05:44 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi

Virtual qabulxonaga 1 millionta murojaat tushdi

© Sputnik /
Siyosat
Havola olish
45810

2017 yil 21 iyul kuni soat 16:45 da Oʻzbekiston prezidentining Virtual qabulxonasiga 1 millioninchi murojaat roʻyxatga olindi

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Virtual qabulxonaga 1 millionta murojaat tushdi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Feysbukdagi sahifasida.

Kelib tushgan murojaatlar Top-10lik boʻyicha boʻlinib, muammolar quyidagicha taqsimlangan:

1-oʻrinni: uy-joy masalasida yoʻllangan savollar egallagan;

2-oʻrinni — ishga joylashish masalasida murojaatlar egallagan;

3-oʻrin — Sudlarda fuqarolik ishlari koʻrilishi masalasida murojaatlar;

4-oʻrin — Oilaga moddiy yordam soʻrab yoʻllangan murojaatlar;

5-oʻrin — Aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha;

6-oʻrin — Bolalar nafaqasi boʻyicha;

7-oʻrin — Mehnat va bandlik masalasi boʻyicha;

8-oʻrin — Sudlarda jinoyat ishlari koʻrilishi boʻyicha;

9 oʻrin — Fuqarolik pasporti masalasida;

10-oʻrin — Konvertatsiya masalasi (tadbirkorlikdan tashqari)da murojaatlar.

Xabarga koʻra, Prezident qabulxonasiga murojaatlarning 49%i Ishonch telefonlari orqali roʻyxatga olingan.

36%i — veb sayt orqali yoʻllangan va 15%i xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilganlarning eng koʻp — 52%ini ishlamaydiganlar tashkil qilgan.

Murojaatlarning 29%i ishlaydiganlardan kelib tushgan.

Nafaqaxoʻrlar murojaati umumiy miqdordan 17%ni tashkil qilgan boʻlsa, murojaatchilarning atigi 2%ini talabalar tashkil etgan.

Asosiy mavzular