06:37 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
173 0 0

COVIDga chalinishdan insonni qoidalarga amal qilish himoyalaydi, ammo bu holat muntazam boʻlishi lozim - aks holda birorta davlatda sogʻliqni saqlash tizimi bardosh bera olmaydi

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Yangi koronavirus epidemiologiyasi u yoki bu maʼnoda tushunarli - bu holat qaror qabul qilish uchun yetarli, dedi Rospotrebnadzor rahbari, RF bosh davlat sanitar vrachi Anna Popova "Rossiya segodnya" XAA media-markazida oʻtkazilgan "Sogʻlom jamiyat" forumida.

"Mavsumda virus yana Shimoliy yarimsharni qamrab oldi. U inson populyatsiyasida birinchi yil tsirkulyatsiya qilmoqda, uning agressivligi boisi ham shunda. Unga hech narsa qarshilik koʻrsatmayapti - odamlar bahorda mutlaqo steril edi, hozirda muayyan immunitet qatlami paydo boʻldi. Koronavirus bilan har bir uchrashuv immunitet reaktsiyasi va antitanachalar hosil boʻlishi bilan yakunlanmoqda: kimdadir kasallik orqali, kimdadir - simptomlarsiz", - deb tushuntirdi Popova.

Vrach taʼkidiga koʻra, hozirgi vaqt koronavirus uchun - mavsum sanalib, kasallikka chalinish xatari amalga oshmoqda.

"Hozirda vaktsinalar soni u qadar koʻp emas, uni ishlab chiqarish endi-endi amalga oshmoqda, shu bois barcha uchun himoyalanish juda muhim. Butun dunyoda vaziyat bir xil - biz kasallikkacha vaktsinatsiya bosqichigacha yetib borishimiz kerak. Bu hozir eng muhimi", - deb qayd etdi Popova.

Popovaning aytishicha, virus epidemiologiyasi shundayki, u insondan insonga va ayrim holatlarda - iflos predmetlar orqali oʻtadi.

"Biz bu yuqish yoʻllarini uzishimiz, virusga rivojlanishga toʻsqinlik qilishimiz, vaktsina olgunga qadar oʻz salomatligimizni asrashimiz lozim. Hozirda kasallanish xavfi oʻta yuqori - mavsum bor va insoniy befarqlik bor: men bunga yoʻl qoʻymayman, qoʻshnim - ha, duch keladi, lekin men - yoʻq. Umuman olganda, hamma qoʻshnilarim sogʻlom, demak, bu sodir boʻlishi mumkin emas. Biz aynan befarqlikka qarshi kurashmogʻimiz kerak", - dedi Rospotrebnadzor rahbari.

Popovaning taʼkidlashicha, insonni kasalliklardan qoidalarga amal qilish himoyalaydi, ammo u muntazam boʻlishi kerak.

"Agar odam niqobda yurgan boʻlsa, kechasi esa katta kompaniyada kasallangan odam bilan oʻtirsa, u holda u ertasi kuni oʻtirishning barcha ishtirokchilari bilan COVIDni yuqtirgan boʻladi. Hozir shunday bir davrki, muntazam oʻz-oʻzini nazorat qilish shart. Agar oʻzimizni barcha talablarni bajarishga odatlantirmasak, majbur etmasak, birorta davlatning sogʻliqni saqlash tizimi bu kasallikka qarshi kurashishga qurbi yetmaydi", -deb xulosa qildi Popova.

Yil boshidan Xitoyda tarqalgan koronavirus infektsiyasi pandemiyasi deyarli barcha davlatlarni qamrab oldi. Dunyoda 43,6 millionta kasallanish holatlari qayd etilgan. Qurbonlar soni 1,1 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.

30 million kishi sogʻayishga muvaffaq boʻlgan. Avgust oyida Rossiya sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus profilaktikasiga xizmat qiluvchi dunyodagi birinchi "Sputnik V" vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Bugungi kunda uni roʻyxatga olish va malakalash jarayonini tezlashtirish uchun BSSTga ariza yoʻllangan.

Asosiy mavzular