02:43 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Samarqandlik oʻqituvchini kaltaklagan zoʻravonlar orasida ayollar ham boʻlgan - bayonot

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Hodisalar
Havola olish
525 0 0

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi

TOSHKENT, 30 noya - Sputnik. Kaltak natijasida halok boʻlgan samarqandlik oʻqituvchiga kuch ishlatgan zoʻravonlarning uch nafari ayol boʻlgan, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" gazetasi viloyat IIV huzuridagi Tergov departamentidan olingan xabar asosida.

Xabarga koʻra, 20 noyabr kuni taxminan tungi soat 02:00 larda oʻqituvchi Izatullo oʻzining tanishi Maqsud bilan Asal ismli ayolga gap otishgan. Ayolning yonidagi ikki erkakdan biri Izatulloning yuziga bir urgan. Janjal boshlangach, Asal tanishiga qoʻngʻiroq qilgan va shundan soʻng yana jami 6 nafar shaxslar kelishgan. Ularning ichida 2 nafari ayollar boʻlgan.

Shundan soʻng ular bir guruh boʻlib, Izatullo va uning sherigi Maqsudni soʻkib haqoratlab, tanasining turli joylariga qoʻl-oyoqlari bilan urib-doʻpposlab tan jarohatlari yetkazishgan. 

Koʻrilgan tezkor chora tadbirlar natijasida Izatulloga nisbatan jinoyatni sodir etgan shaxslardan 3 nafari ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Tez tibbiy yordam shifoxonasining birlamchi maʼlumotnomasiga koʻra, Izatulloga “bosh miya suyaklarining ogʻir sinishi” tashxisi qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 20 noyabr kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

2019 yil 23 noyabr kuni Izatullo koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan va shu kuni uning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan hamda jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Dastlabki tergov jarayonida 3 nafar shaxsga nisbatan Oʻzbekiston JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi va 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va qolgan 6 nafar gumon qilinuvchilarga nisbatan tegishli ehtiyot choralarini qoʻllash masalasi koʻrilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Aniqlanishicha, marhum oʻqituvchi 2016 yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlab, 2016 yil 2 sentyabr kuni Samarqand shahridagi 42-umumtaʼlim maktabiga rus tili fanidan oʻqituvchi boʻlib ishga kirgan. 2017 yil 25 sentyabr kuni ishdan boʻshagan va RFga ishlash uchun ketib, 2018 yil avgust oyida qaytib kelgan.

2018 yil 3 sentyabr kuni yana shu maktabga oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan hamda rus sinflariga tarix fanidan dars berib kelgan. Joriy yilning 17 oktyabr kunidan buyon ishdan boʻshashligi haqida maktab direktorini ogʻzaki ogohlantirgan va maktabga ishga bormay, shu vaqt mobaynida Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek va Shohruh koʻchalari kesishuvchi chorrahasida somsa sotish bilan shugʻullangan.

"Fuqarolarimizdan, mazkur holatning barcha tafsilotlari aniqlanib, tergov harakatlari yakuniga yetguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul izohlar berishdan saqlanishlarini soʻraymiz", deyiladi rasmiy xabarda.

Asosiy mavzular