05:33 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Analitika
Havola olish
51010

Amerikaliklarning toʻq hayotini taʼminlash maqsadida AQSH floti dunyo okeanida ustuvorlik qilishi kerak. Bu yoʻlda ular Rossiya va Xitoyga qarshi kuchli  raqobatga tayyor boʻlishi kerak.

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik, Nikolay Protopopov. “Toʻxtatib turish va gʻalaba qozonish” – AQSH Harbiy-dengiz floti (HDF) shtabi boshligʻi admiral Maykl Gildey yaqin 10 yillikka moʻljalangan “Navigatsiya rejasini” imzoladi. Ushbu hujjatning asosiy mazmuni – amerikaliklarning tinch va toʻq hayotini taʼminlash maqsadida dunyo okeanida ustuvorlik qilish.   

Raqiblar

Hujjat mualliflari aytishiga koʻra, Amerika fuqarolarining faravonligini taʼminlash uchun, Amerika floti uzoq muddatli, nafaqat 10 yil balkim butun 21 asr davomida, kuchli  raqobatga tayyor boʻlishi kerak.

Bu borada AQShning asosiy raqiblari va global tinchlikni “buzuvchilar” – Rossiya va Xitoy. Amerikalik admirallar xulosaliga koʻra, ushbu davlatlar dengizda erkinlikni cheklamoqda.   

Moskva va Pekin noqonuniy ravishda oʻz hududidan tashqarida boʻlgan “qimmatbaho dengiz resurslaridan” foydalanishni  cheklashga urinmoqda, kuch bilan “qoʻshnilarini qoʻrqitish” bilan shugʻullanmoqda va muhim dengiz yoʻllarini “raketa nishoni ostida ushlab turmoqda”. 

Shuningdek, Rossiyada zamonaviy gipertovush tezligida harakatlanuvchi raketalar, yangi suv osti kemalari, taktik yadroviy qurollar ishlab chiqarilayotgani Amerika tomonidan keskin qarshilik bilan kutib olinmoqda. Pentagon xabariga koʻra, Rossiya dengiz floti butun dunyo boʻyicha faolligini oshirmoqda, shu sababli “Rossiyani ishonchli nazorat ostiga olish kerak”, deyilgan AQSH doktrinasida.

Ildam rivojlanib borayotgan Xitoy dengiz floti ham, amerikalik tahlilchilar xulosasiga koʻra, Vashington uchun nafaqat yangi chaqiriq balkim uzoq muddatli va oʻtkir xavfga aylanmoqda.

“Navigatsiya rejasi”da aytilishiga koʻra, AQSH – dengiz davlati va uning rivojlanishi va xavfsizligi uning dengizda ustuvorlikni saqlab qolish qobiliyatiga bogʻliq. Buning uchun AQSH oʻzining harbiy-dengiz kuchini saqlab qolishi va uni “Dunyo okeanining har bir qarichiga”  tarqatishi kerak. Amerikaliklar dunyoning xalqaro huquq tomonidan ruxsat berilgan har bir burchagiga uchish va suzish imkoniyatini saqlab qolishi kerak.

Shuningdek, AQSH ayrim davlatlarning “haddan ortiq dengiz ambitsiyalarini” cheklab turishi va ularning jangovar imkoniyatlarini cheklash uchun dunyoning istadgan nuqtasida  oʻz harbiy-dengiz kuchlarini joylashtirish huquqiga ega boʻlishi kerak.

Flotni kuchaytirish

Ballistik raketalar bilan jihozlangan atom suv osti kemalari AQShni yadroviy hujumdan saqlab qoladi, maxsus kuchlar esa har qanday raqibga kutilmaganda  zarba berishi mumkin.  Amerika admirallari aytishiga koʻra, AQSH harbiy-dengiz kuchlari quruqlik kuchlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har qanday qirgʻoqqa desant tushirishga tayyor.

AQSH harbiy dengiz kuchlari “agressiyani cheklab turish uchun” eng zamonaviy axborot, kibernetik texnologiyalari va dengizdan, suv ostidan va havodan  turib hujum qiluvchi qurollarga ega.

Yaqin yillarda dengizdagi qarama-qarshiliklarda ustuvorlikni AQSH sunʼiy ong bilan bogʻlamoqda. AQSH admirallari xulosaliga koʻra, ushbu tizimlar jangda oʻz ustuvorligini isbotlagan. Shu sababli dengiz floti ularni ommaviy qoʻllagan holda yangilanadi.

Inson ishtirokisiz boshqariladigan dengiz platformalari ham “juda muhim”. Ular razvedkada, kuzatuvda va hujumda dengiz floti imkoniyatlarini kuchaytiradi. Oʻn yillik oxirida HDF shaxsiy tarkibi robotlashtirilgan apparatlar bilan yaqin hamkorlikda ishlashni oʻrganishi kerak.

AQSH HDF xulosasiga koʻra, belgilangan barcha maqsadlarni amalga oshirish uchun flotni kengaytirish va kuchaytirish kerak. Yanada koʻproq atom suv osti kemalari, yuqori hujum imkoniyatiga ega boʻlgan harbiy korabllar kerak. Yangi korabllar “Sozvezdiye”ga oʻxshagan kichik oʻlchamli boʻlishi kerak.

Pentagon aviatashuvchilarni ham oʻz hisobidan chiqarmaydi. Aviatashuvchilar hali ham AQSH kuchini namoyish qiluvchi asosiy vosita boʻlib qolmoqda. Shuningdek “Kolumbi” va “Virjiniya” klassidagi atom suv osti kemalari ham muhim ahamiyatga ega.

“Raqamli” va lazer texnologiyalar

AQSH HDF rahbariyati aytishiga koʻra, faqat zamonaviy texnika bilan masala hal boʻlmaydi. Shaxsiy tarkibni oʻqitish ham – muhim ahamiyatga ega. Admirallar aytishiga koʻra “dengizchilar nafaqat xavflarga tezkor javob berishi, balkim oʻsha davlat fuqarolari mentalitetini yaxshi bilgan holda, raqib harakatlarini oldindan bilish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak”.

Butun Yer shari boʻylab Shimoldan Tinch okeanining gʻarbigacha “boʻlajak mojarolar” stsenariylari mashq qilinadi. Masalan bu yil, AQSH HDF aviatashuvchi guruhlari ishtirokida desant manyovrlari oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu mashgʻulotlarda bu yil birinchi marta, eng zamonaviy qurollar bilan jihozlangan kichik taktik kiber-guruhlar ishtirok etadi. Admiral Gildey aytishiga koʻra, ushbu manyovrlar koʻlami “eng yangi tarixda” misli koʻrilmagan darajada boʻladi.

AQSH HDF strategiyasida axborot va raqamli texnologiyalar markaziy oʻrin egallagan. Ular ishtirokisiz harbiy mashgʻulotlarni tasavvuri qilish qiyin. “Raqamli texnologiyalar” dengiz jangini tez va samarali olib borish imkonini beradi.

HDF tahlilchilari raqib AQSH himoyasini “juda koʻp raketalar yordamida yorib oʻtishni” rejalashtirmoqda, deb hisoblaydi. Shu sababli Pentagon koʻplab mobil va statsionar radarlar tizimidan foydalanishni rejalashtirgan. Undan tashqari AQSH suv usti va osti harbiy kemalari va uchuvchisiz apparatlarining himoya xususiyatlarini kuchaytirishni rejalashtirgan. Yaqin masofa janglarida esa anʼanaviy qurollar bilan birga energetik quroldan foydalanish ham rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular