12:14 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Kolumnistlar
Havola olish
232022

Latviya, Litva va Estoniyada minglab chet el qoʻshinlari, shu jumladan amerikaliklar ham joylashgan. Boltiqboʻyi mamlakatlari bitta katta mashgʻulot maydoni va harbiy platsdarmga aylandi, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.

Koʻp yilgi "soya bilan jang" - juda zerikarli mashgʻulot, Boltiqboʻyi mintaqasidagi xorijiy qoʻshinlarning na foydaliligini va na biron bir ahamiyatini tasdiqlashga imkon bermaydi. Shu sababli, Rossiyaning Boltiq floti kemalari va samolyotlarining kundalik, rejali ishlari fonida NATO oʻzining jasorati haqida syujetlar ishlab chiqishi va videolarni yaratishi kerak.

Belgiya harbiy-havo kuchlarining matbuot xizmati (samolyotlari Boltiqboʻyi mamlakatlari osmonini qoʻriqlaydi) 17-aprel kuni Belgiya F-16 qiruvchilari tomonidan Rossiyaning Su-24M front bombardimonchi samolyotlari, Su-27 va Su-30SM qiruvchi samolyotlarini nishonga olishi va kuzatib qoʻyishi videosini eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, Litva sohilida Rossiya harbiy aviatsiyasi AQSH Xarbiy dengiz kuchlari 6 floti USS Donald Cook kemasini kuzatib uchayotgan paytda kuzatuvga olindi.

Ushbu "dramatik lahza"ni  Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashrini ham qoʻzgʻatdi, yaʼni nashrning veb-saytining minglab tashrif buyuruvchilari xalqaro havo maydonlarida "juma kungi toʻqnashuv"ning videosini koʻrishlari mumkin edi. Va bu ruslar oʻzlarinig "havo-yer"  ulkan raketalar bilan qanchalik xavfli ekanligini his etishdi. Koʻpchilikda taassurot qoldi - qariyb 300 ta sharh va ijtimoiy tarmoqdagi 700 ta qayta joylashtirishlar.

Biroq, Rossiya samolyotlarining parvozlari va Belgiyaning F-16 samolyotlari bilan uchrashuvi aslo "Cook"ga uyushtirilgan ov bilan emas, balki Boltiq flotining odatiy mashqlari bilan bogʻliq.

Rejalashtirilgan manyovrlar

Rossiyaning Gʻarbiy Harbiy okrugi (ZVO) va Boltiq floti (BF) ning masʼuliyat hududida bu kunlarda Quruqlik kuchlari, aviatsiya, havo mudofaasi va dengiz kuchlarining bir qator kompleks qoʻshma mashqlari davom etmoqda. Amaliyot rejalashtirilgan, bu mintaqada amerikaning Donald Cook kemasi yoki Belgiya qiruvchilarining borligiga hech qanday aloqasi yoʻq. "Cook"ni razvedka qilib atrofida uchish uchun bitta Su-24MR samolyoti yetarli boʻlardi, biz ilgari Boltiqboʻyi va Qora dengizda bu kabi voqealar rivojini bir necha bor koʻrganmiz. Bugungi kunda yanada muhimroq vazifalar turibdi.

21 aprelNato kuni Boltiq floti dengiz aviatsiyasining Su-30SM va Su-24 samolyotlari ekipajlari Kaliningrad viloyati va dengiz uzra uchib oʻtishdi, quruqlikdagi boʻlinmalar uchun zarbalarni quvvatlash masalalarini ishlab chiqishdi va mashgʻulot maydonlarida shartli dushmanning qoʻmondonlik maskanlari, zirhli transport vositalari va qoʻshinlarini yoʻq qilishdi. Turli xil balandliklarda va tezlikda hujumkor va mudofaa manevrlaridan foydalangan holda pilotaj qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu kunning oʻzida Kaliningrad viloyatidagi Donskoy aerodromida Mi-24 hujum vertolyotlari, Mi-8 transport vertolyotlari va kema Ka-27 va Ka-29 vertolyotlari jihozlanmagan sohilga dengiz desantini qoʻnishini taʼminlab turdilar.

Bir vaqtning oʻzida, "Kaliningrad" va "Korolev" yirik desant kemalari, "Yevgeniy Kocheshkov" kichik desant kemasi va desant katerlaridan iborat desant guruhi shartiy dushman aviatsion hujumini qaytardi. Shu bilan birga, ekipajlar radioelektron kurash vositalaridan faol foydalanganlar. Keyin katta desant kemalari dengiz nishonlarga artilleriya zarbalarni amalga oshirdi.

Desantni qoʻndirish Kaliningrad viloyatidagi Xmelevka poligonida boʻlib oʻtdi. Dengiz piyodachilari boʻlinmalari, kemalar va aviatsiya ekipajlari dengizdan turib shartli dushmanning desantga qarshi mudofaasini buzib oʻtib qirgʻoqni qoʻlga olish vazifalarini bajardilar. Dengiz tomonidan zarbalar yordamida sohilda BF dengiz piyodasi desant-hujumchi rotalari va 20 ga yaqin BTR-82A zirhli transport vositalari harakat qilgan.

Boltiq floti raketa kemalari ekipajlari havo nishonlariga qarata zarbalarni amalga oshirdilar va dengiz va qirgʻoq nishonlariga qanotli raketa hujumlarini oʻrgandilar. Mashgʻulotlarning mazmuni va hususiyati, umuman olganda, xorijiy "hamkorlarga"ga Rossiyaning Boltiqboʻyi mintaqasidagi tezkor va strategik ustunligini yaqqol namoyish etadi. Belgiyaning "havo politsiyasi" sakkiz qiruvchisi va bitta Amerika kemasi bu mintaqada hech narsani oʻzgartirolmaydi.

Mayda mash-masha

NATOning Rossiya chegaralari oldida harbiy harakatlarini bahorgi kuchayishi  doirasida, AQShning USS Donald Cook raketalarga qarshi kemasi NATOning havo mudofaasi va raketalarga qarshi tizimlari uchun avtomatlashtirilgan jangovar nazorat, aloqa va razvedka tizimini shakllantirishga yordam bermoqda. Biroq, "hamkorlar" bir necha qadam ortda qolmoqda. Yuqori texnologiyali qurollar va jugʻrofiy joylashuvi Boltiq dengizida, shuningdek Boltiq sohillarida Rossiyani daxlsiz qiladi.

Ehtimol Bryussel va Vashingtonda idrokli harbiy rahbarlar buni tushunishadi. Aks holda, 22 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Valeriy Gerasimov va NATOning qoʻshma qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni Tod Uolters oʻrtasida "oʻzaro manfaatli masalalar" muhokama qilinmagan boʻlardi. Rossiya va NATO oʻrtasidagi munosabatlar butunlay muzlatilganiga qaramay, bunday aloqalar saqlanib qolmoqda.

Moskva AQSH chegaralari yaqinida, masalan, Meksikada harbiy bazalar qurmaydi va Vashingtondan ham shunday tinchlikparvarlikni kutish huquqiga ega. Biroq, Latviya, Litva va Estoniyada minglab chet el qoʻshinlari, shu jumladan Amerika qoʻshinlari joylashgan. Boltiqboʻyi mamlakatlari bitta katta poligon va harbiy platsdarmga aylangan.

Buyuk Britaniyaning umumiy qumondonligi ostidagi alyansning koʻp millatli bataloni (1,4 ming atrofidagi harbiy xizmatchi) Rossiya chegarasidan 100 kilometr narida joylashgan Tapa harbiy bazasida joylashtirilgan. Bu yerda yuzlab ogʻir harbiy texnika, arsenal va omborlar joylashtirilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi takomillashtirildi. Respublikada Estoniya armiyasi uchun oʻta katta boʻlgan yana bir yirik Emari harbiy bazasi mavjud. Latviyada koʻp millatli NATO batalonining joylashgani ham (Kanadalik "hamkorlari" qoʻmondonligi ostida) qoʻshni Rossiyada savollarni tugʻdiradi. Bundan tashqari, Liyelvardda mintaqadagi eng yirik ittifoq aviabazasi barpo etildi. Litvadagi alyansning koʻp millatli legioniga Bundesver rahbarlik qilmoqda. Goʻyoki rotatsiya holatida boʻlgan xorijiy jangovar samolyotlar, vertolyotlar, zirhli transport vositalari va tanklarning turlari va sonlarini uzoq vaqt hisoblash mumkin. Gap hatto NATOning qoʻshinlari va kuchlari sonida ham emas, balki harbiy-siyosiy ziddiyatni Rossiya ostonasida dushman blokning jangovar (zarba beruvchi) infratuzilmasining mavjudligi va kengayishi keltirib chiqarayotganida. Ushbu "mayda mash-mashalar" fonida Boltiq floti va Gʻarbiy Harbiy okrugning faoliyati oʻrinli, zarur va oʻsishda davom etadi.

Asosiy mavzular