22:27 15 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Oliy Majlis binosi, arxiv surat

Vazir boʻlgan hokim yoxud Oʻzbekistondagi kadrlar almashuvi haqida

© upyernoz
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
4755123

Kuni kecha Rustam Azimov Moliya vaziri lavozimidan ketdi, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi va bosh vazir oʻrinbosari etib esa Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari raisi Tanzila Narbayeva tayinlandi. Hukumat tarkibi yangilanishda davom etmoqda

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 15 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalida Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi keltirildi.

Unga koʻra, Samarqand viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bundan buyogʻiga Bosh vazir oʻrinbosari, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Iqtisodiyot vaziri birinchi oʻrinbosari vazifasidan Moliya vazirligiga oʻtkazilgan Botir Xodjayev oʻrniga ham yangi rahbar tayinlangan. Kun.uz nashriga koʻra, Bekenov Sunatulla Husanovich Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Galina Karimovnaning  Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.

Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozogʻistonning Chimkent shahrida tugʻilgan. U 2005 yilgacha "Oʻzbekiston Qimmatli qogʻozlar depozitariysi" davlat korxonasi bosh direktori sifatida ishlagan. 2005-2007 yillarda Oʻzbekiston Moliya vaziri oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshligʻi, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2015 yildan shu kungacha Tashkiliy-kadrlar masalasi boʻyicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan Sirdaryo viloyatiga yangi hokim tayinlangan.

Viloyatning yangi hokimi etib Gʻofurjon Gʻaniyevich Mirzayev tayinlangan. U bu lavozimda Oybek Ashurmatovni almashtirgan. Oybek Ashirmatov 2010 yildan buyon viloyatga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Uning keyingi faoliyati haqida aniq maʼlumot yoʻq.

Shavkat Mirziyoyevning 14 dekabrdagi Farmoniga muvofiq Bosh vazirning sobiq oʻrinbosari Zokirov Botir Erkinovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlangan. Shu munosabat bilan Botir Zokirov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etilgan.

Oʻzbekiston prezidentining 14 dekabrdagi farmoniga muvofiq Sharopov Anvar Qurbonovich Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 6 dekabrida Oʻzbekistonda "Oʻzbekturizm" kompaniyasi tugatilib, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashkil etilishi maʼlum qilingan edi.

Surxondaryo viloyatiga ham yangi hokim tayinlandi.

2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritgan Erkinjon Turdimov Oqboʻtayevich Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangan. 2015-yilda Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Tojimurod Normurodovich Mamaraimov viloyatning Qiziriq tumani rahbarligiga oʻtkazilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 24-sentyabr kuni Surxondaryo viloyatida besh tuman hokimi ishdan boʻshatilgan edi.

Shuningdek, bugun Buxoro viloyati hokimi ham oʻzgargani maʼlum boʻldi. Kun uz nashri xabariga koʻra, 16 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Muhiddin Turdiyevich Esonov Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan va uning oʻrniga Oʻktam Barnoyev viloyatning yangi hokimi etib tayinlangan. Eslatib oʻtamiz, asli buxorolik boʻlgan Oʻktam Barnoyev Isoyevich 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyati yuritgan. Undan oldin, 2008 yilgacha Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
Rustam Azimov, Moliya vaziri, Bosh vazir, hukumat yangilanishi, kadrlar almashuvi, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular