06:43 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tashkil etildi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Iqtisod
Havola olish
23510

Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tashkil etildi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tashkil etildi.

Qabulxonalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferentsaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazishdir.

Farmonga muvofiq, qabulxonalarda tadbirkorlarni, chet ellik investorlarni qabul qilish har kuni amalga oshiriladi.

Bosh vazir murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.

Qabulxonalarda mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan berilgan murojaatlar koʻrib chiqiladi.

Qabulxonalar sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislaridamuhokama qilish uchun kiritadilar.

Farmon bilan hisobot tizimi amaliyotga joriy etiladi. Unga koʻra:

- qabulxonalar faoliyati natijalari har chorakda Bosh vazir raisligida alohida yigʻilishlarda, shu jumladan, videokonferentsaloqa orqali koʻrib chiqiladi;

- Hukumat tarkibidagi qabulxonalar boʻyicha kotibiyat Bosh vazirgaqabulxonalarga kelib tushgan murojaatlarning koʻrilishi jarayoni haqida har haftada axborot kiritadi.

Qarorga muvofiq “business.gov.uz” yagona interaktiv portali ishlab chiqiladi.

Portalda tadbirkorlar tomonidan hududlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa parametrlar kesimida muammo kelib chiqqan aniq biznes-jarayonni aks ettiruvchi murojaat qilinish imkoniyatiga ega boʻladi.

Portal orqali ariza beruvchi oʻzining shaxsiy kabineti orqali murojaatning koʻrib chiqilishi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

Asosiy mavzular