14:21 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Kolumnistlar
Havola olish
750 0 0

Kuni kecha Italiya Aleksey Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildirdi. Undan sal ilgariroq Moskvaga qarshi “amaliy sanktsiyalar” gʻoyasini Frantsiya, Polsha, Chexiya va hokazolar qoʻllab-quvvatladi.

Bundan tashqari, chexlar TIV Pragadagi Rossiya elchisini chaqirtirishdi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel YEI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishi yakuniga koʻra yangi Rossiyaga qarshi choralar toʻgʻrisida aniq takliflar kelib tushmaganini maʼlum qilganda, ilhomlangan gʻayrat hech narsa boʻlib qoldi. Roʻy bergan taajjubli voqeani Slovakiya TIV rahbari tushuntirishga urinib koʻrdi. Uning soʻzlariga koʻra, “Yevropa Ittifoqi behad faqatgina sanktsiyalar siyosatiga suyanishni istamasligini isbotlamoqchi”. Shuningdek, Ivan Korchok 10 kundan keyin, 5 fevral kuni, Jozep Borrel Moskvaga Sergey Lavrov bilan uchrashgani ketayotganini eslatdi. U yerda Jozep uchun, Slovakiya siyosatchisining taʼkidlashicha, ushbu mavzu asosiy boʻladi.

Umuman olganda, oddiy qilib aytadigan boʻlsak, Yevropa Ittifoqi Moskva bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirishdan orqaga tislandi.

Ammo ushbu qadam foydasiga keltirilgan dalillar, yumshoq qilib aytganda, ishonarsiz koʻrinadi. Yetti yili ichida – allaqachon yetti (!) – Yevropa Rossiya bilan kurashda hech qachon bunday ochiqchasiga tormozlanmagandi. Sanktsiyalarning oʻzi ham allaqachon quruq anʼanaga aylanib boʻldi. Eskilari uzaytiriladi, yangilari kiritiladi – bu ikki tomonlama munosabatlar, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga unchalik taʼsir koʻrsatmaydi.

Oʻz oʻzidan savol tugʻiladi: YEIning kutilmagan qadami ortida aslida nima turibdi?

Javobni Moskvaning Yevropaga nisbatan sustlashmagan pozitsiyasidan qidirish lozim.

Navalniy bilan bogʻliq loʻttibozlikning asosiy xususiyati uni Germaniya Yevroittifoqning faol koʻmagida boshlab oʻynaganidir.

2016-2017 yillardan boshlab Rossiyaga qarshi siyosat masalasi boʻyicha gʻarb birligi koʻp jihatdan rasmiyatchilikka aylandi. Unda YEI AQSH va Buyuk Britaniya koʻrsatgan yoʻldan ketayotgandi. Aynan Vashington va London mamlakatimizga qarshi eng jirkanch operatsiyalar tashkilotchilari boʻlishgan.

Berlin blogerni “Novichok” bilan zaharlash haqidagi qoyilmaqom safsatani tarqatib, aynan qaysi maqsadlarga intilganini muhokama qilish va tortishish mumkin. Ammo allaqachon ravshanki, ular orasida Moskva bilan hamkorlikka qarshi harakat qilish qilish niyati boʻlmagan. GFR Bryussel koʻmagida “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazib va ishga tushirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilayotgani bundan dalolat beradi.

Hoynahoy, nemislar biror bir hozirgi tashqi siyosiy masalalarini hal etish uchun inglizlar va amerikaliklar tomonidan Skripal ishidagi, Suriyadagi “kimyoviy hujum” va boshqa “Kremlning jinoyatlarida” tayyorlangan usullardan foydalanishga ahd qilgan. Aftidan, oʻz xatti-harakatlarining keng koʻlamli oqibatlarini haqiqatdan kutishmagan.

Va ular uchun Moskvaning keskin munosabati syurpriz boʻlgan. Bunday boʻlishi oldindan maʼlum edi.

AQSH va Britaniya Rossiyaning giyosiyosiy gʻanimidir. Rossiyani ular bilan strategik hamkorlik bogʻlamaydi. Aynan shuning uchun Vashington va London oʻzlarining rusofobida xayollar parvozi bilan cheklangan.

Biroq Yevropa uchun – Germaniya uchun esa ayniqsa – Rossiya bilan hamkorlik oʻta muhim, ustiga ustak, uning ahamiyatliligi kun sayin emas, soat sayin oʻsib bormoqda. Shunday koʻrinishda ular Navalniy atrofida blek-jek va yengiltak qizlar bilan oʻzlarining koʻngilochar bogʻini uyushtirishdi. Koʻrinishidan, ular Moskva bundan oʻta gʻazablanganidan hayratlanishdi.

Vaziyat Oq uyga yangi maʼmuriyat kelishi bilan Gʻarbiy Yevropa okean ortidagi nazoratdan xalos boʻlishning qiyin va xavfli bosqichiga qadam qoʻygani bilan chuqurlashmoqda. Mana endi ilgari uni ham ogʻizda va amalda YEIning geosiyosiy mustaqilligini oʻzgarmasdan qoʻllab kelayotgan Rossiya bilan munosabatlarda Navalniy bilan bogʻliq voqea tufayli jiddiy muammolari paydo boʻldi. Moskva yordamisiz bu muvaffaqiyatga boʻlgan yoʻl jozibasiz boʻlib koʻrinadi, jarayon esa qiyin va qimmat boʻlishga vaʼda bermoqda.

YEI lokomotivi sifatida Gʻarbiy Yevropa uchun eng dolzarb mavzu Rossiya bilan munosatlarni tiklash boʻlgani ajablanarli emas.

Bryusselning soʻnggi qarorlari aynan shu masalalarni hal qilishga qaratilgan: yangi sanktsiyalar mavzusi qulay bahona bilan nomuayyan muddatga qoldirildi, Yevropaning bosh diplomati esa Moskvaga muammolarni hal qilish va kelishib olish umidida yoʻl olgan.

Biroq yodda tutish kerakki, birinchi navbatda Berlin ishni chalkashtirdi. Shunday ekan u ham bu jarayonga oʻz hissasini qoʻshishga hozirlanishi darkor.

Manba.

Teglar:
Rossiya, Yevropa Ittifoqi

Asosiy mavzular