18:14 21 Aprel 2018
Efir
MDH Ijroiya raisi Sergey Lebedev, arxiv surat

Sergey Lebedev Mirziyoyevning tashqi siyosatiga yuqori baho berdi

© Sputnik / Stringer
Siyosat
Havola olish
Toshkentdagi MDH TIVK yigʻilishi (8)
26310

"Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosat ham mintaqamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti ilk davlat tashriflarini Turkmaniston, Qozogʻiston va Rossiyaga amalga oshirgani mamlakatingiz tashqi siyosatda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga alohida eʼtibor qaratayotganini yaqqol isbotidir", - dedi Lebedev

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari bilan hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda. Shu kunlarda Toshkentda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Nashr MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevning bu haqdagi fikrlarini keltirib oʻtgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tuzilma faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdi. Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosat ham mintaqamiz uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti ilk davlat tashriflarini Turkmaniston, Qozogʻiston va Rossiyaga amalga oshirgani mamlakatingiz tashqi siyosatda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlariga alohida eʼtibor qaratayotganini yaqqol isbotidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashganimdan gʻoyat xursandman. Suhbatimiz keng qamrovli va juda mazmunli boʻldi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisini oʻtkazish uchun yaratilgan ajoyib imkoniyatlardan minnatdormiz", — degan Lebedev.

MDH Ijroiya raisi MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillarining Kelishuv majlisi muvaffaqiyatli oʻtganini taʼkidlagan.

Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi kun tartibiga 16 hujjat loyihasi kiritilgan. Ular Hamdoʻstlik mamlakatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga qaratilgan.

"Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentdagi majlisi MDH doirasidagi aloqalar rivojida muhim voqea boʻlishiga ishonaman. Oʻzbekiston xalqiga yanada taraqqiyot, baxt va farovonlik tilayman", — degan soʻzi yakunida Lebedev.

Mavzu:
Toshkentdagi MDH TIVK yigʻilishi (8)

Asosiy mavzular