09:31 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
52210

Bugungi kunda koronavirus har kuni 2 mingdan ortiq amerikalikni oʻldirmoqda, prezident Trampning siyosiy raqiblari uni sodir boʻlayotgan voqealar uchun ayblamoqda.

U goʻyoki sogʻliqni saqlash tizimini ishdan chiqardi, aholini yotoq joylari bilan taʼminlay olmadi, COVID-19 xavfini oʻz vaqtida yetarli darajada baholay olmadi.

Ammo, aslida, Amerika tibbiyotining qulashi - keng aholi uchun moʻljallangan tizimi 90-yillarning oxirlarida boshlandi. Aynan Donald Tramp uni toʻxtatmoqchi boʻldi. Masalan, u Amerikaning "Big Farma"ga qarshi ochiq urush boshladi. Biroq, gʻalaba qozonish deyarli mumkin emas edi.

Koʻp yillar davomida Amerika sogʻliqni saqlash tizimining asosiy muammolaridan biri dori-darmonlarning narxi boʻlib kelgan. Ishlab chiqaruvchilarning ochkoʻzligi tufayli narxlar tinimsiz oʻsdi.

2015 yilda jahon matbuoti har tarafdan Martin Shkreli haqida bong urdi. Ayyor farmatsevt OIVga qarshi mashhur doriga boʻlgan huquqni sotib olib, tabletkaning narxini darhol oshirdi: 13,5 oʻrniga 750 dollar boʻldi. Shkreli yilning eng razil odami deb topildi, ammo bu yordam bermadi, u preparat narxini pasaytirmadi.

Aslida, bu yerda noyob narsa oʻzi yoʻq. Soʻnggi yillarda Amerikaning barcha farmatsevtika kompaniyalari dori-darmonlarning narxlarini tez surʼatlarda oshirib borishdi, ular shunchaki nizolardan qochish maqsadida buni zimdan qilishdi. Masalan, taniqli Novartis korporatsiyasi 2003 yilda saraton kasalligiga qarshi dori ishlab chiqardi. Oʻshandan beri uning narxi 22 baravarga koʻtarildi. Bugungi kunda yillik davolash kursi 123 ming dollarni tashkil qiladi.

Kam uchraydigan “yetim” kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan dorilarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar juda katta miqdorda foyda olishmoqda. U yerda yillik davolash kursining narxi yarim million dollarga sotib olinmoqda.

2019 yilning olti oyning oʻzida - kayfiyatni yaxshilash uchun - afsonaviy “prozak” dorining narxi 8,8 baravarga koʻtarildi.

Yashash uchun oʻta muhim boʻlgan dori-darmonlarning narxi koʻtarilishi ayniqsa dahshatli koʻrinadi. Oddiy insulin dozasi 2009 yildan 2019 yilgacha 3 baravar - 90 dan 330 dollargacha oshdi. Tibbiy sugʻurta insulin narxini qoplaydi, ammo qariyb 2 million qandli diabet kasalligiga chalingan bemorda hech qanday tibbiy sugʻurta yoʻq.

36 yoshli Laura Marston bir yil oldin oʻzi ishlagan kompaniya yopilgandan soʻng qanday qilib sugʻurtasiz qolgani haqida BBC muxbirlariga aytib bergandi. "Men tirik qolish uchun oyiga 2880 dollar sarf qilardim", - deydi u. Ish topgunicha, Marston oʻz kvartirasini, mebel, mashina sotish, barcha pensiya jamgʻarmasini sarflashga majbur boʻldi - buning hammasi yashash uchun zarur boʻlgan dori sotib olish uchun.

Umidsiz odamlar bir doza insulinni bir necha qabulga choʻzishga harakat qilmoqdalar. Koʻpincha bu oʻlimga olib keladi. 26 yoshli Alek Smit 2017 yilda uning tibbiy sugʻurta tugaganidan bir oy oʻtgach, shu tarzda vafot etdi. Smit toʻla ish kuni mehnat qildi, ammo unda insulin sotib olish uchun oyiga minglab dollar yoʻq edi.

Antibiotiklarning yuqori narxi amerikaliklarni veterinariya dori-darmonlarini sotib olishga majbur qildi. Masalan, akvarium baliqlari uchun penitsillin ommabop boʻlgan. 1950 yilda yaratilgan "odam" antibiotik suspentsiyasining narxi 2400-2800 dollar boʻlsa, nima qilish kerak?  

Aytgancha, statistika koʻchmas mulk narxlarining rekord koʻtarilishini sezmaganidek, dori-darmonlar narxlarining rekord darajada oʻsishini ham sezmagani juda qiziq holat. AQShdagi rasmiy inflyatsiya darajasi hanuzgacha bir yarim foiz atrofida boʻlib turibdi, bu, albatta, reallikka hech qanday aloqasi yoʻq.

AQShda dori-darmonlar bilan bogʻliq vaziyat mutlaqo noyob. Gap nafaqat dori-darmonlarning narxida, balki mahalliy farmatsevtika kompaniyalari bozorni toʻliq monopollashtirgan va amerikaliklarning kerakli tabletkalarni maqbul narxda sotib olish uchun har qanday qonuniy imkoniyatlarini toʻsib qoʻyishgan.

Mahalliy bozor arzon jeneriklar (dori-darmon) importidan mahkam yopiq. Agar faqat shifokorning retsepti boʻlsa, fuqarolar ozgina miqdorda dori-darmonlarni chet eldan olib kelishlari mumkin. Dorini dorixonada retseptsiz sotib olish mumkin emas. Dori-darmonlarni xorijiy internet-saytlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda, qoʻldan sotib olish - taqiqlanadi.

Yaʼni, aga odamda sugʻurta boʻlmasa - va bu 40 million amerikalik - kasal boʻlib qolsa, u kafka (beʼmanilik) holatiga tushib qoladi. Dorixonada u paratsetamoldan boshqa hech narsa sotib ololmaydi. Oʻsha antibiotikni olish uchun unga shifokorning retsepti zarur. Sugʻurtasiz shifokorga murojaat qilish uchun katta mablagʻ talab etiladi. Unda esa pul yoʻq, aks holda u sugʻurta sotib olgan boʻlar edi.

Biroq, sugʻurta koʻpincha dori narxining faqat bir qismini qoplaydi. Shu sababli, amerikalik bemorlarning uchdan bir qismi retsept boʻyicha dori-darmonlarni umuman sotib olmaslikka harakat qilishadi.

Amerikaliklar dori-darmon inqirozi bilan bozorning koʻrinmas qoʻliga qarzdor boʻlib qolgan. Bu qoʻl hukumatning hech qanday aralashuvisiz muntazam ravishda choʻntaklarni boʻshatadi. Davlatda shunchaki dori-darmon narxlarini tartibga soladigan biron bir davlat tuzilmasi yoʻq.

AQShda dori-darmon ishlab chiqarilishini nazariy jihatdan nazorat qilishi kerak boʻlgan yagona federal idora - Oziq-ovqat va dori darmonlar sifatini sanitariya nazorati boʻyicha boshqarmasi (Food and Drug Administration). Ammo farmkompaniyalar FDA bilan muammoni muvaffaqiyatli hal qilib kelishgan: gʻalati tasodif bilan, butun hayoti davomida eng yirik farmkompaniyalarda ishlagan odamlar doimo boshqarma rahbarligiga tayinlanadi.

Biroq, hatto FDA dori-darmon narxlarini nazorat qilish huquqiga ega emas. Bozorda hukm surayotgan adolatsizlik shu qadar ayon boʻlganidan bu yil AQSH Kongressi farmkompaniyalari faoliyatini tekshirishga majbur boʻldi.

Biroq, tergov juda tirishqoqliksiz olib borilmoqda. “Big Farma”ning amerikalik tanqidchilari taʼkidlashicha, soha vakillari har yili siyosatchilarga pora berish, oʻz nomzodlarini oldinga surish va oʻz manfaatlariga erishish yoʻlida hukumat bilan yashirin muloqotlar uchun yuz million dollar sarflaydi. Bundan tashqari, ularning manfaatlari ikkala hukmron partiyalar -  Demokratlar, Respublikachilar vakillari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanadi.

Faqat ikki nafar siyosatchi farmkompaniyalarining ustunligiga qarshi qandaydir yoʻl bilan kurashishga urindi: bu demokrat Berni Sanders va respublikachi Donald Tramp. Ikkalasi ham oʻz partiyadoshlari eʼtiboridan chetlashib qolgan kishi boʻlib qolishdi. Ehtimol, qandaydir biznes-manfaatlar siyosiy isteblishment va farmatsevtlarni bir-biriga bogʻlamoqda.

Mish-mishlarga koʻra, har bir yirik OAVlarning direktorlar kengashida yirik farmkontsernining kamida bitta vakili oʻtiradi. Shuning uchun jurnalistlar farmatsevtlarning barcha qilmishlariga koʻz yumishga majbur. Ehtimol, bu shunchaki mish-mishlardir, biroq soʻnggi yillarda Amerikaning yirik nashrlarida “Big Farm” haqida fosh qiluvchi bironta yirik materiallar paydo boʻlmadi. Garchi vaziyat allaqachon qaynash darajasiga etdi.

Ammo qanday boʻlmasin, haqiqatda bugungi kunda oddiy amerikaliklar deyarli hayot uchun muhim boʻlgan dori-darmonlardan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan. Prezident Tramp bu korruptsiyalashgan tizimni buzishga harakat qildi. Mubolagʻasiz, uning toʻrtta tarixiy farmoni dorixonalarga nisbatan arzon Kanadada ishlab chiqarilgan dorilarni sotib olishga ruxsat berdi, insulin narxini chegaraladi, Medicare’ni ishlab chiqaruvchilardan xorijiy rivojlangan mamlakatlarda boʻlgani kabi narxlarda sotib olishga majbur qildi va dori-darmonlarni xarid qilishda “otkat” olishlarni taqiqladi.

Farmonlar iyul oyida imzolandi va farmkompaniyalarning odil gʻazabini qoʻzgʻatdi. Noyabr saylovlardagi koʻplab firibgarliklar sababli Tramp yutqazish arafasida turibdi. Buning uchun u aynan oʻzining magʻlubiyatida millionlab mablagʻ kiritgan farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini ayblamoqda. Dekabr oyida farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari prezident administratsiyasi ustidan iyul farmonlari yuzasidan sudga murojaat qilishdi. Ular gʻalaba qozonishi ehtimoli katta.

Endi, agar Tramp ketsa, amerikaliklarni hech narsa qutqara olmaydi - mamlakatda dori-darmonlar batamom zeb-ziynat buyumiga aylanadi. Koronavirusga qarshi vaktsina haqida nima aytish mumkin?

Ajablanarlisi shundaki, AQSH hukumati Rossiya tomonidan taklif qilingan "Sputnik-V"ni qatʼiyan rad etdi. Amerikalik soliq toʻlovchilarining pullari evaziga yaratgan oʻz vaktsinalarini mahalliy farmkompaniyalari endi soliq toʻlovchilarini "faqat mahalliy mahsulotlar”ni sotib olishga majbur qilishlari kerak. Hozircha bu vaktsinaning narxi qancha boʻlishi nomaʼlum. AQSH hukumatida bu narxga qandaydir taʼsir koʻrsatishga na imkon, na istak yoʻqligi faqatgina maʼlum.

Teglar:
koronavirus pandemiyasi, vaktsina

Asosiy mavzular