05:07 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
304 0 0

5 iyul kuni boʻlajak Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining hamyurtlarimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotiga tayyyorgarlik doirasida Rossiyaning Astraxan viloyatidagi vatandoshlarimiz bilan sayyyor qabul tashkillashtirildi. Muzokaralar natijasida qoʻlga olingan fuqarolar hujjatlarini rasmiylashtirishda hamkorlik mexanizmini soddalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. 5 iyul kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri hamyurtlarimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan 5 iyul kuni boʻlajak Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining hamyurtlarimiz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotiga tayyyorgarlik doirasida Rossiyaning Astraxan viloyatidagi vatandoshlarimiz bilan sayyyor qabul tashkillashtirildi.

Doimiy yashovchi fuqarolarimiz, mehnat muhojirlari hamda Astraxanning oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yosh talabalar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Noqonuniy migratsiya, odam savdosi, diniy ekstremizm, terroristik faoliyatga qoʻshilishni oldini olishga bogʻliq muammolar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yashab turgan davlat qonunlariga soʻzsiz rioya etish va oʻz hujjatlarini ehtiyotkorlik bilan saqlash zarurligi taʼkidlandi.

Sayyyor konsullik qabul davomida, fuqarolik, vatanga qaytish sertifikati va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishga oid turli masalalar boʻyicha 51ta hujjat koʻrib chiqish uchun qabul qilindi.

Diplomatlar Astraxan shahridagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik ushlab turish markazida ham boʻldilar va mazkur muassasa rahbariyati, shuningdek, bu yerdagi Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashdilar hamda ushbu markazdagi sharoitlar bilan tanishdilar. Muassasa maʼmuriyati bilan muzokaralar natijasida qoʻlga olingan fuqarolar hujjatlarini rasmiylashtirishda hamkorlik mexanizmini soddalashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Ilgariroq "Xalq bilan muloqot va inson manfattlari yili" Davlat dasturida belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida Rossiyaning Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida sayyyor qabullar oʻtkazilgan edi, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Elchixonasi yaqin kunlarda Moskva shahridan uzoqda boʻlgan Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham konsullik boʻlimi xodimlari safar qilishlari rejalashtirilayotgani qoʻshimcha qilingan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Elchixona, deportatsiya, konsullik, Rossiya

Asosiy mavzular