻradi, lekin ikkilamchi, bir necha kundan keyin.

- Bu kimyoviy jarohat holatida?

- Kimyoviy jarohat holatida 5 ta tizim jabr koʻradi - bu buyrak, jigar, oʻpka, yurak va bosh miya tizimlari. Nima uchun zaharlanish haqida xato taxmin paydo boʻldi? Faqat bir simptomokompleks – hushdan ketishga yopishib olindi. Lekin hushdan ketish uchun sabablar minglarcha boʻladi, yuqumli kasalliklardan boshlab, oddiy jarohat, bosh miya lat yeyishigacha. Zaharlanishlar bilan ham, jumladan, aytgancha.

- Kimdir aytidiki, balki, darhol emas, qayerdadir keyinroq nimadir bildirmay qoʻshib qoʻyilgan, yoki cheklangan miqdorda. Bularning hammasi roʻy berishi yoki bilinmasligi uchun.

- Bu bizning klinikadan keyingi yoki ungachami?

- Klinikangizda bu boʻlmagan, toʻgʻrimi?

- Yoʻq, yoʻq. Bu istisno qilinadi. Bu shunday oddiy sababga koʻra istisno qilinadiki, brigada ishlagandi, bu asosiy brigada, bu mutaxassislarimiz edi. Moskva institutlaridan uch nafar mutaxassis bor edi. Umuman bemor bilan shugʻullangan boshqa mutaxassislar yoʻq edi. Palata alohida edi. Hech qanday begona kishi kelmagan, hech narsa olib kelmagan. Bularning barchasi yetarlicha yopiq edi. Toksikologik markaz boʻlimi rejimi yopiq rejimni anglatadi. Bemor kimyoviy xavfsiz joyda edi, har holda, klinikamizda tashqi tomondan ximikatlar, ovqat mahsulotlari va boshqa biror bir narsa bilan bogʻliq hech qanday taʼsir boʻlmagan. Men bunga javob beraman, chunki men shaxsan koʻrardim va rahbarlik qilardim.

- Zahar oʻzini inson organizmida qanday tutadi, qanday klinik koʻrinishni beradi?

- Kimyoviy kasallik haqida gapirganimizda, ikkita hamroh jarayonni bilishimiz shart. Bu . Eto toksikokinetika va toksikodinamika, sodda qilib aytganda, toksikokinetika – bu zaharning organizmidagi taqdiri, har qanday zaharning qaysi ekanligining ahamiyati yoʻq, u albatta oʻz izini qoldiradi. Avvalo u detoksikatsiya organlarida oʻz izini qoldiradi – jigar, buyraklar, oʻpkalar, birinchi navbatda, birinchi yarim-bir-ikki soatda.

Aleksey Navalnыy
© Sputnik / Valeriy Melnikov

- Siz bu izlarni topmadingiz?

- Toʻppa-toʻgʻri. Bu organlarning zararlanishi aniqlanmadi.

- Ommaga koʻrinish bergan Navalniyning tashqi koʻrinishi sizda qanday taassurot uygʻotdi?

- Tashqi koʻrinishi ungan qoʻygan tashxisimizga toʻla mos keladi. Ha, bunda muammolari bor bemorlar tezda tuzalishadi, chunki – taʼkidlaymanki, nega odam yaxshi koʻrinadi, - karbonsuvlar almashinuvi, ovqatlanish darajasi va hokazolar normallashdi. Bu hammasi yetarlicha tez tiklanadi. Kimyoviy kasalliklar majruh qiluvchi kasalliklar kabi oʻta ogʻir tashqi asorat qoldiradi.

- Agar bu kimyoviy jarohat, kimyoviy kasallik boʻlganda u qanday koʻringan boʻlardi?

- Birinchidan, u hozirgacha efirga chiqa olmagan, bunday faol hayot tarzi olib bora olmagan boʻlardi. U toʻshakda yotgan boʻlardi. Bu aniq. Ikkinchisi, u hatto yaxshi klinikalarda, dori-dori darmonlar bilan davolanganda ham, bu har holda erta tiklanish jarayonida boʻlardi. Bu qoʻllarning ilk harakati, oyoqning ilk harakati, mustaqil ravishda birinchi marta koʻzni ochish, birinchi marta kishi yordamida ovqat yeyishga urinishlar va hokazo.

- Hozir esa “Charite” aytyabdiki, bu zaharlanish soqliq uchun oqibatlarsiz ham qolishi mumkin, yaʼni u toʻliq, yuz foiz tiklanadi.

- Zaharlanish yoʻq, shu bois tiklanadi. Agar zaharlanish boʻlmasa, hammasi, tabiiyki, tiklanadi. U, aftidan, allaqachon tiklandi. Kecha, internetda hujjatli film lavhalarini koʻrib, u yerda hech qanday zaharlanish yoʻq. Bu hatto zaharlanishni boshdan kechirish ham emas. Bu metabolik buzilish.

- Hozir esa goh u yerda, goh bu yerda qandaydir izlarni topishganini eshityapmiz. Umuman bunga qanday munosabat bildiramiz, bu nima boʻlishi mumkin unda?

- Izlar topilishi yoki qandaydir kimyoviy moddalar yoki mahsulotlar umuman hech narsa haqida gapirmaydi. Umuman klinik toksikologiya zaharlanish haqida gapirganimizda, asosan uch ustunga tayanadi. Bu toksikologik vaziyat, yaʼni zaharning organizmga tushishi. Ikkinchisi – klinik koʻrinish. Uchinchisi – bu kimyoviy toksikologik verifikatsiya. Hozir oʻtkazilayotgan barcha tekshiruvlar menga toksikologik sifatida qiziq emas. Nima bu, qayerda bu, qachon olingan, kim olgan, qay hollarda, qay sharoitlarda va kimdan olinganini borasida faqat taxmin qilish mumkin. Toksikologik bemor birinchi olti soat ichida “dolzarb”, undan keyingisi ahamiyatga ega emas.

- Yaʼni undan yoki keyin oʻlim, yoki...

- Yoki ogʻir majruhlik, agar odam zaharlarnishni boshdan kechirgan boʻlsa. Agar u omon qolgan boʻlsa. Lekin, taʼkidlaymanki, detoksikatsiyasiz zaharlanishdan omon qolish mumkin emas.

- Aleksandr Vladimirovich, avvalroq Navalniyni oʻlimdan qutqarib qolganlaringizni aytgan edingiz. Insoniy koʻrnamaklikka duch keldim deb ayta olasizmi?

- Bu voqeaga izoh berishim qiyin, biz, shifokorlar bu haqda oʻylamaymiz. Hayotda turli holatlarga duch kelamiz: ham minnatdorchilik, ham yaxshilikni bilmaslik, ham xafagarchilik, ham koʻngil qolishlik. Lekin ommaviy axborot vositalari aylanayotgan quruq gap bir oz odamning jahlini chiqaradi. Oʻzini siyosatda koʻrsatayotgan kishi gaplarida ham siyosiy arboblar, ham oddiy odamlar, ham tibbiyot xodimlariga nisbatan shunday haqoratli gaplardan foydalanmoqda. Bularning hammasi yana massmediaga chiqishi mana bu esankiratib qoʻyadi. Bu juda xunuk ish. Minnatdorchilik esa – har kimning shaxsiy ishi.

Asosiy mavzular